An’analar va ularning shakllanishi.

Оглавление/Munadarija

An’analar va ularning shakllanishi. 

An’analar va ularning shakllanishi.  Armiya va flotlarda jangchilarni jangta chorlovchi, harbiy xizmatni o‘tashda paydo bo‘luvchi va avloddan avlodga o‘zatiluvchi jangovar an’anlar asosida Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni himoya qilishga doimiy tayyorgarlik. Harbiy Qasamyodga, jangovar bayroqqa, jangovar do‘stlikka sodiqlik, komandirni hurmat qilish, uni jangda himoya qilish, jangda ziyraklik va dushmanlarga beshafqat bo‘lish g‘oyalari yotadi.

 

Vatanga sadoqat – tarixiy an’ana bo‘lib, har bir ijtimoiy etnik formalarda jamiyat ongida yashagan. Tarixiy nomlar bo‘lishida Tumaris (Kir II), Shiroq, Spitamen, Muqanna, Amir Temurlarni keltirish mumkin.

 

Toshkent, Farg‘ona, Jizzax qo‘zg‘olonlari O‘zbekistonliklarning ikkinchi Jaxon urushi frontlarida fashistlarga qarshi janglarda qahramonliklar ko‘rsatishi, dalalar, zavod — fabrikadagi qahramonliklari. Insonlarning o‘zi nochor bo‘lsalarda evakuatsiya qilinganlarni o‘z oilasiga qabul qilishi; o‘zlari och bo‘lsada oxirgi tishlam nonlarini do‘stona bo‘lib eyishlari- O‘zbekisgon yana bir bor xalqparvar ekanligidan dalolat beradi.

 

Frontda va front orqasida jasorat hamda mardliklari uchun minglab vatandoshlarimiz

 

orden, medallar bilan taqdirlanadilar. Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab davlatimizning shu kabi an’analari yangi mazmunga ega bo‘lgan holda qayta tiklandi. Davlatimiz o‘z Bayrog‘i, Gerbi va Madxiyasiga ega bo‘ldi. Mustakillikka erishish bilan xalqimiz avval ega bo‘lgan an’analarini milpiy qadriyat sifatida tiklay borishi ham mukaddas ishdir.

 

«Erga, Vatanga muhabbat — muqaddas tuyg‘ulardir — ular xalqimiz milliy harakterining muhim xususiyatidir» deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis I sessiyasida xalqimizning yuksak tuyg‘ulari haqida alohida so‘zlab o‘tdi. Jangovar bayroqqa va harbiy Qasamyodga sodiqlik.Qadimdan jangovar bayroq jangchilarini jangta chorlovchi ramz sifatida qo‘yilgan. Qadimda bayroq o‘zun yog‘och uchiga o‘t bog‘lamidan iborat bo‘lgan yoki otning yoli uchiga bog‘langan. Keyinroq esa uni matoning birbo‘lagiga almashtirilgan. Qadimdan bayroq jangovar ramzga aylangan. Jangovar Bayroq ostida jangovar qasamyod qabul qilingan. Jangovar Bayroqqa sodiqlik ulug‘ an’anadir. U qadim manbaalarga ega. Bayroq- muqaddasdir. Urush yillarida uni ko‘z qorachigidek, eng ulug‘, qimmatbaho mulkdek avaylab — asrashgan. Qurolli Kuchlarning jangovar Bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlari holatini ko‘rsatadi.

 

Harbiy qismning jangovar bayrog‘i shon — shuxratining ramzidir. Qasamyodni qabul qilish yuqori darajada vatanparvarlik hujjatidir. Qasamyodni jangchi o‘z imzosi bilan mustaxkamlaydi. Jangchi hayoti va xizmatida Qasamyod bo‘zilmas qonun bo‘lib hisoblanadi. Askar uchun Qasamyod muqaddasdir. Qasamyodni yod olgan jangchi yosh jangchi kursini o‘taganidan so‘ng qabul qiladi. Ushbu qasamyodni qabul qilish kuni — dam olish kuni bo‘lib, harbiy qism uchun bu katta bir tantana ya’ni bayramdir.

 

Ulug‘ ajdodlarimiz bizning ota — bobolarimiz tajribasidan ma’lumki, berilgan so‘zga sodiqlik haqiqiy erkaklar Vatanparvarlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir.An’analar va ularning shakllanishi.  

 

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba