Applikatsiya haqida umumiy tushuncha.

Оглавление/Munadarija

Applikatsiya haqida umumiy tushuncha.

Applikatsiya haqida umumiy tushuncha.

Applikatsiya xalq amaliy san’atida keng o‘rin tutadi. Applikatsiya so‘zining ma’nosi — qirqib olib yopishtirish demakdir. Bu usulda qog‘oz, mato, charm, somon, quritilgan o‘simliklar, urug‘lar, tashlandiq narsalar, simlar, iplardan foydalanib har xil ishlarni bajarish mumkin.

Applikatsiya — badiiy asarlar yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yinlar uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqlar, sovg‘alar, devoriy gazetalar, stentlar, ko‘rgazmalar va kostyumlarni tayyorlashgina emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo‘llash mumkin.  Applikatsiya bundan 2500 yil muqaddam ko‘chmanchi xalqlarda paydo bo‘lgan. Applikatsiya bilan kiyim-bosh, turar joylar bezatilgan. Bu ishda ular terimo‘yna, namatdan foydalanishgan.  Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida postloqdan foydalanishgan, bo‘yalgan po‘stloqdan qilingan applikatsiyalar bilan ular o‘tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo‘yna ishlatishgan. Qozoq, qalmoq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro‘zg‘or predmetlarini bezashda foydalanishgan. Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama parchalarini fon xizmatini o‘tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan. Gazlamadan yasalgan applikatsiya bilan kiyim-bosh‚ uy-ro‘zg‘or predmetlari bezatilgan.

Xozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng tarqalgandir. Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi flaris rassomlar jamiyati tashkil etildi. Applikatsiya bilan shug‘ullanish bolalarning dunyoqarashining uyg‘un rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tassavurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mexnati, shaklni his qilish, chamalash va rangni sezish qobiliyatini o‘stiradi. Rangli qog‘oz yoki boshqa materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiy didni avj oldiradi. Applikatsiya ishida asosiy material qog‘ozdir, dazmollangan va kraxmallangan gazlama bo‘laklaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar bilan bir qatorda somon, quritilgan o‘simlik, urug‘, danak va shu kabilar ham asqotadi. Qog‘oz ishlab chiqarish sanoati qog‘ozning rangi va xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 250 navini ishlab chiqaradi.  Tolalarning ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha qirqilgan qog‘oz yopishtirilganda izlar qoldiradi, uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi yotadi. Ishlaganda qog‘ozning bu xususiyatini e’tibordan qochirmaslik kerak.

Kleyster surilganda qog‘oz uni shimishini‚ qog‘oz tolalarining ko‘ndalangiga uzunligidan ko‘proq kengayishini ham unutmaslik kerak. Agarda qog‘oz kleyster surilgan zahotiyoq yelimlansa, davom etayotgan shimish va kengayish natijasida qog‘ozda g‘ijimlar, izlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun kleysterda surilgan qog‘oz bir oz vaqt yopishtirilmay  turishi kerak. Qog‘ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan, baxmal, kumush-bronza rasm solish va chizmachilik navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.

Applikatsiya qilish usuli bilan guruh xonalarini, mehmonxona, oshxonalarni, bolalar ayvonchalari bezatiladi. Bolalar bog‘chasi kichik guruxdan boshlab applikatsiya mashg‘ulotlari olib boriladi. Kichik guruxdan tayyor qirqilgan shakl beriladi. O‘rta guruxdan boshlab bolalarga qaychi beriladi va ishlash mustaqil olib boriladi. Applikatsiyada qog‘oz asosiy rolni bajaradi. Applikatsiya ishini bajarishda har xil yelim ishlatilavermaydi. Yelimni uy sharoitida arzon va oson usulda tayyorlash mumkin. Bu yelim klestr deb ataladi. U kraxmaldan quyidagicha tayyorlanadi: bir choy qoshiq kraxmal, 5 choy qoshiq sovuq suvda aralashtirilib olinadi, so‘ng  yarim stakan suv solib past olovda qaynaguncha kovlab turiladi, qaynashga yaqin olovdan olinadi va sovitiladi, so‘ngra ishlatiladi. Applikatsiya ishini bajarish uchun tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu quyidagicha bajariladi: syujet tanlash; xomaki chizma; rangli qog‘ozlarni tayyorlash; fon tanlash.Applikatsiya haqida umumiy tushuncha.

Applikatsiya ishining ish qurollari: qaychi, yelim, kalka, pichoqcha, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, qora qalam, moyqalam, kapirovka, flamasterlardan iborat. Applikatsiya ishlari oddiydan tortib mazmunli‚ kantli, dekorativ, qo‘lda yirtish orqali mozaika usulida tabiat materiallaridan (barg, urug‘, danak, piyoz po‘sti, shisha siniqlari  tashlandiq simlar va iplar) ham bajariladi. Applikatsiya qilishda oddiy va murakkab qirqish usulidan foydaniladi. Oddiy qirqish usuli bilan yaxlit shakl hosil qilinadi va qirqilgan shakl teng va tekis qirqiladi.

Qog‘ozni 5-6 qavat qilib buklab turib qirqishga murakkab qirqish usuli deyiladi. Bu usulda qirqishda 1 ta shakl 5-6 martaga ko‘payib chiqadi.

Applikatsiya qilishda  asosiy e’tibor uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish – applikatsiya muvaffaqiyatining garovidir. Eng oddiy applikatsiya bu geometrik shakllardan qilinadigan naqshli applikatsiyadir. Avval naqshning xomaki eskizi tuziladi, so‘ngra kerakli detallar (geometrik shakllar) o‘lchami va miqdori hisoblanadi. Detallar tayyorlanib ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl kvadratni olib, uning bir tekis almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz.  Agarda kvadrat boshqa elementlar, masalan uchburchak bilan to‘ldirilsa, variant yanada ko‘payadi. Ishni boshlash uchun markazni topish simmetriya o‘qini o‘tkazish va naqsh elementlarini shunga ko‘ra joylashtirish lozim. Agarda geometrik shakllar kvadrat yoki aylanaga simmetrik joylashtirilsa, qiziqarli dekorativ naqsh hosil bo‘ladi.

Dekorativ applikatsiya — bu naqsh  gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo‘ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo‘lishi mumkin.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba