Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Оглавление/Munadarija

Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Bakteriya hujayrasining tuzilishi.

Bakteriya hujayrasining tuzilishi. Bakteriya hujayrasi murakkab tuzilishga ega. Elektron mikroskopning yaratilishi, o‘ta yupqa kesmalar tayyorlash usullarining ishlab chiqilishi, mikrobiologiya usullarini rivojlanishi bakteriya hujayrasining tashqi va ichki qurilmalarini o‘rganishga katta imkon yaratdi.

Bakteriya hujayrasining sxematik ko‘rinishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashqi tomondan kapsula, xivchin, fimbriy, pili; ichki qismida: sitoplazma, nukleoid, ribosomalar, membrana qurilmalari, kiritmalar (zahira moddalar), ba‘zi bakteriyalarda sporalar mavjud (15 — rasm).

Makro — va mikrokapsulaning ichki tomonida shilliq qavat va uni ichki tomonida esa eruvchan shilliq qavat bo‘ladi.

Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo‘lib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin.

Xivchinlar. Bakteriyalar ikki hil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi bakteriyalarning (miksobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tanasining to‘lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o‘zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma‘lum turdagi harakati sodir bo‘ladi. Suzib harakatlanish xivchinlari yordamida amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba‘zilarida bunday harakatlanishni kuzatish mumkin. 

Kapsula. Bakteriyalarning ko‘plari kapsula bilan o‘ralgan. Ular shilimshiq moddadan iborat bo‘lib, mikro- va makrokapsuladan iborat bo‘ladi. Makrokapsulaning qalinligi 0.2 mkm, mikrokapsulaniki esa — 0.2 mkmdan kichik

Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

Monotrixlar — bakteriya hujayrasining bir uchida bitta xivchin bo‘ladi;

Lofotrix — hujayraning bir uchida bir to‘p xivchini bo‘ladi;

Amfitrix — hujayraning ikki uchida ikki to‘p xivchin bo‘ladi;

Peritrix — hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplangan bo‘ladi.

Xivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5 — 30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki

3 ta xivchin bo‘lib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba‘zi tayoqchasimon bakteriyalar — Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 — 100 gacha xivchin bo‘ladi. Xivchinlarning eni 10 — 20 nm, uzunligi 3 — 15 mkm. Xivchinlar uzunligi bakteriya kulturasining tabiati, oziqa yoki tashqi muhit ta‘siriga qarab har xil bo‘ladi. Xivchin kimyoviy jihatidan oqsil modda — flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya hayotida katta rol o‘ynaydi. Bakteriyalarni ba‘zi bir oziqa muhitlarida xivchinsiz qilib ham o‘stirish mumkin. O‘sish fazasiga qarab, bakteriyalarning xivchinli va xivchinsiz davrlari bo‘ladi. Bakteriya xivchinini yo‘qotsa ham yashayveradi. Xivchin bazal plastinkaga yopishgan bo‘ladi (18-rasm). Plastinka esa sitoplazmatik membrana tagida joylashgan. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib, xivchinni harakatga keltiradi. Bazal tanacha xivchin bilan ilmoq orqali birikadi. Bazal tanacha o‘z navbatida 4 ta halqa bilan taxminlagan (18rasm). Halqalar sterjen orqali bir tizimga birlashadi (M, S, R, L halqalar). Bu halqalar bir — biriga nisbatan harakatlanadi, sterjen esa xivchinni harakatga keltiradi. Harakat tezligi temperatura, osmotik bosim va muhit yopishqoligiga boqliq bo‘ladi. Ba‘zi bakteriyalar 1 sekunda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba‘zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofacha harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasini kuzatiladi, bunga xemotaksis deyilsa, kislorodga nisbatan harakati aerotaksis, yorug‘likga nisbatan harakat bo‘lsa fototaksis deyiladi.

Fimbriy va pililar (bakteriyalarning ustki qismidagi ingichka, yo‘g‘onligi 3 — 25 nm, uzunligi 12 nm gacha bo‘lgan iplar, F — pili jinsiy fimbriy). Bakteriyalarda xivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo‘lib unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo‘lishi mumkin. Ularning uzunligi 0,3 — 4 mkm, eni 5 — 10 nm bo‘lib, soni 100 — 200, ba‘zan esa 1000 taga yetib boradi.

Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda fimbriylarning bir qancha tipi uchraydi va ular funksiyalariga qarab farqlanadi. Shulardan 2 tipi yaxshi o‘rganilgan.

1-tip ko‘pgina bakteriyalarda bo‘lib, ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi. Fimbriylar bakteriya hujayrasining muhit boshqa hujayrasiga yoki inert substratga yopishishini ta‘minlaydi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida ham ishlatiladi. Shuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin.

2-tip — jinsiy fimbriy — pili bo‘lib (Q), u ichi bo‘sh kanaldan iborat (3 – rasm, V). Bu kanaldan bakteriya konyugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik material beradi. Pilining boshqa bir hususiyati ham bo‘lib, u patogen bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba