Bakteriyalarning ko’payishi tezligiga ta’sir qiluvchi omillar.

Bakteriyalarning ko'payishi tezligiga ta’sir qiluvchi omillar.

Bakteriyalarning ko’payishi tezligiga ta’sir qiluvchi omillar.

Bakteriyalarning ko‘payishi. Bakteriyalar ikkiga bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadilar.Bunda ko‘pincha hujayraning o‘rtasidan to‘siq hosil bo‘lib, uni ikkiga bo‘lib, yangi ikkita hujayra barpo etadi.

Kokklar diametri bo‘ylab har xil yo‘nalishda bo‘linishi mumkin. Tayoqchasimon va buralgan bakteriyalar esa, ko‘ndalangiga bo‘linadi. Ularda to‘siq, asosan hujayra markazida bo‘lib, hujayrani teng bo‘laklarga hujayralarga ajratadi. Ammo, ba‘zan to‘siq. markazdan boshqa joylarda bino bo‘lsa, biri kichik, ikkinchisi kattaroq hujayralar hosil bo‘lib, kelajakda ular ona hujayra kattaligigacha o‘sadilar.

Spiroxetalarda to‘siq hujayrani ham uzunasiga, ham ko‘ndalangiga bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarning ko‘payishi, ularning turiga va o‘sish sharoitlariga bog‘liqdir. Ba‘zi bakteriyalar har 15-20 min. da, boshqalari esa 5-10 soatda bo‘linadi. Bir sutkada bakteriyalar tez bo‘linib, juda katta miqdorga etadi. Shu sababdan oziq-ovqat mahsulotlari bakteriyalar ta‘sirida ayniydi. Ayniqsa yuqori haroratda sut, go‘sht, baliq, meva, rezavor meva va sabzavotlarni tez buzilishi kuzatiladi.

Bakteriyalarning spora hosil qilishi

Faqat tayoqchasimon bakteriyalarda — batsillalarda spora hosil bo‘ladi. Spora tinch yotgan hujayra bo‘lib, uning qobig‘i vegetativ hujayraning qobig‘iga nisbatan ancha qalin va mustahkamdir. Uning tarkibida suv kamroq bo‘lib, tashqi muhitning ta‘siriga ancha chidamlidir. Bakteriyalarda faqat bitta spora hosil bo‘ladi. Shuning uchun spora hosil bo‘lishi, ko‘payish usuli emas, tashki muhitga moslashib yashash uchun kurash qobiliyatidir.

Spora hosil bo‘lishida sitoplazma hujayraning o‘rtasiga yoki chetiga to‘planadi. Quyuqlashgan sitoplazmaning atrofida ikki qatlamli qobiq hosil bo‘ladi. Tashqi qatlam ozgina qalinroq bo‘lib, tarkibida yog‘ va smola moddalari mavjudligi sababli sporaga suv va boshqa moddalar kirishini qiyinlashtiradi. Ichki qatlam yupqa va elastik bo‘lib, bo‘lajak yangi vegetativ hujayra uchun qobiqqa aylanadi. Sporalar tashqi muhitga chidamli. Ba‘zi bakteriyalarning sporalari bir necha soat qaynatsa ham o‘lmaydi hamda kimyoviy zaharlarga chidamli bo‘ladi. Spora hosil bo‘lishi bir necha soat davom etadi.

Sporalarning shakli va kattaligi turlichadir. Ular yumaloq, tuxumsimon, cho‘ziq bo‘lishi mumkin. Agar spora hujayraning o‘rtasida hosil bo‘lsa markaziy, hujayraning oxiriga yaqin joylashsa subterminal va oxirida joylashsa — terminal spora hosil bo‘lish — deb nomlanadi. Ba‘zi bakteriyalar sporasining diametri hujayraning diametridan kattaroq bo‘ladi. Bunday spora hujayraning o‘rtasida joylashsa klostridial, chetida joylashsa plektridial spora hosil bo‘lishi deyiladi, hujayralar esa klostridiya va plektridiya deb ataladi.

Sporalarning o‘sish muddati bir necha soat davom etadi. Sporalar yuzlab va minglab yillar davomida yashash qobiliyatini saqlab turishi mumkin. Bakteriyalarning vegetativ hujayralari oziq-ovqatlarni aynitadi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba