Munadarija
Bakteriyalarning sistematikasi.
Bakteriyalarning sistematikasi Bakteriyalar morfologiyasi juda oddiy bo‘lgani sababli hamda ba‘zi xususiyatlari o‘zgaruvchanligi tufayli ularning tavsifi ancha murakkab.
Olimlar turli tavsiflarni taklif etganlar. Masalan, Berdji hamma bakteriyalarni shizomitsetlar deb, ularni 6 turkumga bo‘ladi. N.A.Krasilqnikov esa – 4 sinfga: 1. Artinomycetes. 2. Eubasteriae – chin bakteriyalar. 3. Muxobasteriae. 4. Sriroshaetae.
Leyman va Neyman hamma bakteriya va aktinomitsetlarni Schizomycetes deb nomlangan bir sinfga kiritib, ularni ikki tartibga bo‘lganlar: shizomitsetlar va aktinomitsetlarga. So‘ng tartiblar bir necha oila, turkum turlarga bo‘lingan. Mikroorganizm nomi turkum va tur nomlari bilan ataladi. Masalan, Streptococcus 1asyB, VasSHiB subtilis, Mshtsosssh ashsh. Mikrobiologiyada “shtamm” termini ham qo‘llanadi. Bu turga nisbatan torroq tushunchadir.
Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko‘pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po‘sti, ba‘zan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga – eukariot va prokariot hujayrali organizmlarga bo‘linadi. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo‘lsa, unday hujayralarga eukariot hujayrali organizmlar (grekcha eu – chin, kario – yadro demakdir).
Prokariot va eukariot organizmlar belgilarini o‘zaro taqqoslash
Belgilar | Prokariotlar | Eukariotlar |
Yadro | Mitoz yo‘li bilan bo‘linadi yadro membranasi yo‘q | Mitoz yo‘li bilan bo‘linadi yadrosi membrana bilan o‘ralgan |
DNK ning holati | Gistonlar bilan bog‘lanmagan alohida molekulalar | Gistonlar bilan bog‘langan holda xromosomalarda joylashagan |
Membranalarning tarkibi | Sterollar uchramaydi | Sterollar bor |
Nafas olish sistemasi | Membranalar yoki mezosomalar nafas olish sistemalari. | Mitoxondriyalar mavjud, nafas olish sistemalari membranalar |
Mitoxondriyalar uchramaydi. | bilan o‘ralgan organellalar | |
Ribosomalarning kattaligi | 70 C | 80 C |
Sitoplazmaning harakati | Sitoplazma harakatlanmaydi | Sitoplazmaning harakati aniq |
Hujayra po‘sti | Ximiyaviy tarkibida
peptidoglikanlar kompleksi bor |
Hujayra po‘sti organik va anorganik moddalardan tuzilgan. |
Xivchinlar | Bir yoki bir necha fibrillalardan tashkil topgan juda noziq va mayda | 20 ta fibrilladan tashqil topgan: ular 2x9x2 holatidagi guruhlarda to‘plangan |
Vakuolasi | Kamdan-kam uchraydi | Doim uchraydi |
Hujayralarning quruq moddasi | 10-15-10-11 g | 10-11-10-7 g |
Antibiotiklarning ta‘siri | Pensillinga sezgir yoki ta‘sirchan | Pensillinga sezgir emas,
ta‘sirchan emas |
Yuqori temperaturaga
chidamliligi (vegetativ hujayrasi) |
75-900C | 40-600C |
Gamma nurlariga chidamliligi | Chidamliligi yuqori | Chidamliligi past |
Anaerobioz | Fakultativ va obligat | Fakultativ |
Fotosintez jarayoni | Bakterioxlorofill pigmenti, qaytaruvchiliar: H2S va S boshqa birikmalari, organik moddalar | Xlorofill a, v, s, d yoki e, kislorod ajraladi, qaytaruvchi – H2O |
Jinsiy jarayoni | Meyoz uchramaydi, ba‘zi fragmentlari uchraydi va irsiy informatsiyaning ma‘lum bir
qismi o‘tadi |
Jinsiy protsess sistematik holda uchraydi, meyoz mavjud va xromosomalar hamma irsiy
xususiyatlarni o‘tkazadi |
Xromosomalar soni | Bitta xromosoma | Birdan ortiq xromosomalar |
Xromosomalar tarkibi | DNK | DNK va oqsil |
Xromosomalar soni | Gaploid | Gaploid yoki diploid |
Sitoplazmatik DNK | Plazmidalar va episomalar
(membrana bilan o‘ralmagan) |
Mitoxondriyalar, xloroplastlar, sentriolalar, Goldji apparati, kinetosomalar (bazal tanachalari) |
Gametalar | Organizmning o‘zi | Organizmning o‘zi yoki
meyozning maxsus mahsulotlari |
DNK konsentratsiyasi grammlarda gaploid yadroga
nisbatan |
4,3 . 10-15 | 1,5 . 10-12 |
Eukariotlarga zamburug‘lar, suv o‘tlari, sodda hayvonlar – protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotlar hujayrasida yadro va unda 1 – 2 yadrocha, xromasomalar, mitoxondriya, ribosomalar, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari, DNK, RNK va oqsillar mavjud. Ribosomalari esa 80 C ni (Svedberg koeffitsenti) tashkil qiladi.
Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo‘lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo‘q, yadro membranasi bo‘lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Ribosomalari esa 70 C ni tashkil qiladi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. Mitoxondriy vazifasini mezosomalar (sitoplazmatik membranadan hosil bo‘lgan struktura) bajaradi.
Bakteriyalarning shakllari. Tashqi ko‘rinishiga qarab ular uch guruhga bo‘linadi: sharsimonlar – kokklar, tayoqchasimonlar – bakteriyalar va batsillalar, spiralsimonlar – vibrionlar, spirillalar va spiroxetalar.
Sharsimon bakteriyalar kokklar (kokkus – lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, no‘xotsimon va boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bakteriya hujayralarining bir – biriga nisbatan joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi bo‘linib, ayrim joylashsa ular monokokklar, hujayra bo‘linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to‘plamlar hosil qilsa – stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo‘lingandan so‘ng ikkitadan bo‘lib joylashganlari – diplokokklar, bo‘linishi natijasida uzun zanjir hosil qilsa – streptokokklar, to‘rttadan bo‘lib joylashsa – tetrakokklar, kub yoki paket shaklida joylashsa – sarsinalar deb ataladi.
Bakteriyalar tayoqchasimon (silindrsimon) yoki egilgan vergulsimon shakllarda ham bo‘ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta – kichikligi, ko‘ndalang kesimi, hujayra uchining ko‘rinishi, hujayralarining o‘zaro joylanishlari bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to‘g‘ri kesilgan, oval yoki o‘tkirlashgan bo‘lishi mumkin. Bakteriyalar ayrim yoki yakka-yakka tayoqchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora hosil qiluvchilari bo‘lsa diplobatsillar, zanjir hosil qiluvchilarini esa streptobakteriyalar (streptobatsilla ) deyiladi.
Ba‘zan buralgan yoki spiralsimon yoki parmasimon buralgan (spiroxeta) ko‘rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar (spira – lotincha buralgan). Spirillalarni burilishga ega bo‘ladigan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio – lotincha qayrilaman) deb ataladi (4 va 5 rasmlar). Bakteriyalarning ipsimon shakllari, ko‘p hujayralilari ham bo‘lib, hujayraning tashqi tomoni har xil o‘simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, ochiq yoki yopiq halqa, chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham uchraydi (4 va 5 rasmlar).
Agar bakteriya hujayrasi (sof kulturasi bir turdagi bakteriya individlarining (osoblarining) yig‘indisi) qattiq oziqa muhitiga yig‘ilsa bir necha soatdan so‘ng ular ko‘payib oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan koloniya (bakteriya hujayralari to‘plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko‘rinishi, ranggi va boshqa hususiyatlari bilan bakteriya turiga bog‘liq bo‘lib, har bir bakteriya turi uchun o‘ziga xos – spetsifiklikka ega bo‘ladi. Bakteriya hujayrasidagi organellalar alohida membranalar bilan o‘ralmagan. Bakteriyalarning sitoplazmatik membranasi hujayrani ichiga tomon botib kirgan (mezosoma) bo‘lib ularda fermentlar joylashgan. Fotosintezni amalga oshiruvchi sianobakteriyalarda pigmentlari ichki membranalarda, ba‘zilarida esa xromotoforlar shaklida, ya‘ni alohida tanachalar holida bo‘ladi. Ko‘pchilik bakteriyalarning hujayra po‘stida peptidoglikan (murein) uchraydi.
Bakteriyalarda polimorfizm hodisasi, ya‘ni ko‘p shaklli holat mavjud, tashqi muhitning o‘zgarishi natijasida vibrionlar ipsimon yoki sharsimon shaklga, tayoqchasimonlar shar shakliga o‘tishi mumkin.
Bakteriyalarning sistematikasi
Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.