Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi, tashqi ko’rinishi.

Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi, tashqi ko'rinishi.

Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi, tashqi ko’rinishi.

Bakteriyalar juda mayda va ko‘pincha bir hujayrali organizmlarning umumiy guruhini namoyon etadi.

Bakteriyalarning shakli va o‘lchami. Bakteriyalarning asosiy shakllari shar, tayoqcha va bukilgan-egilgan ko‘rinishlaridir (1-rasm).

Shar ko‘rinishidagi bakteriyalar-kokklar ko‘pincha oddiy shar ko‘rinishida bo‘ladi, lekin oval yoki dukkakliklar shaklida bo‘lishi ham mumkin. Kokklar yakka mikrokokk hujayra ko‘rinishida yoki turlicha bog‘langan: juftlik-diplokokklar, 4 liklar-tetrakokklar, uzun yoki qisqa zanjir ko‘rinishida-streptokokklar. 8 hujayradan tashkil topgan kub shaklining to‘planishi, biri ikkinchisining ustiga 2 yarus bo‘yicha joylashgan sarsinalar. shuningdek, uzum boshini, shingilini g‘ujumini eslatuvchi teskari shakllarining to‘plamistafilakokklar.

Tayoqchasimon (silindrik) bakteriyalar uzunligi, diametri, hujayra oxirining shakli, spora hosil kilishi va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan farq qiladi.  Spora hosil qilish qobiliyati bo‘yicha tayoqchasimon bakteriyalar, bakteriya va batsillaga bo‘linadi.

Bakteriya deb spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlar aytiladi, batsilla deb spora hosil qiladigan tayoqchasimon bakteriyalarga aytiladi.

Demak, bakteriya termini mujassamlashgan termin bo‘lib, o‘z safiga bakteriya, batsilla, sharsimon va buralgan mikroblarni birlashtiradi.

Tayoqchasimon bakteriyalarni hujayralari yolg‘iz holatda yoki ikkitadan birlashgan diplobakteriyalar shaklida bo‘ladi. Bir-biriga zanjirsimon bog‘langan tayoqchalar esa — streptobakteriyalar deb ataladi.

Ba‘zi tayoqchasimon bakteriyalar juda mayda va kalta bo‘lib, cho‘zilgan kokklarga o‘xshab ketadi. Ularni kokkobakteriyalar deyiladi.

Buralgan bakteriyalar uzunligi, qalinligi va buralganligi bilan bir- biridan farq qiladi.

Ular shakli bo‘yicha verguldan boshlab spiral shaklida buralgan uzun iplarga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Vergulga o‘xshash egilgan-bukilgan tayoqchasimon bakteriya vibrion-deb ataladi. Bir va bir necha marta buralgan bakteriyalar spirilla deyiladi. Juda ko‘p mayda spiral shaklida buralgan bakteriyalar spiroxeta deb nomlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan bakteriyalardan tashqari ipsimon, ko‘p hujayrali yoki bir hujayrali shoxchalangan bakteriyalar hamda yon o‘simtalari bor turlari ham bo‘ladi.

Kokk shaklidagi bakteriyalarning o‘rtacha diametri 0,5-1 (mkm)ga tengdir. Tayoqchasimon bakteriyalarning o‘rtacha diametri 0,5-1 mkm bo‘ladi, uzunligi esa 1-5 mkm. Bahaybatlari ham, ammo juda maydalari oddiy optik mikroskopda ko‘rinar ko‘rinmas kattalikdagilari (0,1-0,2 mkm) ham bo‘ladi.

Bakteriya hujayrasining o‘rtacha og‘irligi 4,10-13 g. atrofidadir.

M i k r o n SI sistemasida (Xalqaro birliklar sistemasi) mikrometr deb ataladi (mkm) yoki (u ); 1 mkm 110 -3 mm.

Hozirgi zamon mikroskopiya texnikasi yordamida bakteriya hujayrasi juda murakkab tuzilishga ega bo‘lganligi aniqlangan. Bu tuzilish hujayraning xilma xil fiziologik va biokimyoviy funksiyalarni bajarishda ishtirok etadi.

Bakteriya hujayra protoplast va qobiqdan tashkil topgan. Protoplastda sitoplazma va yadro moddasi, ba‘zi bakteriyalarda ajralgan yadroning o‘zi mavjuddir.

Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi, tashqi ko’rinishi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba