Bilim yurtlariga kirish uchun fuqaro yoshlarga Harbiy-professional yo’nalishni o’tkazish tartibi.

Bilim yurtlariga kirish uchun fuqaro yoshlarga Harbiy-professional yo‘nalishni o‘tkazish tartibi.

Bilim yurtlariga kirish uchun fuqaro yoshlarga Harbiy-professional yo’nalishni o’tkazish tartibi.

Professional zarurlik tushunchasi va muammoni tushunish insonlar oldida ko’p vaqtlardan beri turadi. Professional saralab olish-bu tadbirlar sistemasi bo’lib, muayyan  mutaxassisliklar bo’yicha psixologik xususiyatlar bilan hammadan ko’proq to’gri keladigan insonlarni tanlash imkoniyatini beradi. Professional zarurlik tushunchasi asosan XX asrning boshida paydo bo’ldi. Maktabda Harbiy-professional yo‘nalishning asosiy maqsad i-bu ofitserlar kasbini tavsiya etish, muayyan Harbiy mutaxassislik va Harbiy bilim yurtini tanlash, 10-11- sinf yigilarini Harbiy bilim yurtlariga kirish uchun har tomonlama tayyorlash.

Bilim yurtlarda o‘quvchilarni  Harbiy-professional yo‘naltirish masalalari quyidagilar:

  • O‘quvchilarga Vatanni himoya qilish lozimligini tushuntirish va ularning ongida shakllantirish;
  • Harbiy xizmatni taklif qilgan har bir mutaxassislik mohiyatini, talablarini, xususiyatlarini tushuntirish;
  • Harbiy mutaxassislikka qiziqishni shakllantirish;
  • Yigitlarni o‘ziga xos xususiyatlarini Harbiy-professional imkoniyatlarini o’rganish va Harbiy mutaxassislikni tanlashda kumak berish;
  • Barcha mashgulotlarda va avvalo birinchi navbatda chaqiriqqacha Harbiy tayyorgarlik (CHHT) mashg’ulotlarida, bu xususiyatlarni shakllantirish.

Harbiy-professional yo‘nalish barcha muallim va direktor boshchiligida olib borilishi lozim. Bu erda Harbiy rahbarning xizmati juda kattadir.

 

Harbiy – professional yo‘nalishida ish olib borish tartibi va talablari.

  • Harbiy professional yo‘nalishning har taraflamaligi va aniqligi;
  • Yigitlarning qiziqish va intilishlariga qarab berilgan tavsiyalarning to‘g‘ri kelishi;
  • SHaxsiy yondoshish va Harbiy ta’limga bulgan tavsiyalar prinsipi;
  • Harbiy-professional yo‘nalishning muntazam bo‘lishi va bir maqsadni ko‘zlashi kerak. 1) tayyorlantirish (5-8 sinflar)
  • Umumiy tayyorgarlik (9-sinf)
  • Bevosita tayyorgarlik (10-11 sinflar)

Tayyorlantirish davrining asosiy maqsadi, armiyaga muhabbat, hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlik  xurmatini oshirish. Professional yo‘nalishdagi ishlarni, o‘quvchilar bilan birgalikda ota-onalar, mahalla qumitalari, hokimiyat va mudofaa ishlari boshkarmalari bilan birgalikla olib borilishi kerak. Harbiy professional yo‘nalish quyidagilarni: alohida va guruxiy suhbatlar o’tkazish, badiy adabiyotlarni o’qish, Harbiy Vatanparvarlik ruxidagi kinofilmlar ko’rish, Harbiy bilim yurtidagi kursant, ofitserlar bilan, zaxiradagi askarlar va internatsional burchini bajargan jangchilar bilan, hamda II Jaxon urushi qatnashchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazshni o’z ichiga oladi.

Harbiy professional yo‘nalishning davrini ko‘rib chiqamiz:

  1. Tayyorlantirish davri 5-8 sinf O‘quvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilish tarixi bilan umumiy tanishtirish, Vatan himoyachilari kasbiga muhabbat o’ygotish, ofitser kasbiga bo’lgan hurmatni yoshlar orasida yoyish. Bu ish o‘quvchilarning Harbiy Vatanparvarlik tarbiyasining asosiy qismi hisoblanadi  va maktabning butun jamoasi tomonidan o’tkaziladi. Bu davrda Harbiy xizmat, Harbiy adabiyotlar bilan qiziqayotgan hamda ofitser bo’lishni orzu qilgan yoshlarga alohida e’tibor berish kerak. Bolalarda Harbiy ximatga moyillik uygotish maqsad ida ular va ularning ota-onalari bilan alohida so’hbatlar o’tkaziladi. Bu davrning oxirgi natijasi, Harbiy xizmatda bo’lish istagidagi yoshlarni saralab olishdir.
  2. Umumiy tayyorgarlik davri 9-sinfdan Harbiy bo’lishni istagan O‘quvchilar bilan Harbiy professionallik yulida ish olib borishni davom ettirish. Maktabda ko’pgina o’quv darsliklar bolaning dunekarashini shakllantirishga oz bulsada o’z xisasini kushadi. Bunday darsliklar qatorida alohida o’rinni tarix, jamiyatshunoslik, adabiyot va boshqalar egallaydi. Harbiy  kasbga mustaxkam qiziqishni shu maktabning bitirib ketgan ofitserlari bilan, Harbiy qismlarning serjantlari bilan , II Jaxon urushi qatnashchilari, internatsional jangchilar bilan uchrashuv o’tkazib turishni tashkil etgan va bunga boshchilik qilgan Harbiy rahbarning xizmati kattadir. YOshlarni psixologik tomondan tayyorlashda Harbiy rahbar shaxsi ham  katta ta’sir kursatadi, uning aqliy qobiliyati, yoshlarni o’z orqasidan torta olishi va o’zining tartib hamda tarbiyasi yoshlarga yaxshi tarafdan ta’sir kursatadi.

 

  1. Bevosita tayyorgarlik (10-11 sinflar)

10-11 sinflardagi O‘quvchilarni mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan harbiy o’quv yurtlariga loyiqligini aniqlash uchun, birlamchi saralab olish uchun tibbiy kurikdan har birini alohida  o’tkaziladi. Saralashning asosiy maqsadi bolaning aynan shu kasbni tanlashdagi asl mohiyatini bilishidir.

Professional saralash quyidagi uch bosqichni o’z ichiga oladi:

  • Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma.
  • Harbiy bilim yurti.

Maktabdagi professional saralash yigitlarning imkoniyatlari va qobiliyatlari, ularning darslikni uzlashtirishlari va quyidagi:

  • Holatiy
  • Yigit shaxsini shakllantiruvchi holatlarni bilishni o’z ichiga oladi.
  • Holatiy – yigitning ota-onalari qaerda va kim bulib ishlaydilar, oilasining yigitga qanday ta’sir kursataetgani, O‘quvchining tarbiyasi va ota-onalar u bilan qanday shugullanayotganliklari, oilaning ma’naviy muxiti, yigitning Harbiy bilim yurtga kirib o’qishiga oilasining munosabati. Maktabda  qanday o’qiydi, qaysi fanlarni yaxshi o’zlashtirgan, qaysi muallim uning uchun avtoritet bulib xizmat qiladi, qizikishlari, dustlari va bularning hammasini yigitga bo’ladigan ta’siri.
  • Yigit shaxsini shakllantiruvchi ma’lum holatuning dunyoqarashi, fikri, siyosiy yutukligi, Respublikada va chet ellarda sodir bulyotgan voqealarga uning qarashlari. Shu kasbni nima sababdan tanlayotganligi, nima uchun ofitser bo’lishni istaydi u yoki bu bilim yurtini tanlash sababini asoslab berishi, bu mutaxassislikka yigitni nima jalb etdi. Bu davrda uning Harbiy mutaxassislik haqida qay darajada ma’lumotga egaligi ko’rinib qoladi (to’liq, tuliksiz, sust). Mudofaa ishlari bo’yicha boshqaruv va Harbiy bilim yurtlari har bir tashkilotlarga xos bulgan saralashning shakl va usullarini qullab kelmoqda.Bilim yurtlariga kirish uchun fuqaro yoshlarga Harbiy-professional yo‘nalishni o‘tkazish tartibi.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba