Bolalar nutqini o’stirishning predmeti maqsadi va vazifalari.

Bolalar nutqini o’stirishning predmeti maqsadi va vazifalari.

Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g’risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim tashkilotlarida olib boriladi», — deyilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, tashkilotlarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturidaqayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shunnngdek, MTM larda ham innovatik g‘oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur. Pedagog kadrlarning uzluksiz ta’lim olishini tashkil etish muammolari bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jaxon ta’limini rejalashtirish instituti (Parij), YUNESKOning ta’lim bo’yicha instituti (Gamburg), Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa Muallimlar ta’limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy tashkilotlarda tadqiq etilmoqda.

O’zbekiston respublikasi Prezidentining  2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim  tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’lim –tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual,axloqiy,estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi[1].  Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiy-texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining nechog’lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim sifatiga bog’liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo‘ladi. unga to‘g’ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.

 Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаrning nutqini rivojlаntirishning аsosiy  vаzifаlаri     Maktabgacha  yoshdagi  bola nutqini rivojlantirishning asosiy vazifasi bola tomonidan ona tilining har bir yosh bosqichi uchun belgilangan normalari va qoidalarini о‘zlashtirilishi hamda uning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Qayd etish lozimki, bir xil  yoshdagi bolalarning nutqiy darajasi bir-biridan mutlaqo farq qilishi mumkin. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalari kо‘p qirralidir. Bunda bola nutqdan atrofdagilar bilan muloqot о‘rnatish, о‘ziga, о‘z ishlari va kechinmalariga e’tiborni jalb qilish, bir-birini tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qilish, о‘z faoliyatini yо‘lga qо‘yish, о‘zining va birga о‘ynayotgan о‘rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlarning muhim manbai, tabiat, narsalar va kishilar olami haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyatining vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq obyektiv munosabatlarning alohida sohasi bо‘lib, bola ularni sо‘zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan о‘ynash orqali anglab yetadi.

Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev). Ilmiy tadqiqotlar va yo’nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o’rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O’zbekiston Respublikasida o’tgan asrning 50-yillarida boshlangan.
 
Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o’qitish zarurligi masalasini ko’tarib chiqdi. U tomonidan o’tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-1960 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o’zbek bolalariga ruscha og’zaki nutqni o’rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan. XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o’qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo’yicha tadqiqot o’tkazildi. S.O.G’oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o’zbek xalq og’zaki ijodidan (xalq ertaklari, o’yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo’lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi. 1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o’zga tilni (rus, o’zbek) o’qitish muammosi O’zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob’yekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R. Mirjalilova, N.SH. Nurmuhammedova va boshq.). Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o’zaro bog’liqlikda ko’rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o’rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o’zlashtirish va ijtimoiy o’zaro hamkorlik – o’zaro bog’liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.  Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so’zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o’zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo’l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o’rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo’yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro’y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda nutq rivojlanishini rag’batlantiruvchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko’zlagan holda pedagogik ta’sir ko’rsatishni tashkil etish kalitidir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarda og’zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g’ri shkllantirih yo‘llari va ish samaradorligi. Zamonaviy pedagogik texnologiya. Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og’zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir. 
 
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari •maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
 
•bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g’ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda xarakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
 
•bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari xaqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
 
•uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag’batlantirish. V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, YE.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o’zlashtirib olishlarining o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug’atni o’zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko’rsatilgan: atrofdagi olam lug’atini (so’z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug’atni til birligi sifatida o’zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig’ida ham, til mantig’i borasida ham so’z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan. Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo’lgan bosqich muhim rol o’ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.    
 
                                Maktabgacha    yoshdagi     bolalarning    ravon    nutqi    tadqiqotchilari    YE.I.Tixeyeva, YE.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya va boshqalar bolalarning og’zaki nutqi va hikoya qilishni o’zlashtirishining o’ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o’zaro bog’liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o’qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo’lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi. Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so’z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o’rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi. Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o’zlashtirilishi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, YE.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o’rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.). Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo’shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog’langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko’rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, A.A.Leontyev, I.A.Zimnyaya).
 
Modelda faxmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoidalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o’z izohini topishi lozim. Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontyev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug’atining va so’zlarning assotsiatsiya asosida bog’lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o’zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o’zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog’langan holda so’zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir». XIX asrning o’rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o’qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o’qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o’zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o’zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o’z-o’zini rivojlantirish va o’qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o’z fikrlarini bildirdi.  Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniytarixiy nazariyasiga va A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo’lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro’y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o’zlashtiradi. A.A.Leontyev L.S.Vigotskiy va A.N.Leontyevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo’lib, ularni o’zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi. Til qobiliyatlarini shakllantirish, bir tomondan, nerv-psixologik mexanizmlarining yetilganligi bilan, o’zga tomondan esa, ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog’liq. M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, muloqot – bolada so’zning paydo bo’lish fakti, vujudga kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, keyinchalik esa – fikrlash, o’z xulqini boshqarish vositasi sifatida rivojlanadi. Nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurda bola nutqini rivojlantirish, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, o’zga tomondan esa – to’satdan yuz berishlik, «o’zini-o’zi harakatga keltirish» bilan tavsiflanishi tushuniladi. Bolalarning passiv nutqni o’zlashtirib olishlari va ularning dastlabki so’zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi uch jihatga, ya’ni emotsional aloqalar, birgalikdagi harakat chog’idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo’lgan kommunikativ omilga bog’liq bo’ladi.Bolalar nutqini o’stirishning predmeti maqsadi va vazifalari. 
 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba