Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatishning mazmuni va mohiyati.

Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatishning mazmuni va mohiyati. 

Bolalarni to‘g’ri talaffuzga o‘rgatishning mazmuni va mohiyati. Tarbiyachi u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko’rsatadi hamda tushuntirib beradi. Bolalarning tovushlarni ifoda etishda nutq organlari holatini ko’rib olishlari ularning to’g’ri talaffuzni o’zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ushbu yo’nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Amaliyotda bu metodik usullar ko’pincha birgalikda qo’llaniladi va ular doimo bir-birini to’ldiradilar.Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish

«I» qattiq tovushining to’g’ri talaffuzini shakllantirish. Tarbiyachi tovush artikulyatsiyasini namoyish etadi va bolalarga tilning talaffuz chog’idagi holatini ko’rishni taklif qiladi. So’ngra u tovushni bir necha bor talafuz qiladi, keyin esa bolalar uni takrorlaydilar. Agar bolalar so’zlardagi tovushni to’g’ri talaffuz eta olsalar, yangi gaplarga va to’rt qatorli kichikkichik she’rlarni yod olishga o’tish mumkin. Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar — tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi. Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish

Tovush. Ayrim tarbiyachi pedagoglarda tovush tabiatdan beriladi (xudo bergan) deyishadi. Maxsus tovush yillar davomida o‘zgarishi, aynishi mumkin. Shuning uchun doim mashq qilib uni rivojlantirib turish lozim bo‘ladi.

Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator. Tovushning hosil bo‘lishi:

 

1.            Tovush kuchi bilan bog’liq (nutq apparati organlari bilan bog’liq).

2.            Tovush jarangdorligi (tovush jarangdorligi turli masofalarga yuborib baland pastligini o‘zgartirish).

3.            Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni o‘zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).

4.            Diapazon-tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng pastki ton bilan belgidir).

5.            Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, hususiyligi. Tovush apparatining

 

charchashi, tovushda bo‘lgan nuqsonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi.Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.

 

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig’ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so‘zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-Sh, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlarni sezadilar. 

2. Talaffuzga o‘rgatishning asosiy bosqichlari.             

Talaffuzga o’rgatish 3-bosqichda amalga oshiriladi: 

1-bosqish Ayrim tovushlar talaffuzini shakllantirish – bu qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi ustida ishlashni ko’zda tutadi;

B-lab portlovchi jarangli undosh tovush. So‘zning oxirida, boshida va o‘rtasida keladi.

B…, …B…, …B, B-V kabi aytiladi, aroba-arava, kabob-kavob  P-lab portlovchi jarangsiz undosh tovush.

P…, …P…, ….P, B va F undosh tovushlari o‘rnida talaffuz qilinadi, fabrika-pabrika, kelib-kelip

2-bosqich: Ayrim so’zlar talaffuzini shakllantirish – bu leksikani to’g’ri talaffuz qilish, urg’u berish, so’zda urg’u bo’g’inini ajratishdan iborat; 

Leksik jihatdan: «Ko‘klam keldi» biri fasilning nomini, ikkinchisi harakatni anglatadi. Urg’u so‘zning oxirgi bo‘g’iniga tushadi: Tikuvchi, ti-kuv-chi. 

3- bosqich: Namunaviy gaplar talaffuzini shakllantirish – bu o’zgacha 

Bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba