CHaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanining maqsadi, vazifalari va o‘quv dasturining qisqacha mazmuni.

CHaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanining maqsadi, vazifalari va o‘quv dasturining qisqacha mazmuni.

CHaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanining maqsadi, vazifalari va o‘quv dasturining qisqacha mazmuni.

O‘zbek xalqining asriy orzusi ushlanib, mustaqillikni qo‘lga kiritgan davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri- mustaqil O‘zbekistonning mudofaasini mustaxkamlash va milliy havfsizligini ta’minlashga qaratildi.

Bugungi kunda fanning eng yaxshi ixtirolari harbiy sohada tez qo‘llanilishi va taraqqiyotning yuksak darajada rivojlanganligi sharoitida, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash ishlarining ahamiyati o‘z-o‘zidan oshib bormoqda. Xalqaro terrorizmning, separatchilik harakatlarining ko‘p davlatlarda avj olishi, global urush xavfi bartaraf bo‘lib lokal urushlarni paydo bo‘lishi askarning ruhiy, jismoniy va maxsus tayyorgarligiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Undan turli xolatlarda o‘zini munosib tuta olishni va tezlik bilan vaziyatni to‘g‘ri baholay olishni, hamda eng to‘g‘ri qarorni qabul qila olishni, o‘z harakatlarini bo‘linma harakatlari bilan moslashtira olishni talab qilmoqda. YAngi texnika vositalari jangovar harakatlar olib borish hususiyati va uslublarini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu hozirgi sharoitda jangovar mashinalarda, tanklarda, samolyot shturvallarida, zenit-raketa komplekslarda harbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bo‘lishi kerak deganidir.

YOshlarning chaqiriqqacha tayyorgarligiga umumiy rahbarlik va nazorat O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga va Mudofaa Vazirining harbiy ta’lim boshqarmasiga yuklatilgan. CHaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikning nazorati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining Birlashgan shtabi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, «Vatanparvar» tashkilotining Markaziy kengashi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rejalari asosida olib boriladi.

 Armiya davlat mexanizmlaridan biri bo‘lib, ko‘p tomonlama davlatning taqdirini, ichki barqarorligini,hozirgi zamondagi o‘rni va rolini belgilaydi. Qurolli Kuchlar davlat hududiy yaxlitligini va uning fuqorolarini tinch hayotini ta’minlaydi.

Harbiy sohadagi islohatlar shart-sharoitlarida Qurolli Kuchlar yangi sifat kasb etmoqda. Armiyamizda tuzilmaviy o‘zgarishlar o‘tkazilib, harbiy doktrina mudofaa yo‘nalishiga va uning rivojlanishi sifat va aqliy ustuvorliklar asosida shakllantirishga qaratilgan.

SHu munosabat bilan bugun har bir Vatanimiz jangchisidan aniq ish, yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, o‘zining jangchilik burchini vijdonan bajarishini, va shaxsiy ma’suliyat talab etiladi. Jangovar shaylikni yuqori darajada ushlab turish, jangchilik mahoratni takomillashtirish, tartib va intizomni mustahkamlash har bir askarning mamlakat mudofaa qudratini ta’minlashdagi ulushi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi yuksak va ma’suliyatli vazifalarni sog‘lom, jismonan baquvvat va chidamli, aqlan shakllangan, yuksak ma’naviy-jangovar sifatlarga ega, Vatan himoyasi yo‘lida vatanparvarlik va fuqaroviy burchini bajarishga tayyor kishigina uddalay oladi. Armiya sharoitida askarning jismoniy, aqliy va ma’naviy sifatlarini harbiy xizmat jarayonida samarali qo‘llay olishida ko‘p jihatdan chaqiruvga qadar va chaqiriq yoshidagi o‘smirlarni tayyorgarligining samaradorligiga bog‘liq.

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek  «YOsh avlodni el-yurtga, vatanga sadoqatli, iymon–e’tiqodli, mard va jasur, yuqori malakali ma’naviyati yuksak insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim o‘chog‘larining aloxida o‘rni bor».

CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning asosiy yo‘nalishlari o‘sib kelayotgan avlodni jismoniy, ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik va davlat mudofaasi hamda mehnatiga shay holda turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

CHaqiruvga qadar yoshlarni tayyorlashning asosiy vazifalari boshlang‘ich harbiy bilimlar, jismoniy tayyorgarlik, o‘z Vatanining harbiy tarixini, ramzlarini o‘rganish, jangchi va vatanparvar fuqaroni shakllantirishni qamrab oladi.

«YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi» kursining vazifasi yoshlarga ta’lim jarayonida quyidagilarni o‘rgatishdan iborat:

  • O‘zining konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini anglash,O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini, Vatan himoyasi haqida va uni qurolli tajovuzdan himoya qilish haqida bilish;

-O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining mudofaaga qaratilganligini; -O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarning vazifalarini;

  • O‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa haqida» «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunlarni, O‘zbekiston Ruspublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xizmatini tashkillash to‘g‘risida»gi qarorini, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga kiritish va chiqarish, harbiy jinoyat sodir etganligi uchun va harbiy xizmatdan bosh tortganligi uchun jinoiy hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi asosiy qoidalarini;
  • O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlar Nizomlari va harbiy qasamyodning asosiy talablarini o‘rganishni va anglashni;
  • harbiy qismning qurol va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning turmush tarzi va joylashuvi bilan tanishishni;
  • harbiy ish asoslari, zaruriy harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, shuningdek jismoniy chiniqish va ruhan hamda ma’nan mustahkam bo‘lishni;
  • fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilim asoslarini o‘zlashtirishni;

YOCHQBT jarayoni yoshlar harbiy xizmatni o‘tashda o‘zining konstitutsiyaviy burchini a’lo darajada bajarilishini va o‘ziga topshirilgan zamonaviy jangovar qurol va harbiy texnikani qisqa muddatda o‘zlashtirib olishini ta’minlashdan iborat.

YOshlarga harbiy ta’lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar o‘quv-faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi qo‘shinlarning jangovar o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda  o‘rgatish ko‘zda tutiladi. CHaqiriqqacha va chaqiriq yoshidagi o‘smirlar bilan ishlash ko‘p qirrali va o‘ziga hos jarayondir. CHunki ularning barchasida ham hayotga o‘z qarashlari, xarakteri va an’analari barqarorlashmagan. YOshlarimiz kuch-quvvatga, g‘ayrat  shijoatga to‘la va ularda  o‘zini namoyon etish hissi juda kuchlidir, biroq buni jamiyat yoki jamoa foydasiga yo‘naltirishni hamma yoshlar ham uddalay  olavermaydi. SHuning uchun bunday yoshlarning  yonida doimo ularning qalblariga ezgu an’analarni, axloqiy tamoyillarni, vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini singdirib boradigan sadoqatli va vafodor do‘sti, yaqin maslahatchisi, mohir ustozi  bo‘lgani ma’qul deb hisoblanadi. Vataniga muhabbatsiz, yurt himoyachisi bo‘lishdek kasbga faxr tuyg‘usisiz, o‘z tarixi va ajdodlar an’analarini hurmatlamaydigan  tarbiya bilan kuchli armiya va barqaror davlat qurib bo‘lmaydi. CHaqiriqqacha va chaqiruv yoshidagi yoshlarni ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha vazifalarni to‘laqonli bajarilishi, chinakam vatanparvarlar, o‘z ishining malakali mutaxasislaridan iborat professional armiya vakillarini etishtirish imkonini beradi. Bunday jiddiy, o‘ta ma’suliyatli va sharafli vazifani uddalashda ta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi a’lohida ahamyatga ega. Umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus,kasb-xunar ta’lim muassasalarida «YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash» fani uchun o‘g‘il bolalarga — 140 soat; qiz bolalarga — 70 soat (36 soat «Fuqaro muhofazasi»ga  va 34 soat «Tibbiy bilim asoslari»ga) ajratilgan.

Mashg‘ulotlar umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining  oxirgi ikki yilida haftasiga ikki  (yoki oyiga besh, olti) soatdan o‘qitiladi.

Ta’lim muassasalarida «YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash» fani o‘tilmagan yoki mazkur fan bo‘yicha sinovdan o‘tmagan yoxud yakuniy bahosi «qoniqarsiz» deb topilgan chaqiriq yoshidagi o‘spirinlar bilan shahar yoki tuman hokimligining qarori bilan tashkil qilingan mudofaa sport-sog‘lomlashtirish  lagerlari (MSSL)da 160 soatlik dastur asosida ushbu fan o‘tiladi.

Ta’lim muassasalarida «YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash» fani nazariy, amaliy, nazorat va dala-o‘quv mashg‘ulotlari (yig‘inlari) shaklida o‘tkazilib, kirish mavzusi va quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi:

  • Harbiy ish asoslari;
  • Otish tayyorgarligi;
  • Harbiy xizmat asoslari;
  • Amaliy jismoniy tayyorgarlik; – Fuqaro muhofazasi; – Tibbiy bilim asoslari.

Bitiruvchi kurs talabalari bilan o‘qitishning yakuniy bosqichda CHQBTdan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va yuqorida dastur bo‘limlarida ko‘rsatilgani bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun, YOCHQBTga ajratilgan  vaqt hisobidan uch kunlik dala o‘quv mashg‘ulot (yig‘in)lari o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulot (yig‘in)lar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

-umumta’lim maktablarida va akademik litseylarda 11-sinf (3-kurs) talabalari bilan mart va may oylarida,

-kasb-hunar kollejlarida 3-kurs talabalari bilan o‘qitishning so‘ngi  pallasida o‘tkaziladi;

-tuman (shahar) hokimligining qarori bilan tashkil topgan o‘quv punktlaridagi talaba o‘g‘il bolalar bilan tuman (shahar) hokimligining rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba