Munadarija
CHHT mashg’ulotlarida qo’llaniladigan TTV (texnik ta’minoti vositalari)
Ta’lim texnik vositalari ta’lim muassasasi o‘quv – moddiy bazasining elementlaridan biri hisoblanadi va o‘quv jarayonida tatbiq qilinadigan texnik qurilmalarni o‘zida mujassam etadi.
YOCHQBT xonasi quyidagi texnik vositalar bilan jihozlanishi lozim :
- Kompter majmuasi (so‘ngi rusumli);
- Kinoproektor;
- DVD ROM, yoki vidiomagnitafon;
- CHizmachilik va maxsus plyonkalar (kodoskop) va ular uchun asbob-anjomlar va priborlar to‘plamiga ega bo‘lgan grafoprektom;
- diaproektor (DM-3, «Svet», UP-2 «LETI-60» LSI) yoki kadriproekt («Vitaz», «Kadr»,
«Krugozor»);
- 8 mm li kinoproekt («Kvant», «Rus», «Mayak», «Luch-2m»); – magnitafon (etidoskop).
«Ta’lim te xnik vositasi» atamasi ikki tushunchani o‘z ichiga oladi:
1.Hususiy texnik qurilma (kompyuter texnologiyalari, vidioproektor, dioproektor, kinoproektor , televizor, magnitafon va h);
2.Ta’lim vositasining o‘zi (darslarning multimediyalari, mashg‘ulotning elektron variantlari,slaydlar, kinofilmlar, magnitogrammalar va h).
Bu erda, shubhasiz, ta’lim vositasi eng muhimi hisoblanadi.
U o‘quv ma’lumotini tarqatuvchisi, ta’lim oluvchilar bilish faoliyatini tezlashtiruvchi vosita hamdir.
TTV tavsiflanadigan bir qancha belgilar mavjud tuzilishiga oid, tashkiliy, sezish
organlariga ta’sir qilishiga ko‘ra va h.
Harbiy pedagogikada ta’lim jarayonida hal qilinadigan masalalarning xususiyatiga ko‘ra tavsiflanishi keng tarqalgan.
1.Ta’lim berishning texnik vositalari (MBTV).
Ularga kompyuter va boshqa texnik vositalar yordamida multimediyalar, mashg‘ulotning elektron variantlari, slaydlar orqali o‘rganiladigan ma’lumotni berishga imkon beradigan kinofilmlar, rasmlar, tiniq plyonkali sxemalar, fonogrammalarni televizion aks etish, magnit yozib olish va h. audivizual qurilmalar kiradi. Bu erda shuningdek blankalar, jadvallar va sxemalar ko‘rinishidagi bosma tarqatma materialni ham kiritish mumkin. Bu guruh eng keng tarqalgan va ilgarigi vaqtlardan buyon ishlatilib kelinadi. Ularga dioproektor, kadrproektor, kinoqurilma, kadoskop va h. kiradi.Hozirgi vaqtda ta’lim berishda ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy texnik vositalari keng tarqalib respublikamizning barcha xududlariga keng tarqaldi.
SHuning uchun davlatimiz bu ishlarni o‘z vaqtida kechiktirmasdan olib borilishi uchun kadrlar masalasiga diqqat e’tiborni qaratmoqda.
2.Joriy va yakuniy bilimlarni nazorat qilish (imtihon, sinov ) uchun bilimlarni nazorat qilish texnik vositalari (BNTV).
Nazorat mashinalarini tatbiq qilish, nazorat nazorat natijalarini ortiqcha vaqt sarflamasdan olish mumkin, savollar soni etarli bo‘lganida (test savollari)esa boho qo‘yilgan natija bilan bo‘ladi. savollari soni va baho bilan nazorat natijalarini olishga imkon beradi («P-4 kompyuter majmuasi»«Kion-5», «Ekzamentor-men», «Signal-!», «Ankord», «Lira»).
3.Amaliy ko‘nikmalarini singdirish texnik vositalari (trenajyorlar).
Jangovar texnika, qurol-yarog‘ va boshqalarda ishlashda ta’lim oluvchilar amaliyko‘nikmalarini singdirish va takomillashtirish uchun xizmatqiladi.
- Mustaqil ta’lim olish texnik vositalari.
Ma’lum bir dastur bo‘yicha o‘quv ma’lumotlarini berilishini ta’minlaydi va kompyuter yoki EHM bazasi yordamida o‘zini nazorat qilishni amalga oshirishga imkon beradi (so‘ngi rusumli kompter, «Repetitor-MEN», avtomatlashtirilgan ta’lim sistemasi ATS). Ko‘rgazmali qurollar – pedagogikaning muhim didaktik prinsipi, bunga ko‘ra darsda qabul qilinadigan aniq namunalar talabalar bilan o‘rganiladigan materialni yaxshi o‘zlashtirib olishga yordam beradi. Darslarda ko‘rgazmali qurollar va taktik vositalarni tatbiq qilinishi talabalar e’tiborini eshitib qabul qilishlaridan ko‘rib qabul qilishlariga qaratilib va bir vaqtning o‘zida navbatdagi o‘quv materialini eshitish orqali ongli qabul qilishga va bilish faoliyatini faollashtirishga tayyorlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi ishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib jang maydonida askarning ishonch bilan harakatlanishlari uchun zarur bo‘lgan usul va ko‘nikmalarni shakllantirishda bosh vazifalaridan biri hisoblanadi.
U yoki bu ko‘rgazmali qurol yoki ta’lim texnik vositalarining tatbiq qilinishining pedagogik samaradorligi talaba qanchalik faol va qunt bilan ishlaganiga qarab oshib boradi. O‘qish va bilim orttirish borasida talabalarni o‘zlari yasay oladigan maket, model va ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashga jalb etish foydadan holi emas. Ma’lum bir ko‘rgazmali qurol va ta’lim texnik vositalarini qo‘llanishining maqsadga muvofiqlik mezoni.o‘quv vaqti tejalishi va darsni foydali koeffitsentining ta’sir etishini ko‘payishidadir. Agar ko‘rgazmali vositalarni tatbiq etish o‘quv vaqtining tejalishiga olib kelmasa, unda ular noo‘rin tanlangan, darslardan oqilona foydalanilmagan yoki mazkur mashg‘ulotda ularning umuman keragi yo‘q deb topiladi. Darsga ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashda nafaqat kerakli vositalar, sxemalar, plakatlar, maketlar, o‘quv quroli va hakozolarni tanlash (tayyorlash), TTV moslama va qurilmalar havfsizligini tekshirish, balki ko‘rgazmali vositalarni tatbiq qilish uslubiyotini ishlab chiqilishini ham o‘z ichiga oladi
-Tatbiq qilishni maqsadini aniqlash;
-Ular bilan ishlash uchun ajratilgan vaqtni aniqlash;
- Mashg‘ulot (dars)ning pedagogik mazmunida qo‘llanmaning o‘rni.
Aytaylik, harbiy rahbar (CHQBTO‘) mashg‘ulotda YOCHQBT xonasida ko‘rgazmali vositani tatbiq qilmoqchi (nazariy mashg‘ulotda«Harbiy ish asoslari» bo‘yicha o‘quv filmlari). Butun filmning namoyishi 25-35 daqiqa egallashini nazarda tutgan holda har bir juftlik darsda film parchasini 18-20 daqiqadan ko‘rsatish lozim.Filmni talabalarga darsdan tashqari soatlarda mazkur mashg‘ulotda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida to‘laligicha namoyish etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Darsni o‘quv filmini ko‘rsatish bilan o‘tkazish mumkin emas, sababi filmni o‘zi mashg‘ulot oldiga qo‘yilgan maqsadini to‘laqonli amalga oshira olmaydi. SHu bilan birga talabalar ko‘p holda ko‘rsatiladigan material syujeti, tashqi chiroyi, ta’rifiy tomonlari bilan chalg‘ib ketadi, o‘rganilayotgan savollar bilan bog‘liqlikni yo‘qotadi. SHuning uchun ko‘rgazmali qurollar va TTV ni tanlashda ularning o‘rganiladigan materialni nazariy qoidalari bilan bog‘liqlik darajasini e’tiborga olishi lozim.CHHT mashg’ulotlarida qo’llaniladigan TTV (texnik ta’minoti vositalari)
Ta’lim muassasasilari uchun o‘quv qurol-aslahalar, kichik kalibrli miltiq o‘quv texnikasi va buyumlarini O‘R Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan me’yorlar (ro‘yxat) ga ko‘ra bepul (ro‘yxatning 4-ilovasi, YOCHQBT dasturi – 2005 y, 59 b. qarang) beriladi.
Ta’lim muassasasiga beriladigan o‘quv quroli quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
- Stvolning o‘q solinadigan (kazennoy chasti) qismida pastda AKM-48 mm bo‘lgan kenglik va uzunlikdagi stvoli yo‘li boshida hosil bo‘lgan ikki tomoni ochiq tirqishli segment kesik; (na kazennoy chasti stvola snizu segmentnыy vыrez s obrazovaniem v nachale kanala stvola skvoznoy prorez shirinoy i dlinoy u AKM-48 mm);
-Arralangan zarbalrvchi nayza; (spilennыy boek);
-Stvolning old qismining yuqorisida va stvol qutichasi pastida ikki tomoni ochiq uzun yoriqlar, qurolning taxta va plastmassa qismlari qora rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. O‘quv quroli, kichik kalibrli miltiqlar, o‘quv texnika va buyumlar MIB orqali okrug qo‘mondoni bilan belgilangan tartibda harbiy okruglar naryadlari bo‘yicha beriladi. O‘quv quroli, kichik kalibrli miltiqlar ta’lim muassasasi va o‘quv punktlariga faqat ichki ishlar organlari ruxsatnomasi bilan ta’lim muassasasi va korxona direktorining ishonchnomasiga asoslanib beriladi.CHHT mashg’ulotlarida qo’llaniladigan TTV (texnik ta’minoti vositalari)
Muallif: Xasanov M