Chinni xamirni tayyorlash usullari.

Оглавление/Munadarija

Chinni xamirni tayyorlash usullari.

Chinni xamirni tayyorlash usullari.

Sovuq xolda ishlanuvchi chinni xamiridan buyumlar yasash bu o‘z qo‘lingiz bilan mo‘jiza yaratish san’atidir. Chinni xamiri bu – xozirgi paytdagi xammabop sodda, arzon va ishlov uchun eng mos bo‘lgan ganch xomashyosidir. Chinni xamir bilan ishlash jarayoni mutlaqo xavfsiz va xech qanday ko‘nikma va malakalar talab qilmaydigan mashg‘ulotlardan bo‘lib, bu jarayon bilan xattoki kichkina bola xam shug‘ullana oladi. Bunday xomashyoni uy sharoitida xam tayyorlasa bo‘ladi, bu esa o‘z xayolidagini amalga oshirish, o‘z qo‘lingiz bilan san’at asarini yaratish uchun qulay imkoniyatdir. Chinni xamirni tayyorlash usullari.

Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra chinni xamiri loy yoki plastilin bo‘lagini eslatadi, lekin uni quritganimizdan so‘ng u qattiq konsistensiyaga ega bo‘lishi bilan loy va plastilindan farqlanadi. Ganchkorlik bilan undan turli bezaklar yasashimiz mumikn. Bunday bezaklarga mayda munchoqlardan tortib chig‘anoqlar ,tugmalar, shoxchalar yoki quritilgan gullar, to‘qish yok zardo‘zlik ishidan ortib qolgan mayda ip bo‘laklarini qo‘shib yasalgan ajoyib buyumlarni misol qilib ketirishimiz mumkin. Sovuq xolda ishlanuvchi chinni xamiridan yasalgan buyumlarni bo‘yash, qum yoki biser yordamida qoplash yoki laklash mumkin.

Sovuq xolda ishlanuvchi chinni xamirining paydo bo‘lish tarixi. Bu xomashyodan tayyorlangan ilk bumlarning tayyorlanish sanasiga e’tibor berilsa ular XIX asrning boshlarida yasalganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra u argentinaliklar tomonidan kashf qilingan, lekin uning kelib chiqish joyi va aniq sanasi xaqidagi ma’lumotlar yo‘q. Faqatgina XIX asrning boshida zavodda ishla chinnidan turli noyob buyumlarni yasagan rus ustasi Petr Ivanov xaqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Agar Peterburg shaxridagi bu zavodning arxiv ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, chinni xamiridan gullarni birinch bo‘lib aynan Petr Ulyanovich yasagan. Ularni imperator va uning oilasiga jo‘natiladigan atir va xushbo‘ylashtirish suvlarining flakonlariga bezak sifatidan ishlatganlar. Ammo bu xomashyoning undan xam oldinroq mavjud bo‘lganini bildiruvchi ma’lumotlar bor. Sana’at va xaykaltaroshlik xaqidagi Xitoy traktatlarida chinni xamiridan yasalgan ganchkorlik xaqida yozishmalar mavjud. Ammo uning nomlanishi boshqacha  bo‘lib, tayyorlanish jarayoni esa Petr Ivanov qo‘llagan usul bilan mutlaqo bir xildir.

Chinni xamiridan yasalgan buyumlarning o‘ziga xosliklari. Bu xomashyodan tayyorlangan buyumlar xaqiqatdan go‘zal va shuning bilan birga o‘ziga yarasha xususiyatlari mavjud. Ularni nam va tik quyosh nurlari yetmaydigan joyda saqash lozim.chinni xamiri polimer loy bo‘lib, namni o‘ziga singdirib olib uning ta’sirida ivib ketishi yoki quyosh nurlari ta’sirida o‘z rangini yo‘qotishi mumkinligini esda tutish lozim. Chinni xamiridan yasalgan gullar yoki boshqa buyumlarni oyna tokchasiga yoki suv yaqiniga qo‘yish mumkin emas.

Bunday buyumlar saqlanadigan xonalarda ular uchun optimal xavo xaroratini tutib turish kerak. Agar xavo 10 gradusdan tushib ketsa bumlar tuzilishi o‘zgaradi, ya’ni tarkibidagi namlik kristallanadi. Yuqori xarorat xam chinni xamiriga yomon ta’sir qiladi, ular shunchaki qurib sochilib ketadi. Chinni xamiridan yasalgan buyumlarning yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun ularni lak bilan bo‘yab qo‘ysa bo‘ladi. Lak nafaqat namlikdan asraydi, balki shaklni rang va yorqinligini ximoya qilib turadi.

Chinni xamiridan nimalar yasasa bo‘ladi. Bu xomashyodan istalgan narsani yasasa bo‘ladi, ayollar uchun bezakdan tortib, inte’er uchun katta bo‘lmagan bezaklarni xam xattoki. Chinni xamiridan yasalgan gullar bilan bezatilgan soch to‘g‘nog‘iyalari juda xam antiqa ko‘rinadi. Bo‘lalar uchun qo‘llaganda, uni bolalar bilan o‘tirib birgalikda ertak qaxramonlarini yasasa bo‘ladi, ularning sevimli multfilmlaridagi qaxramonlarni yasab ularni xonalarini bezatsa bo‘ladi. Ko‘pgina ijodkor uy bekalari gultuvaklarini, turli ramkalar, lampalar va vazalarni chinni xamiridan foydalangan  xolda  bezaydilar. Inter’erning noyob bezaklariga chinni xamiridan yasalgan gullardan girlyandalar, jonivorlarningg shakllari yoki tematik kompozitsiyalarni misol qilib keltirsa bo‘ladi. Bundan tashqari do‘stlar va yaqinlar uchun original va qimmatbaxo bo‘lmagan sovg‘alarni tayyorlash mumkin.

Chinni xamirini qanday tayyorlash mumkin? Ganch uchun kerak bo‘lgan polimer loyni tayyorlash qiyin emas. Chinni xamirining eng sodda tayyorlanishi quyidagicha:guruch yoki jo‘hori kraxmali ,PVA yelimi ,glitserin va bolalar uchun kremdan 1:1 nisbatdagi aralashmasi, (1 stakan yelim va kraxmal) va 2:1 nisbatdagi (osh qoshiq glitserin va krem). Maxsulotlar yaxshilab aralashtiriladi va  10 – 20 minutga olib qo‘yiladi. Xamidagi maxsulotlar bir-biriga singib, ganch uchun optimal bo‘lgan konsistensiyaga keladi. Ularni sovutgichda saqlash yoki xona xaroratida ikki soatdan ortiq muddatda olib qo‘yish mumikn emas. Maxsulotdan darrovgina ko‘zlangna buyumni yasash va tayyorlangan massani xammasini ishlatib yuborish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi ustalar xamirga limon kislotasidan qo‘shadilar. Bunda yasalgan maxsulot limon kislotasi xosil qilgan konservatsiya effekti xisobiga  yaroqlilik muddati uzayadi. Suv aralashtirilgan tayyorlash texnikalarini xam uchratish mumikn , ammo bunda yasalgan buyum uzoqqa yetmaydi va juda nozik bo‘ladi. Suv tashqi faktorlarning ta’siri ostida loy tarkibidagi boshqa maxsulotlar bilan reaksiyaga kirishadi va natijada yoqimsiz xid paydo bo‘lishi mumikn, buyumning shakli o‘zgaradi, va uning mustaxkamliligi pasayadi.

Rangini o‘zgartirish uchun odatda ozuqaviy ranglardan meldan foydalaniladi. Ammo chinni xamiridan yasalgan buyumlarni bo‘yash imkoniyati mavjud bo‘lganligini xisobga olgan holda uni to‘liq qurigach ya’ni bir sutkadan so‘ng bo‘yash tavsiya etiladi.

Chinni xamirni tayyorlash usullari.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba