CHQBT o’qituvchisi ega bo’lishi lozim bo’lgan asosiy sifatlar.

CHQBT o'qituvchisi ega  bo'lishi lozim  bo'lgan  asosiy  sifatlar.

CHQBT o’qituvchisi ega bo’lishi lozim bo’lgan asosiy sifatlar.

O‘tkazilgan tadbirlar bayonnomalarini  to‘g‘ri rasmiylashtirish  CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi (CHQBTO‘) ning faqat so‘zda emas, balki amalda ham to‘g‘ri ish yurita olishini tasdiqlaydi. Ta’lim muassasasi talabalarining yarim yillik natijalari va bayonnomalarga qarab, YOCHQBT dasturini o‘zlashtirish darajasiga, musobaqa, mashg‘ulot va boshqa tadbirlarga baho berish mumkin. Har bir YOCHQBT o‘qituvchisi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligining barcha boblari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni uslubiy to‘g‘ri o‘tkazishga majbur.CHQBT o’qituvchisi ega bo’lishi lozim bo’lgan asosiy sifatlar.

O‘qituvchining uslubiy mahorati zamirida uning pedagogik va harbiy bilimi, yuksak amaliy tayyorgarligi va tamoyillarni qo‘llash, talabaga ta’lim-tarbiya berishda uslub va uslubiy usullarini ijodiy qo‘llash qobiliyati yotadi. Nazariy mashg‘ulotlarda  talabalar O‘R QK nizomlarining asosiy qoida va talablarini,harbiy ish asoslari bo‘yicha boshqaruv va yo‘l-yo‘riqlarni,shuningdek xaqiqiy harbiy xizmatni o‘tashda egallagan bilim va malakalarni qanday foydalanish kerakligi yuzasidan maslahat va tavsiyalarni o‘zlashtirishadi.Ma’lumki,harbiy rahbar, CHQBTO‘lari odatda, nazariy mashg‘ulotlarni didaktik materiallar va ta’lim texnik vositalari yordamida hikoya shaklida bayon etadi.

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar mashq bajarish, me’yorlar va harakat usullarini bajarilish texnikasini o‘rganishlari va mustahkamlashlari, shuningdek, qurilmalar, jihozlangan maydonchalar, mashg‘ulotlar joyi va qurol, asboblar, muhandislik qurol vositalari, shaxsiy himoya vositalari, sport snaryadlari va anjomlaridan foydalangan holda o‘q otish va boshqa masalalarni hal qilishni o‘rganishlari lozim.

Amaliy mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazishda rahbarning darsga munosabati va shug‘ullanayotganlarga ta’sir o‘tkaza olishi, shaxsiy namunasi muhim ahamyatga ega.Ijobiy shaxsiy namuna,harbiy rahbar,CHQBTO‘ ning yuksak amaliy tayyorgarligida,mashg‘ulotni yaxshi olib bora bilishida,ta’lim olayotganlarga mashq usullarini aniq va chiroyli ko‘rsata bilishida,qisqa va lo‘nda tushuntira olish bilan birga ularni qiziqtira olishida ifodalanadi. Mashg‘ulot rahbari dars vaqtidan tejamkorlik bilan foydalanib, uning optimal zichligiga amal qilishni, har bir mashg‘ulot uchun zarur mashq, usul va harakatlarni to‘g‘ri tanlay bilishni, ularning intensiv bajarilishini ya’ni dars jarayonida yuklamani to‘g‘ri taqsimlay ola bilishni uddalashi lozim.CHQBT o’qituvchisi ega bo’lishi lozim bo’lgan asosiy sifatlar.

SHu maqsadda mashg‘ulot rahbari talabada zaruriy sifatlarni shakllantirishga aytarlik xizmat qilmaydigan, o‘rganishda esa uzoq vaqtni talab qiladigan, mashq, usul, harakatlarni qo‘llashdan qochishi kerak. Tajribali mashg‘ulot rahbari ta’limni murakkab bo‘lmagan mashqlarni o‘qitish elementlar bo‘yicha emas, balki butunligicha olib boradi va imkon bo‘lishi  bilan (bundan mashqlarni keyinchalik bajarilish texnikasining takomillashuvi haqida unutmagan holda) barcha hollarda batafsil tushuntirishlar va takroriy ko‘rsatib berishlarga ortiqcha bir daqiqani sarflamasdan ta’limni kuch-g‘ayrat bilan, tezlik bilan olib borishga darhol o‘tadi.

Amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda mashg‘ulot rahbari  talabalar qurol, jangovar texnika, o‘q-dori bilan ishlaganida havfsizlik chora tadbirlariga rioya etishga, ularga yordam  berishga va ehtiyot choralarini  amalga oshirishga, jarohat va baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga  majbur. Mashg‘ulot rahbari ongli, vijdonan darsiga yondoshmog‘i kerak. Aniq va ishonchli buyruqlar, ta’lim olayotganlarga do‘stona va tengqurdek munosabatda bo‘lish darsning qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Mashg‘ulot rahbariga ta’lim oluvchilarga nisbatan qattiq qo‘llik, jahldorlik,qo‘pol muomalada bo‘lish,ularni doimiy tanqid qilish tavsiya etilmaydi. Mashg‘ulot rahbari nafaqat talabalarga ko‘nikmalar shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilishi, balki harbiy qasamyod va umumharbiy nizomlar talablari  asosida ularni tarbiyalamog‘i, yuksak intizomli va ma’suliyatli bo‘lishlariga erishmog‘i lozim.

Mashg‘ulot davomida mashg‘ulot rahbari saf nizomlari talablarini buzilishiga zarracha ham yo‘l qo‘ymasligi,shu qatorda alohida e’tiborni amaliy xarakatlarni to‘g‘ri bajarilishida mashq va me’yorlarni bor kuchni sarflamasdan bajarish kabi turli holatlarni bartaraf etishga qaratishi kerak. Darsda yuqori tashkilotchilikni saqlab turishga mashg‘ulot rahbarining o‘zini tutishi katta ahamiyatga ega. Uning saranjomsarishtali tashqi qiyofasi, qaddining rostligi, ixchamliligi, talabalarga nisbatan o‘ta talabchanligi ko‘p hollarda mashg‘ulotni muvaffaqiyatli o‘tilishiga zamin yaratadi. Intizomni mustahkamlash va ta’lim oluvchilarni o‘quv mashg‘ulotiga qiziqtirish maqsadida mashg‘ulot rahbarining intiluvchan, harakatchan va har tomonlama rivojlangan talabalarni boshqalarga namuna qilish orqali rag‘batlantirishi, yomon o‘qiydiganlarga esa ta’zir berishi va ularda o‘z harbiy va jismoniy jihatdan tayyorgarliklariga ma’suliyat hissini oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Darxaqiqat amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda harbiy rahbar uchun uning asosiy tamoyil va qoidalarni bilish va ularga rioya qilish etarli emas,bundan tashqari ularni amaliyotda mohirona qo‘llashi, har bir mashg‘ulotda me’yor, usul va harakatlar bajarilishini o‘rganish va mashq qilishning yanada katta naf beradigan shart-sharoitlarini yarata olishi mumkin bo‘ladi.

Bu barcha turli talablarni bir vaqtning o‘zida mohirona biriktirish harbiy rahbarning uslubiy mahorati bo‘lib hisoblanadi. Bu mahorat har bir mashg‘ulotni o‘tkazish uchun oqilona yondashuv muhitini yaratib, harbiy rahbarning oz fursatda etarli tajriba to‘plash, tashkiliy va uslubiy ko‘nikmalarga va asosiy sifatlarga ega bo‘lish va tajriba to‘plash imkonini beradi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba