ChQBT rahbarini ma’ruza, referat va doklad o’qishga tayyorgarligi.

ChQBT rahbarini ma'ruza, referat va doklad o'qishga tayyorgarligi.

ChQBT rahbarini ma’ruza, referat va doklad o’qishga tayyorgarligi.

Ma’ruzalar. Ma’ruza, o‘quv ishining shakli sifatida tinglovchilarga o‘quv materialining murakkab nazariy va amaliy savollarini etkazib berish imkonini beradi. Ma’ruza mashg‘ulotlari o‘z tuzilishiga ko‘ra, uch qismdan iborat:

Tashkiliy qism, ma’ruzaning o‘zi, xotima, yakun yasash qismi.

Tashkiliy qism talabalarning joyida ekanligini tekshirish, ularning o‘quv ishiga tayyorgarligini bilish maqsadga egadir.

Ma’ruza oson bayon qilinganda, muallim oldindan yozilgan matn bilan bog‘liq bo‘lmaganda muvaffaqiyatga ega bo‘ladi. Ma’ruza matni uni so‘zma-so‘z o‘qib berish uchun emas, oson bayon qilishda qo‘llash uchun yoziladi. Matn muallimni intizomlaydi, mavzuni esa mantiqiy va tartibli bayon qilishga yordam beradi, hujjatlardan ko‘chirmalar keltirishni, nufo‘zli shaxslar haqida misollar keltirishni hamda sonlarni o‘qishning imkonini beradi.

Hozirgi sharoitda ma’ruzachilar texnik vositalarni: filmoskoplar, epidoskoplar, kinoapparatidan, televideniyadan keng qo‘llab, ulardan o‘z o‘rnida foydalanishyapti. Texnik vositalarni boshqarish ma’ruzachining qo‘lida bo‘lishi zarur. Bu mavzuning bayonidan ko‘rgazmali namoyishga o‘tishning va aksining tabiyligini ta’minlaydi.

Seminarlar – talabalarning bilimini mustaxkamlash, chuqurlashtirishning faol shakllaridan biri bo‘lib, ularning mustaqil ishining natijasini nazorat qilishning samarali vositasidir. Mashg‘ulotning o‘zi quyidagi tuzilishga ega: Tashkiliy qism.

Muallimning kirish so‘zi, talabalarga darsning maqsadini etkazib berish. Referat yoki axborotni eshitish va muhokama qilish.

Seminarning asosiy savollarini muhokama qilish.

Yakuniy qism.

Seminarning yakuniy qismida muallim talabalarning tayyorgarlik darajasiga umumiy holga tayangan tarzda baho beradi, yaxshi o‘zlashtirilgan savollarni va o‘zlashtirilmaganlarini ko‘rsatib o‘tadi, amaliy mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga baho qo‘yib chiqadi.

Gurux mashg‘ulotlari (mashqlar). Bu harbiy kafedra mashg‘ulotlarida keng tarqalgan mashg‘ulot shakllaridan biridir. U chuqur, tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, keng qo‘llamada qo‘llaniladi. Odatda, gurux mashg‘ulotlari vzvod bilan o‘tkaziladi (yoki yarim vzvod bilan), bunda hikoya va namoyish uslublaridan foydalaniladi.ChQBT rahbarini ma’ruza, referat va doklad o’qishga tayyorgarligi

Guruh mashg‘ulotlari tuzilishiga ko‘ra, quyidagi qismlardan iborat: Tashkiliy qism.

Mustaqil tayyorgarlik vazifasining bajarilishini tekshirish.

Yangi o‘quv mavzusini bayon qilish. Yangi mavzuni mustahkamlash. Mashg‘ulotlarga yakun yasash va mustaqil tayyorlanish uchun uyga vazifalar berish.

Amaliy guruh mashg‘ulotlari – tashkiliy qismdan so‘ng, mavzu e’lon qilinib, maqsadi, mashg‘ulotning asosiy savollari berilgandan keyin muallim hikoya uslubi bilan ishning hajmini, harakat va usullarni ta’riflaydi, ularning harbiy kasbni egallashda muhimligini baholashni talabalarga etkazib beradi. Bunga 10 minut vaqt ajratiladi. SHundan so‘ng muallim egallanishi kerak bo‘lgan birinchi harakatni texnikada yoki qurolda ko‘rsatib beradi, talabalarga ish uslubini etkazib beradi. Keyin talabalar mashqlar uslubi bilan bu harakatni o‘zlashtirib oladilar. Mashg‘ulot oxirida yakun yasashga, talabalarni baholashga, xatolarni taxlil qilishga va mustaqil vazifa berishga 10 minut qoldirish zarur.

Kurs ishlari – egallangan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladigan mustaqil ishlash shakllarining eng samaralisidir. Bir vaqtning o‘zida talabalarni izlanishga chorlaydi, ijodiy tafakkurning rivojlanishiga xizmat qiladi. Kurs ishining yakuniy tashkiliy hujjati bo‘lib, uning tematikasi bo‘lib hisoblanadi, u yo‘nalishga qarab ishlab chiqiladi, kafedra uslubiy yig‘ilishida muhokama qilinadi va rahbar tomonidan ushbu ishlar tasdiqlash kerak. Mavzular bir o‘quv fani asosida yoki bir necha fanlar asosida shakllanadi. Talabalarga mavzu tanlashda erkinlik beriladi. Ularga yordam berish maqsadida kafedra muallimlari hisobidan maslaxatchilar belgilanadi. Maslaxat shaxsiy tartibda olib boriladi. Bu muallim «kurs ishining rahbari» deb hisoblanadi. Kurs ishi asosan mustaqil tayyorgarlik soatlarida va talabaning shaxsiy vaqti hisobiga bajariladi. Ayrim hollarda unga mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha soatlar ajratiladi.

Mustaqil ish –o‘quv ishining asosiy shakllaridan biridir. o‘quvchilarning faolligini oshiradi va bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarida asos bo‘lib xizmat qiladi.

Talabalarning mustaqil ishi harbiy kafedraning maxsus ajratilgan soatlarida mustaqil tayyorlanish va uyga beriladigan vazifalarni tayyorlashdan kelib chiqadi. Mustaqil tayyorlanish soatlarida hujjatlar bilan birga texnika ham o‘rganiladi.Uyda talabalar manbalari mavjud bo‘lgan barcha mavzularini o‘qib o‘rganib chiqadilar.

Maslahatlar – murakkab mavzular bo‘yicha yoki imtihonlardan avval muallimlar tomonidan o‘tkaziladi. Ular shaxsiy yoki guruxli bo‘lishi mumkin. Maslahatlar davomida muallim talabalarning bilimidagi zaif joylarini aniqlashga intiladi, so‘ng suhbatlar yordamida ushbu kamchiliklar o‘zi to‘ldiriladi.ChQBT rahbarini ma’ruza, referat va doklad o’qishga tayyorgarligi

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba