Fanning paydo bo’lishiga hissa qo’shgan xorijiy va mahalliy olimlar haqida ma’lumotlar, erishgan yutuqlari va muammolari.

Fanning paydo bo'lishiga hissa qo'shgan xorijiy va mahalliy olimlar haqida ma'lumotlar, erishgan yutuqlari va muammolari.

Fanning paydo bo’lishiga hissa qo’shgan xorijiy va mahalliy olimlar haqida ma’lumotlar, erishgan yutuqlari va muammolari.

Fanning paydo bo’lishi.Mikroorganizmlar kashf  qilinmasdan avvalroq ham, inson qatiq, vino tayyorlashda, non pishirishda mikrobiologiya jarayonlaridan keng foydalanib kelgan. Odamzot har xil kasalliklar bilan to‘qnash kelgan, o‘latlarni boshidan kechirgan. Muqaddas kitoblarda ham bu haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, kasallik oqibatida o‘lganlarni yoqib yuborishni, yuvinishni va tozalikga rioya qilishni tavsiya qilingan. Qadim zamonlardayoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko‘pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlaganlar. Masalan, bizning eramizdan oldin yashagan qadimgi dunyo vrachi Gippokrat (460 — 377 yillarda), Lukretsiy (95 — 55 yillarda) va o‘sha davrning boshqa yirik olimlarining ishlarida turli-tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga xos ekanligi ko‘rsatilgan edi.

15 asrgacha kasalliklarning sabablari kasal tuqdiruvchi «miazmalar» (havoda tarqalgan ayrim bug‘simon moddalar) deb hisoblashgan. Keyinchalik italiyalik vrach

Frakastro (1478-1553 yillar) bir indvidumdan ikkinchisiga o‘tadigan «kontagiy»lar mavjudligi haqidagi nazariyani ilgari suradi.

Osiyo xalqlari chechak, lepra (moxov) va boshqa kasalliklar to‘qrisida ma‘lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037 ) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan edi.

17 asrning 40 yillarida rimlik professor A.Kirxer (1601-1680) kattalashtiruvchi qurilma orqali har xil ob‘ektlarni kuzatadi va o‘ta mayda «chuvalchanglarni ko‘radi». Bu mikroorganizmlar edi. Ammo bu tajribalar tasodifiy kashfiyotlar edi.

Mikroorganizmlarning ochilishi birinchi mikroskopni kashf etilishi bilan boqliqdir. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy Yansen, so‘ngra G.Galiley va K.Drebbelq tomonidan eng sodda mikroskoplar yaratildi va yanada takomillashtirildi.

Mikroorganizmlar haqida yanada ko‘proq ma‘lumotlar to‘plagan shaxs mikrobiologiya tarixining «morfologiya» davrini boshlab bergan gollandiyalik Antoni  van Levenguk(1632-1723) bo‘ldi (1- rasm).

Levenguk shishadan ziynat buyumlar yasaydigan korxonada ishlar edi. U shisha linzalar yasab, ulardan mayda narsalarni kattalashtirib ko‘radigan asbob – sodda mikroskop yasaydi. U o‘z mikroskopida ko‘lmak suv tomchilarini, tish kiridan tayyorlangan preparatlarni, turli xil organik moddali suvlar (qaynatmalar) ni tekshirib, ular ichida har tomonga qarab harakatlanuvchi tirik mavjudotlarni ko‘zatadi va ularning rasmlarini chizadi. U shu ko‘rgan mavjudotlariga ―tirik hayvonchalar‖ – «Animalkula viva» deb nom beradi. O‘z izlanishlari natijalarini u Londondagi qirollik ilmiy jamiyatiga bildiradi.

1677 yili mazkur ilmiy jamiyat Levenguk ishlarini qaytadan tekshirib ko‘radi va uning natijalari haqiqat ekanligini tan oladi.

Keyinchalik u o‘z ilmiy izlanishlarini «Anton Levenguk kashf etgan tabiat sirlari» degan kitobida (1695) ta‘riflab beradi. Ularni yumaloq, har xil o‘zunlikdagi tayoqchasimon, bukilgan shaklli mayda mavjudotlar ekanligini tasvirlab beradi.

Rossiyada birinchi mikroskop XVIII asrning 30 — yillarida Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan kashf etilgan.

Rus olimi, harbiy vrach D.S.Samoylovich (1744-1805) mikroskopik tekshirishlar yordamida toun (chuma) kasalliginiig qo‘zqatuvchisini tekshirib, odamlarni bu kasallikka qarshi emlash usulini taklif etgan. Uning bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o‘rganish uchun asos bo‘ldi. Angliyalik vrach E.Djenner (1749 — 1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bergan edi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ancha takomillashtirilgan mikroskoplar yaratildi. Bu esa mikroorganizmlarning faqat morfologik to‘zilishini emas, balki fiziologiyasini ham o‘rganishga imkon berdi. Mikroskopning ixtiro etilishidan boshlab mikroorganizmlar to‘qrisida qilingan ishlar mikrobiologiya tarixida 1 davr «Mikrobiologiya rvojlanishining morfologiya davri» deb yuritiladi.

Shved olimi K.Linney (1707-1778) hamma tirik mavjudotlarni bir sistemaga solgan bo‘lsa ham, mikroorganizmlarni bir «xaos» (tartibsiz, tartibga solib bo‘lmaydigan) guruhga kiritadi.

Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi daniyalik Myullerga (1786) taalluqlidir. U suv va tuproqdagi «animalkullar» ni sistemaga soladi va ularning «infuzoriyalar» deb atadi. Sekin-asta mikroorganizmlarni o‘rganish ko‘lami kengaya boshladi.

Keyinchalik M.M.Terexovskiy (1740  – 1810) ham mikroorganizmlar ustida ishlab

«Sarstvo info‘zoriy Linneya» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1770). U har xil qaynatmalardagi mikroorganizmlarni o‘rgandi. Temperatura, elektr toki va zahar ta‘sirida mikroorganizmlarning halok bo‘lishini aniqladi.

1835 yil Erenburg «Infuzoriyalar mukammal organizmlardir» degan mavzuda ilmiy asar yozdi va hamma tuban jonzotlarni 22 ta sinfga bo‘ldi va unga infuzoriyalar atlasini kiritib, ularga tavsiflar berdi. Mikroorganizmlarni binar nomenklaturada atadi va barcha bakteriyalarni 3 sinfga bo‘ldi.

XIX asr o‘rtalarida P.F.Goryainov tomonidan yozilgan «Zoologiya» asarida mikroorganizmlarga ayrim bo‘lim ajratildi va u «Infuzoriyalar bo‘limi» deb ataldi. Shu vaqtlar F.Kon (1828-1898) va K.Negelilar (1817 — 1891) bakterilardan ba‘zilarining tabiatini o‘rgana boshladilar.

Mikroorganizmlarni o‘rganishning ikkinchi davri — «fiziologiya davri» — buyuk fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. U ko‘pgina bijg‘ish jarayonlarining, yaxni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg‘ish hamda boshqa tur bijg‘ishlarning biologik mohiyatini aniqladi

Har bir bijg‘ish jarayonining o‘z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta‘sirida borishini ko‘rsatdi. Lui Paster kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning buzilishini o‘rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi.

Kislorodsiz muhitda yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqladi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash (mikroblarni nobud qilish) va pasterlash usullarini kiritdi. Aristotel va Vergiliylarning «O‘z — o‘zidan tug‘ilish» nazariyalarining asossizligini ko‘rsatdi. Oziqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday mikroorganizmning paydo bo‘lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar xolerasini o‘rganish jarayonida sog‘lom tovuqqa kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi yuborilganda tovuqlarning kasallikga chalinmasligini ko‘zatdi. Xuddi shu ishni u kuydirgi kasalligi bilan kasallangan mollarda ham qaytardi va ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo‘ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42-43oС temperaturada o‘stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi bilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo‘lishini aniqladi. Paster kuydirgi kasalligini o‘rganib «la‘natlangan dalalar» sirini ochdi.

Pasterning qutirish kasalligini o‘rganish borasidagi ishlari ham o‘ta katta ahamiyatga molikdir. U qutirgan itlar so‘lagini mikroskop ostida tadqiq qilganda undagi mikroorganizmlarni ko‘rishga muyassar bo‘la olmadi. Ammo u kasallikni yuzaga keltiruvchi qutirishni «sababi» — hayvonning bosh va orqa miyasida joylashishini aniqladi. Kasallangan quyon miyasini sekin — asta quritib, «kuchsizlantirilgan kasal qo‘zgatuvchini» oldi va u bilan hayvonlarni emlab sog‘lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo‘llarini topdi. Bunday emlashlar, antirabik — qutirishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng ko‘lamda tarqaldi. Bu ishlar yangi fan — immunologiyaning paydo bo‘lishiga asos soldi. Lui Paster Fransiya meditsina akademiyasiga akademik, Sankt — Peterburg akademiyasiga muxbir a‘zo va keyinchalik faxriy akademik qilib saylandi.

Parijda 1888 — yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko‘zga ko‘ringan mikrobiologlar ta‘lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya, Xavkin, Sklifasovskiy va boshqalar shular jumlasidandir.

XIX asrda ko‘p mamlakatlarda meditsina mikrobiologiyasi rivojlandi. Meditsina mikrobiologiyasining rivojlanishiga nemis olimi Robert Kox (1843 — 1910) ko‘p hissa qo‘shdi. U sof mikrob kulturasini ajratish uchun qattiq (quyuq) oziq muhitidan foydalanishni taklif etadi. Odam va qoramollarda sil kasalligini qo‘zgatuvchisini hamda vabo vibrionini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, immersion sistemani qo‘llashni va mikrofotografiyani amaliyotga kiritdi.Fanning paydo bo’lishi

I.I.Mechnikov (1845 — 1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati haqida to‘liq ta‘limot yaratdi, chirituvchi va sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning antagonizmini aniqladi va vabo kasalligini o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyada birinchi bakteriologik stansiya tashkil etdi. Uning rahbarligi ostida yirik mikrobiologlar: G. N. Gabrichevskiy, A. M. Bezredka, I. G. Savchenko, L. A. Tarasevich, N. F. Gamaleya, D.

  1. Zabolotniy va boshqalar etishib chiqdi.

Mikrobiologiya fanining rivojlanishida D. I. Ivanovskiy (1864-1920) alohida rol o‘ynadi. U tamaki barglarining mozaika kasalligini o‘rganib, 1892 yilda filtrlanuvchi viruslarni aniqladi va virusologiya faniga asos soldi. Fanning paydo bo’lishi

Tuproq mikrobiologiyasi bo‘yicha ham ancha ishlar qilindi. SHlezing va Myuns kabi fransuz olimlari nitrifikatsiya jarayonini o‘rgandi. Tuproqda uchraydigan mikroorganizmlarni va ularning moddalar almashinuvidagi rolini aniqlashda S.N.Vinogradskiyning (1856 — 1955) hissasi katta bo‘ldi. U xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalari misolida aniq ko‘rsatib berdi. Bu jarayonlarni chuqur o‘rganib «Xemosintez» (kimyoviy energiya ishtirokida suv va CO2 dan organik moddalar  hosil bo‘lishi) jarayonini ochish sharafiga muyassar bo‘ldi. Tuproqda erkin holda hayot kechiruvchi anaerob bakteriya klostridium pasterianumni, sellyulozani parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va ko‘pgina yangi metodlarni kiritdi va «Tuproq mikrobiolgiyasi» asarini yaratdi.

M.Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalardan azotobakterni aniqladi. G.Gelqrigelq va G.Vilqfor tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, 1880 yilda tugunak bakteriyalar bilan dukkakli o‘simliklar orasidagi simbiozni aniqlab, dukkakli o‘simliklarning azot o‘zlashtirishi ular ildizidagi tuganaklarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdilar.

Sekin-asta to‘plangan materiallar, ayniqsa, nafas olish va bijg‘ish jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr «mikrobiologiyaning bioximiya yo‘nalishi»ga turtki bo‘ldi. Nafas olish va bijg‘ish jarayonlarini ximizmini aniqlashda S.P.Kostichev, V.S.Butkevich, V.N.SHaposhnikov va N.D.Irusalimskiylar katta hissa qo‘shganlar. Fanning paydo bo’lishiga hissa qo’shgan xorijiy va mahalliy olimlar haqida ma’lumotlar, erishgan yutuqlari va muammolari.

Chirindi moddalar va tuproq strukturasi hosil bo‘lishidagi tuproq mikroorganizmlarining rolini tushuntirishda I.V.Tyurin, M.I.Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini o‘rganish sohasida B.L.Isachenko, E.N.Mishustin,

N.M.Lazarevlar, tuproq va rizosferadagi turli xil bakteriyalarning aktivligini aniqlashda N.G.Xolodniy, V.S.Butkevich, N.A.Krasilqnikov, E.F.Beryozova, Ya.N.Xudyakov va boshqa olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Fanning paydo bo’lishi

Keyingi yillarda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan olimlar  B.F.Perfilqev va D.L.Gabellardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya metodi ko‘pgina cho‘kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.

O‘tgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning yana bir tarmogi bo‘lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topdi. G.A.Nadson, B.L.Isachenko, M.A.Egunov, V.O.Tauson, V.S.Butkevich, A.E.Kriss, A.S.Razumov va boshqalar bu tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. G.A.Nadson va uning shogirdi G.S.Filippov 1925 yilda achitqi zamburug‘lariga turli nurlarni ta‘sir etdirib, ulardan mutantlar oldilar.Fanning paydo bo’lishi

Mikrobiologiya sohasida shunday katta kashfiyotlarning ochilishi mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas boqliqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar sistemasini takomillashtirgan, 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ulqtramikroskopni, 1908 yilda A. Kyoller va Zidentopf birinchi lyuminessent mikroskopni kashf etgan bo‘lsalar, nihoyat 1928-1931 yillarga  kelib birinchi elektron mikroskop yaratildi. 1934 yili F.Sernike fazo-konstrast prinsipini takomillashtirdi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A gacha va undan ham mayda buyumlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Bu kashfiyotlar mikrobiologiyaning yana bir qirrasini, mikroorganizmlarning ultrastrukturalarini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Oddiy yorug‘lik mikroskoplarida faqatgina tayoqcha bo‘lib ko‘ringan bakteriyalarni nanometrlar bilan o‘lchanadigan xivchinlari, fimbriylari, piliylari, hujayra devori va uni birnecha qavatdan iboratligi, sitoplazmatik membrana va uning noziq strukturalari, sitoplazma uning tarkibidagi yadro moddalari, ribosomalar va zahira moddalarini borligi aniqlandi.

Mamlakatimizda mikrobiologiya fanining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalar bilan boqliq bo‘lgan sohalari: oziqovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Fanning paydo bo’lishi

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba