Fuqaro muxofazasining himoya qurilmalari.

Оглавление/Munadarija

Fuqaro muxofazasining himoya qurilmalari.

Fuqaro muxofazasining himoya qurilmalari.

Fuqaro mudofasi qurilmalari dushman tomonidan qirg‘in qurollarini ishlatish havfi bo‘lgan paytda yoki atom elektr stansiyasida ofat bo‘lgan vaziyatda aholini zaxarlovchi radiaktiv moddalardan kimyoviy va bakteriali qurollardan mudofaalanishning ishonchli qo‘rg‘oni hisoblanadi. Mudofaalanish qurilmalari mudofaalanish usuliga qarab mudofaa joylari va radiatsiyadan panalanish o‘rinlariga bo‘linadi.

Mudofaa joylari – bu maxsus qurilma yadroviy portlashning zaralovchi faktorlaridan zaxarlovchi moddalardan bakterial qurollardan himoyalanish vositasidir.

Mudofaa joylari mudofaalanish manzili va radiatsiya quroliga bo‘linadi. Bu maxsus joylar zaxarlovchi faktorlardan, shuningdek yuqori issiqlik chiqaruvchi portlovchi bombalardan, gazlardan va o‘tlardan insonlarni mudofaalash uchun quriladi.

Panalanish joylari qoidaga muvofiq ikkidan kam bo‘lmagan kirib chiqish eshiklari bilan ta’minlangan bo‘ladi. Panalanish joyida bundan boshqacha ofat yuz bergan taqdirda chiqish uchun qo‘shimcha eshik qo‘yiladi. Keyinchalik o‘sha erlarda narvon bilan tashqariga chiqish uchun mo‘ljallangan eshikni quyish mumkin. Ko‘p o‘rinli (300 dan ortiq odam) qurilishlarda quriladigan eshiklarning bittasiga shilyuzli daxliz, zaxarloangan havodan mudofaa qilinadigan sirtqi va ichki shamol kirmaydigan eshiklar jihozlanadi. Bunday joylarning mudofaa qilish xususiyati bemalol kirib chiqishni ta’minlaydi. Havo tozalash sistemasi qoidaga muvofiq havoni janglardan tozalovchi va suzib almashtiruvchi ikki rejimda ishlaydi. U havoni to‘liq tozalab, o‘z holiga keltiradi. Mudofaalanish joylarida suv bilan ta’minlanuvchi kanalizatsiya, iltuvchi va yorig‘lantiruvchi sistemalarning turli tarmoqlari bilan bog‘lanishi ixchamlashtiriladi. Ular zararlangan taqdirda o‘zidan qarshilik chiqaruvchi ko‘chma matorlar bilan yorug‘lantiriladi, suv saqlash idishlari, shuningdek iflosliklarni yig‘ib solish uchun idishlar bilan ta’minlanadi. Bunda umuman iliqlik ta’minlash choralari ishlanadi. Ulardan tashqari, nazorat uchun komplekslar mudofa kiyimlari, yong‘inni o‘chiruvchi qurollar va asboblar yig‘indisi tayyor xolda saqlanadi.

Radiatsiyadan mudofalanish joylari – bu asboblarni ionlashtirish nurlaridan, radiaktiv zaharlangan erlarda zaxarlanishdan saqlanishni ta’minlaydi. Ular bundan boshqa kuchli portlagichlarga ega nurlardan radiatsiyaning o‘tishidan etarli miqdorda portlash to‘lqinlarining urilishdaridan zaharlovchi radiaktivli moddalarning va bakteriali qurolning ta’siridan saqlaydi.

Ko‘p qavatli joylarning erto‘lalarida radiatsiyadan saqlansa bo‘ladi. Bunday saqlanish joylarini kuzatishda ishlab chiqarishdagi temir, beton elementlari, g‘isht, yog‘och materiallari va toshlar hamda xodalardan foydalanish mumkin.

Radiatsiyadan saqlanish maqsadida barcha yaroqli ashyolardan erto‘lalar, poliz maxsulotlari saqlanadigan omborlar,  chuqur erlar, shuningdek devorlari panalanish xususiyatiga ega bo‘lgan er ustidagi imoratlardan foydalaniladi. Uyning panalash xususiyatlarini ortirish uchun deraza va eshiklarning o‘rnini tuproq bilan to‘ldirib pana joy ishlanadi. Moboda zarurlik topilsa sirtqi devorning er ustidagi tomoni tekshirilib tuproq bilan ko‘miladi.

Barcha eshiklar kigiz bilan yoki yumshoq gazlama bilan tig‘iz qilib yopiladi. Panalaniladigan erga (300 odamgacha mo‘ljallangan bo‘lsa), tabiiy havo oqimi bilan shamollatgich qo‘yiladi. Bunda so‘ruvchi quti shamollatgichdan 1,5-2 m yuqori qo‘yiladi.

Radiatsiyadan panalanish joylarining mudofaalanish xususiyati radiaktiv nurlarining ojizlik kaeffitsienti bilan baholanadi. 4-jadvalda bir qancha joylarning mudofaa xususiyatlari ko‘rsatilgan.

 

Imoratlarning turlari Radiatsiyaning ojizlik kaeffitsienti
Birinchi qavatlarning ichidagi xujralar:

ham ikki qavatli imoratlar     yog‘ochdan qurilgan devorlar     g‘ishtdan qurilgan devorlar

Ko‘p qavatli joylarning yuqori qavatining ichki xujralari:

bir qavatli va ikki qavatli    imoratlarning erto‘lalari    yog‘ochdan ishlangan bo‘lsa     toshdan ishlangan bo‘lsa

Ko‘p qavatli imoratlarning erto‘lalarining o‘rtacha bo‘limi

 

 

2

5-7

50

 

 

 

7-12

200-300

 

500-1000

 

Erto‘lalar bilan uskunalangan imoratlarning ichidagi xujralarning mudofaa xususiyati bir necha metrga ortadi. SHunday qilib, yog‘ochdan tiklangan uylar kaeffitsienti taxminan 100 gacha, toshdan ishlangan uylar 800 minggacha bqladi. Uskunalangan pana qrni radiatsiyaning 712 m ga pasaytiradi. Uskunalangani esa 350-400 m ga kamaytiriladi. Oddiy tozalanish o‘rinlariga usti yopilmagan va yorilgan erto‘llar kiradi.

Er to‘la erning ustidagi imoratlardan yuqori bo‘lib, qor, yomg‘ir suvlari ichiga oqib ketmaydigan bo‘lishi kerak. Er to‘la avval tepasi ochiq, bostirilmagan turda quriladi. Uzunasi 15 m dan kam bo‘lmaydi. CHuqurligi 1,8-2 m, eni –1,1-1,2 m bo‘ladi. Erto‘laning uzunligi bir odamga 0,5-0,6 m hisobida belgilanadi. Erto‘lada odamlarning o‘rtacha joylashishi 10-15 odam, eng kattasida 50 odamgacha joylashadi.

Fuqaro muxofazasining himoya qurilmalari.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba