Ganch uchun kerak bo’ladigan jixozlar.

Оглавление/Munadarija

Ganch uchun kerak bo'ladigan jixozlar.

Ganch uchun kerak bo’ladigan jixozlar.

Ganch uchun kerakli jixozlar O‘qlov va qaychilar, pinset va o‘tkir jag‘li ombir, tish tozalash tayoqchalari, mo‘yqalam hamda bo‘yoqlar, dekorativ kosmetika, qo‘lqoplar va ishlov berish uchun mo‘ljallangan taxta, nam salfetkalar, ingichka ip xamda maxsulotning bo‘laklarini biriktirish uchun yelim.

Bunday yoqimtoy ko‘rinishli qarg‘achani yasash – bolalar bilan vaqt o‘tkazishning eng maqbul variantidir. Bunda xar bir bola bir-biriga o‘hshamagan qushchalarni yasashi maqsadga muvofiqdir. Chinni xamiri bilan ishlash odamga roxat bag‘ishlaydi. Polimer loyda qolganidan farqli o‘laroq  unda barmoq izlari qolmasligi tufayli uni pechda toblash shart emas, uning o‘zi ochiq xavoda qurib qoladi.

Demak, chinni xamiridan qarg‘achani yasashimiz uchun kerak bo‘ladigan jixozlar:

Xavorang yoki sariq rangdagi chinni xamiri, ikki dona qora munchoq hamda ganch uchun kerakli asboblar.

Birinchi bosqich. Agar ish uchun olingan chinni  xamiri rangsiz bo‘lsa uni istalgan rangga osonlikcha bo‘yab olish mumikn. Xamirni yoyib ungi kam kam miqdorda akril bo‘yog‘idan qo‘shamiz. Xosil bo‘lgan massani rang bir tekisda yoyilib ketgunga qadar yaxshilab qorishtiramiz. Agar xosil bo‘lgan rangdan ko‘nglingiz to‘lmasa yana rang qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi.

Xavorang chinni xamirini yoyib undan ikkita dumaloq shakl xosil qiling. Kattasi tanasi uchun, kichigi bosh uchun. Katta bo‘lagidani barmoqlar yordamida chuqur bo‘lmagan qayiq shaklini xosil qilamiz. Ikki dona yassa tomchisimon qanotlarni yasaymiz. Sariq xamirdan piramida shaklida tumshuqchani va dumaloq shakldagi panjalarni xosil qilamiz.

Ikkinchi bosqich. Qanot va bosh qismlarini tanaga biriktiramiz. Qanotlarga tish tozagich tayoqcha uchni bosib chiqamiz.

Uchinchi bosqich. Tumshuqni bosh qismiga biriktiramiz. Tish tozaagichni uchkur tomoni bilan tumshuq qismida o‘yiq xosil qilamiz.

To‘rtinchi bosqich. Munchoqlarni ko‘z o‘rniga qadab chiqamiz. Qosh o‘rniga egatcha xosil qilamiz va yuzidan uchta chiziq xosil qilamiz. Yupqa o‘qlov shaklida xamir yoyib bosh qismiga kokolcha o‘rnida biriktiamiz. Ganch uchun kerakli jixozlar

Beshinchi bosqich. Qanotlariga, dumlariga egatchalar urib chiqamiz xamda quritish uchun xona xaroratida qoldiramiz.

Shu texnika bo‘yicha qushchalarning shaklini plastilin va ozuqaviy mastikadan yasasa bo‘ladi. Guvoxi bo‘lganingizdek, qushcha shaklini chiqarish mutloqa murakkab emas, bu ishni bolalar xam bemalol qila oladi. Shunday qilib qushlarning katta kolleksiyasini yaratsangiz bo‘ladi. Ganch uchun kerakli jixozlar

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba