Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ilmiylik va ob’ektivlik tamoyillari.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ilmiylik va ob’ektivlik tamoyillari. 

Talaba – yoshlar harbiy vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy bilimlariga ega bo‘lishi, ularni har taraflama harbiy xizmatga tayyorlash va Mustaqil O‘zbekiston ravnaqini himoya qilish bo‘yicha o‘z burchini ado etish – o‘quv yurtlari pedagogik jamoalarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli hal etishda «Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi” fani yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘quvchilarni xizmat qilishga ma’naviy – siyosiy, psixologik va jismoniy jihatdan tayyorlashning tashkili, mazmuni, shakllari va uslublarini tashkil qiladi. «Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi” fanining asosiy vazifalari quyidagilar:

Birinchidan, o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan boshqa fanlar bilan bog‘langan holda talabalarni milliy vatanparvarlik ruhida o‘z Vatani himoyasiga qo‘lida qurol bilan chiqishga doim tayyor bo‘lishga tarbiyalash;

Ikkinchidan, talabalarda pedagogik xislatlarni rivojlantirish, yangi jamiyatning faol, ongli quruvchilari, milliy mustaqillik g‘oyalariga sadoqatli, mehnatkash, jasoratli va o‘z Vatani uchun hayotini beradigan insonlarni etishtirish;

Uchinchidan, talabalarni «Harbiy vatanparvarlik tarbiya” masalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari bilan qurollantirish, ularda o‘rta o‘quv muassasalar, litseylar, kollejlardagi «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisiga xos bo‘lgan lavozimda o‘quvtarbiyaviy ishning tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘nikma va qobiliyalarini shakllantirish.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha masalalar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik fanni o‘rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishi kerak:

                     o‘rta maxsus va kasb – hunar ta’lim o‘quv yurtlaridagi „Yoshlarning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarligi” mashg‘ulotlari davomida va darsdan tashqari tadbirlr, shakl va metodlari, mudofaa va sport ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasini; 

                     «Vatanparvar”, «Salomatlik” normalari va «Temurbeklar” harbiy sport o‘yinini tashkil qilish va o‘tkazishni, o‘quv-dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish, „Yoshlarning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarligi” fanining tugashiga bag‘ishlangan bayramlarni o‘tkazishni.

«Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi” fanini o‘rganish natijasida talabalar quyidagilarni bajara olishi zarur:

                     o‘quvchilar harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘rta maxsus talim o‘quv yurtlaridagi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, ya’ni halqimiz jangovar va mehnat shuhratiga sazovor bo‘lgan joylariga safarlar uyushtirish;

                     urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qilish, Qurolli Kuchlar askarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish;

                     harbiy vatanparvarlik mavzusi bo‘yicha konferensiyalar o‘tkazish, harbiy Oliy bilim yurtlarida o‘qish uchun nomzodlar tanlash va tayyorlash;

                     harbiy ish asoslarini o‘rganish uchun harbiy to‘garaklar tashkil qilish.

Mazkur fanni o‘rganish jarayonida har bir talaba mustaqil ravishda harbiy vatanparvarlik mavzusida 4-5 ma’ruza tayyorlashi (doklad, referat) shart. 

Mamlakatimiz mudofaasini mustahkamlash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish yoshlar tarbiyasi, siyosiy ongi, mehnat faoliyati va ilmiy-texnika rivojlanishi tezligi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Tarbiyalash — bu insonlarni jamiyat uchun jismoniy — aqliy mehnatga yoki boshqa foydali faoliyatga yo‘naltirish, shu bilan birga ko‘p qirrali ijtimoiy vazifalarni bajarishga tayyorlashning ob’ektiv asoslangan jarayonlardan iborat. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi uning ajralmas qismi hisoblanadi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodologiyasi va ilmiy asoslari insoniyat omiliga nisbatan qo‘llaniladi. Bu tushunchaga insonning g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy jismoniy va boshqa fazilatlari yig‘indisi kiradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining nazariy va amaliy asoslarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining Vatanparvarlik va mustaqil Vatan himoyasi haqida g‘oyalari, Oliy Majlis qonun va qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Halq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligining buyruq va ko‘rsatmalari, harbiy pedagogika va psixologiya, harbiy fanlar va boshqa qoida hamda me’yoriy hujjatlar o‘rin olgan.

 Vatan himoyasi haqidagi asosiy hujjat davlatimizning „Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunida aks etgan. Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.

„Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunida alohida mamlakat mudofaasi xususiyatiga ega bo‘lib, Qurolli Kuchlarni tajavo‘zkorliklarni bartaraf etish va qaytarishga tayyorlash, Vatan himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlar tizimini tashkil etadi. Harbiy xavf potensial manbalari mavjud ekan O‘zbekiston zaruriy etarlilik darajasida davlat mudofaa qudratini mustahkamlashi zarur. Xavf-xatar tug‘ilishi mumkin bo‘lgan sabablar: 

1.                  Dunyoning turli mintaqalarida qurollangan guruhlarning bir joyga to‘planishining

yuqori darajasi;

2.                  Dunyo bo‘yicha siyosiy vaziyatning kuchayishi;

3.                  Alohida davlatlar va davlat bloklarininig o‘z siyosatlarini kuch bilan hal qilishi;

4.                  Ba’zi davlatlarning boshqa mamlakatlar chegarasi yaqinida o‘z qurolli kuchlari guruhlarini kuchaytirishga intilishi;

5.                  Chegaradosh mamlakatlarda yuzaga kelgan siyosiy ahvolning o‘zgaruvchanligi va ularning kuchayishi imkoniyati mavdjudligi;

6.                  Ba’zi bir Davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasidagi malakatlarga o‘z ta’sirini kuchaytirishga intilishi;

7.                  Siyosiy ekstremist guruhlar, noqonuniy-harbiy uyushmalar tomonidan tashkil qilingan terroristik aktlar. Shu bilan birga millatlar orasida buzg‘unchilik siyosatning olib borilish faoliyati.  Xalqning tinch hayoti  va mamlakat havfsizligi kafolati, mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo‘liga qadam qo‘ygan mamlakatmiz mustaqiligini kuriqlaydigan Qurolli Kuchlarimizning tarixiy vazifasi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 — moddasida yozilgan: O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir O‘zbekiston fuqarosning burchidir. Shuning uchun 9 yanvar 2018 yilda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan harbiy Doktrina iqtisod, mintaqa va aholini mudofaa, qilishga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.

Jumladan aholining harbiy tayyorgarligi:

1)                 O‘quv muassasalar va boshqa o‘quv yurtlari, «Vatanparvar» Mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilot (MKT) o‘quv to‘garaklarida, chaqiriqqacha va chaqiriq yoshidagi yoshlarning harbiy tayyorgarlik tizimida;

2)                 Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi davomida; 3) Harbiy litseylar, Respublika fuqarolik oliy o‘quv yurtlarining harbiy fakultet va kafedralarida;

4) Qurolli Kuchlarga tegishli bo‘lgan maxsus to‘zilmalarda.

Mamlakat fuqarolarni Vatan himoyasiga tayyorlash ta’lim-tarbiya tizimining barcha shakllarida olib boriladi.

Vatan, erga bo‘lgan muhabbat – xalqimiz qalbiga singib ketgan, azaliy milliy xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. I.A.Karimov aytib o‘tganlaridek: «Ma’naviyat sohasida eng asosiy vazifamiz insoniy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirish, bolalarimizni ozod demokratik O‘zbekistonning komil o‘g‘il- qizlari qilib tarbiyalashdir».

Tarbiyaning siyosiy, g‘oyaviy, e’tiqodiy, estetik va boshqa turlari har bir O‘zbekistonlikda yangi jamiyatning barkamol avlodi, yuqori ma’naviy — siyosiy xislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda unda mamlakat sarhadlari daxlsizligini ta’minlash borasidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglatishdir.

Davlatimizning asosiy vazifalaridan biri harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodlari va shakllari yordamida inson ongiga har qanday tajovo‘zkorliklarga qarshilik ko‘rsatishda doimiy tayyorlikni shakllantirish, o‘z Vatani himoyasi uchun shaxsiy javobgarlik hissiyoti ruhida tarbiyalashdir.

Talaba — yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasida pedagogika va psixologiya qoidalaridan keng foydalanilanish katta ahamiyat kasb etadi. 

Harbiy ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon bo‘lib, unda asosan quyidagilarini anglash lozim: talaba – yoshlarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish; ularda o‘z Vatanining qurolli himoyachisi uchun zarur shaxsiy xislatlarni tarbiyalash; komil inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish malakalarini rivojlantirish va ular oldida turgan vazifalarni bajarishga va har xil vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga ruhiy tayyorlikni shakllantirish. 

Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy aytgan: «Fan — bu dunyo boyligi. Bilim – insonning oliy va muqaddas yutug‘i. Zero bilish ko‘zgu kabi, bizga dunyoga qarashimizni, intilishlarimizni ko‘rsatadi. Qilich kabi aqlimizni, fikrimizni o‘tkirlaydi».

Ahloqiylik — avvalam bor bu vijdon, vijdoniylik hissi. Bu- ishonch va haqiqatgo‘ylikdir.

Ajdodlarimiz insonni ahloqiy baholash mezonlar majmuini ishlab chiqqan, zamonaviy til bilan aytganda, «Sharqiy ahloq kodeksini” yaratgan. Inson qalbida nonni halol topmayotganlar, insofsizlik, vijdonsizlikka nisbatan qarshilik tug‘ilishi lozim. Faqat bunday  inson o‘z so‘zida turadi, boshqa kimsa haqqiga yomn ko‘z bilan qaramaydi, Vatani va xalqi himoyasi uchun o‘z jonini ayamaydi va aksincha, kazzob mahmadonada vatanparvarlik hissi bo‘lmaydi. Har qanday yovo‘z ish, xudbinlik, yuzqoralik – Vatanga nisbatan xoinlikdir.

Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan xatti-harakat qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarni bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, Vatanga, ona-yurtga bo‘lgan munosabatlarni muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi. 

Axloq – bu jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va o‘z-o‘zlariga munosabatdagi xulq – atvoriga qo‘yiladigan talablar, me’yorlar va qoidalarning yig‘indisi.

Demokratik jamiyatni quruvchisi jamiyat baxt – saodati yo‘lida halol mehnat qilishi, ijtimoiy burchni yuksak darajada anglashi,  ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, oddiylik va kamtarlik kerak, deb ta’kidlangan. Harbiy vatanparvar talaba – yoshlarlarimiz, bir yoqdan, fidokorona ta’lim – tarbiya va chuqur bilim saviyalarini oshirish bilan nimalarga qodir ekanini ko‘rsatsalar, shunigdek xulq – atvor, axloqlari, ma’naviy go‘zalliklari bilan namoyish qilishlari katta ahamiyat kasb etadi.

Ayni zamonda mehnat va ijod maydonining eng og‘ir sohalarida jonbozlik, vatanparvarlik, odamiylik fazilatini ko‘rsatib jamiyat hurmati va muhabbatining qaynoq ilhom manbai bo‘lib qolmoqdalar. Chunki, bizning oldimizda o‘tmishning asoratlaridan ozod bo‘lgan, o‘zining mustaqil fikriga ega, o‘z millati va Vatan manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishga qodir bo‘lgan barkamol vorislarni tarbiyalab etkazish vazifasi turibdi.

 Harbiy vatanparvalik tarbiyasini tashkil qilish uchun tinch va jangovar vaziyatdagi harbiy xizmat sharoitlarida bilishlarning psixologik faoliyatini o‘rganuvchi harbiy psixologiya ham muhim ahamiyatga ega.

Harbiy psixologiya Vatanimiz himoyasi uchun o‘z burchini bajarishga yoshlarni psixologik tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi.

 Psixologik fan inson shaxsiyoti, ichki ma’naviy dunyosi, o‘zini tutish omillari, bir-biridan xususiyati, qiziqishlari bilan farqlanadigan kishilar bilan harbiy vatanparvalik tarbiyasini to‘g‘ri tashkil qilishni yaxshi tushunishga yordam beradi.

 Tarbiyachilarning psixologik fanni yaxshi bilishi, ularga kasbiy tanlov va yuqori sinf o‘quvchilarini harbiy o‘quv yurtlariga kirish va O‘zbekiston Respublikasi turli faoliyatdagi va Qurolli Kuchlarida hizmat qilishga tayyorlash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.

 Yoshlarning harbiy vatanparvalik tarbiyasi, shuningdek zamonaviy urush xususiyati, qurollangan jang vosita va shakllari, qonuniyligi, jangovar harakatlar sharoitlarini ochib beradigan harbiy fan bo‘lib, qoida va xuloslarini hisobga olgan holda tashkil kilinadi. Harbiy fan har bir kishi qanday ma’naviy-siyosiy, psixologik va jangovar xislatlarga ega bo‘lishi, Vatan himoyachisi majburiyatini muvaffaqiyatli bajarini uchun unga qanday bilim, ko‘nikmalar zururligi haqidagi savollarga javob beradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiya ilmiy asoslari, Vatan himoyasiga yoshlarning ma’naviy siyosiy va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha amaliy faoliyatning mazmuni, tashkili, shakl va metodlarini aniqlovchi boshlang‘ich nizomlar, asos soluvchi qoidalar, talablarini bildiradigan prinsiplarda tadbiq qilinadi hamda aniqlashtiriladi.  

 Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi prinsiplari o‘z mohiyatiga ko‘ra ob’ektivdir. Ular haqiqiy holat, real aloqa va munasabatlari aksi, mamlakat mudofaasiga xalqni tayyorlash bo‘yicha davlat va ijtimoiy tashkilotlarni ilmiy asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat ifodasidir.

 

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba