Harbiy xona (o’quv ob’eklari)ni o’quv-texnik ta’minotini, ko’rgazmali va o’quv-texnika vositalarini tayyorlash.

Harbiy xona (o'quv ob'eklari)ni o'quv-texnik ta’minotini, ko'rgazmali va o'quv-texnika vositalarini tayyorlash.

Harbiy xona (o’quv ob’eklari)ni o’quv-texnik ta’minotini, ko’rgazmali va o’quv-texnika vositalarini tayyorlash.

«Darsga o‘quv   moddiy baza va  ta’lim – texnika vositalarini tayyorlash» 

Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda harbiy  rahbarning  o‘quv-moddiy baza va ta’lim texnik  vositalarini tayyorlashi   muxim omillardan  xisoblanadi.  Harbiy xona YOCHQBT  o‘quvmoddiy bazasining  asosiy elementlaridan xisoblanadi. U muntazam ravishda ozoda va tartibli bo‘lishi,    ko‘gazmali    kurollar  o‘z vaqtida yangilanishi va ularning mavzu va mazmuni  yoshlarning  chaqiruvga qadar boshlang‘ich    tayyorgarligi  dasturiga to‘g‘ri    kelishi    kerak.

Xona  katta,  yorug‘ joyda joylashishi   va ikki   o‘rinli stollar, xar bir  talaba uchun alohida stul, harbiy  rahbar uchun stol va sinf yozuv taxtasi bilan jixozlangan  bo‘lishi    kerak.  YOCHQBT dasturining xar bir bo‘limini   asosiy mazmunini  aks etadigan stendlar bilan bezatilishi    kerak.  Priborlar,    ko‘gazmali   qurol  va    kurol-aslaxalardan tashqari  boshqa o‘quv   bumlarini saqlash  uchun harbiy xona yonida o‘quv   priborlari,  buyumlari va    ko‘gazmali    qurollar  o‘quv  dasturining bo‘lim va mavzulari  bo‘yicha tartibga solinadigan, xar bir turiga     muvofiq  alohida to‘plami bilan  tokcha, shkaf  va vitrinalarda joylashadigan laborantlik xonasi    ko‘zda tutilishi    kerak. Xonani  jixozlashda   kinoapparat va    kino  ekrannni joylashtirish masalasi  o‘ylab chiqilishi  lozim. Xonaning     kengligi   unda guruh  navbatchisi majburiyatlarini  amaliy  o‘rganish  uchun  imkoniyat  bersa  o‘quv  joyini jixozlash  mumkin bo‘ladi.

O‘quv  jarayonidagi ko‘gazmali vositalar  quyidagi turda  bo‘lishi  mumkin:

  • buyumlar ko‘rgazmasi  – bu real   qurol  namunalari, FM  priborlari, harbiy  texnika va boshqalar;
  • tasviriy ko‘rgazma  –  bu sxema va plakatlar, rasm va suratlar, ma   ket va modellar, diafilm va o‘quv  kinofilmlari,  mashq   qilish  uchun moslamalar;

-So‘z – obrazli ko‘rgazma  –  bu voqealarni, turli jasoratlarni yorqin tasvirlab  berish, o‘xshatish va  taqqoslashlarni   ishlatish.

Ko‘rgazmali    qurollar maksimal darajada    qisqa va asosiy narsalarni     yoki xodisa moxiyatini ifodalashi,    kerakli   o‘lchov va tushunarli bezakka ega  bo‘lishi va bunda rejalarni    qabul   qilish  psixologiyasining ba’zi bir xususiyatlari e’tiborga olinishi    kerak. Buning barchasini harbiy  xonani jixozlash va darsni  o‘tkazishda e’tiborga olish lozim.

Darslarda    ko‘rgazmali    qurollarni  ishlatishda    quyidagi tavsiyalarga rioya    qilish   shart:

  • ko‘p sonli ko‘gazmali    qurollarga berilib    ketmaslik;
  • birdaniga barcha ko‘gazmali    qurollarni   osib ko‘rsatmasdan ularni materialni bayon etish vaqtida  ko‘rsatish;
  • ko‘gazmali qurollarni ko‘rsatishda ularning mazmunini talabalar  yaxshi anglashlari uchun    kerakli tushuntirishlarni berish;
  • mashg‘ulot o‘tishda    ko‘gazmali    kurollarning turli shakllarini birga    qo‘shish;
  • ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatilgandan   va  talabalar    kuzatib bo‘lishganlaridan  keyin   talabalar  tomonidan    xulosalar     qilinadi. Harbiy  rahbar,  CHQBTO‘ mashg‘ulotdan oldin ularni    ko‘rib  chiqishi,   namoyish  qilish  rejasini tuzishi, ya’ni   ko‘rsatish paytida    kachon va    qanday  izoxlar berish    kerakligi xaqida  fikrlashi kerak bo‘ladi. Bundan so‘ng namoyish etilgan   o‘quv  filmlar  bo‘yicha  talabalar  bilan    qisqacha  suhbat  o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot  rahbarini   mashg‘ulotga  tayyorgarlik ko‘rish jarayonida  hozirgi  kunda  talabalarning texnika taraqqiyotidan  yaxshigina  xabardor  ekanligini, ularning    internet  tizimidan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  ekanligini, ularda  filmlar va  boshqa  manbalar orqali xar  xil  ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z  fikrlari  va  qarashlari  shakllanganligini  e’tiborga  olib  tegishli  xulosalar  chiqargan  xolda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik  ko‘rishi  taqozo etiladi.Harbiy xona vositalarini tayyorlash

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba