Havo mikroflorasi.

Havo mikroflorasi.

Havo mikroflorasi.

Havoga mikroorganizmlar asosan tuproqdan, o‘simlik, hayvon va insonlardan tarqaladi. Tevarak atrofimizdagi havoda ma‘lum miqdorda mikroorganizmlar doimo bo‘ladi. Mikroorganizmlar juda yengil bo‘lganidan havoda chang bilan birga muallaq holatda turaveradi.

Havoda mikroblar ko‘paya olmaydi, chunki namlik, ozuqa yetishmasligi sababli va quyosh nurlari mikroblarga halokatli ta‘sir etadi. Lekin havoda mikroblar hayot qobiliyatini vaqtincha saklab turaveradi. Ba‘zi mikroblar quruqlik va quyosh radiatsiyasi ta‘sirida halok bo‘ladi.

Havo mikroflorasi doimiy bo‘lmay, shu joydagi yer mikroflorasiga, iqlim sharoitiga, yil fasliga va boshqa omillarga qarab o‘zgaradi. Yer yuzidan havoga qancha ko‘p chang ko‘tarilsa, unda mikroblar o‘shancha ko‘p bo‘ladi. Aholi zich yashaydigan joylar va ayniqsa yirik shaharlarning havosida mikroorganizmlar birmuncha ko‘proq, qishloq joylarning havosida esa birmuncha kamroq bo‘ladi. Tog‘ havosida, dengizlar ustidagi havoda, Arktika va Antarktikaning bepoyon muzlari ustidagi havoda mikroblar juda kam. Yuqori tog‘lar cho‘qqilaridagi erimaydigan qor va muz ustidagi havo toza, sterillikka yakinidir.

Havodagi mikroorganizmlar miqdori aholi yashaydigan joylardan uzoqlashgan sayin anchagina kamayib boradi. Mikroorganizmlar soni vertikal bo‘yicha o‘zgaradi, E.N.Mishustinning tadqiqotlari bo‘yicha Moskva ustidagi 1ml havoda 500 m balandlikda 2-3 bakteriya, 1000 m balandlikda 1,5 bakteriyaga to‘g‘ri kelsa, 2000 m balandlikda 0,5 bakteriya to‘g‘ri keladi. Hatto stratosferada, ya‘ni dengiz sathidan 9-11 km balandlikdagi atmosfera qatlamlarida ham mikroorganizmlar topiladi. Lekin stratosferada mikroblar juda kam.

Yashil o‘simliklarning havo mikroflorasiga ta‘siri kattadir. O‘simliklar barglari chang va mikroorganizmlarni uzida tutib qolish qobiliyatiga egadir. Undan tashqari o‘simliklarning fitonsidlari mikroorganizmlarga halokatli ta‘sir ko‘rsatadi.

Qishda havodagi mikroblar yozdagiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Shamol, transport qatnovi havodagi mikroblar miqdorini ko‘paytiradi; yomg‘ir, qor esa havoni mikroorganizmlardan tozalaydi.

Havo mikroflorasi asosan mikrokokklar, sarsinalar, tayoqchasimon bakteriyalar, mog‘or zamburug‘larining sporalari, achitqilar tashkil etadi. Havoda kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar masalan, sil va difteriya tayoqchalari, yiring boylatadigan stafilokokklar, gripp, kuydirgi mikroblari va boshqa bakteriyalar ham bo‘lishi mumkin.

Patogen mikroblar aralashgan havo salomatlik uchun xavfli, chunki yuqumli kasallik mikroblari havo orqali tarqalishi mumkin.

Yopik binolarning havosida mikroblar tashqaridagiga nisbatan hamisha ko‘proq bo‘ladi. Binolarni vaqti-vaqti bilan muntazam ravishda shamollatish, havo tortadigan ventilyasiya o‘rnatish katta ahamiyatga egadir.

Oziq-ovqat bilan ish ko‘riladigan joylarda shuningdek, oziq-ovqat saqlanadigan joylarda havoning namligi va harorati muayyan saqlash bilan birga shu havoni toza tutish ham zarurdir.

Havoni        yuqumsizlantirish       uchun ba‘zi    sanoat korxonalarida,         davolash muassasalarida va sovitkich kameralarida ultrabinafsha nurlar muvaffaqiyat bilan tadbiq etilmoqda. Havoni yana texnik sut kislotasi va uch etilenglikol bilan dezinfeksiya qilinadi.

Havo mikroflorasi  tuproq va suv mikroflorasi bilan bog‘liq, chunki havo bular ustida joylashgan bo‘ladi. Agar tuproqda va suvda mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun sharoit bo‘lsa, havoda mikroorganizmlar ko‘paya olmaydi. Havoga mikroorganizmlar chang bilan birga ko‘tariladi, keyin yana tuproqqa o‘tadi. Havoda oziq moddalar etishmaganda yoki ultrabinafsha nurlar ta‘siridan bakteriyalarning bir qismi nobud bo‘ladi.

Shuning uchun havoda mikroblar soni tuproq va suvdagiga nisabatan kam bo‘ladi.

Havo mikroflorasida kokklar, sarsinalar, tayoqchasimonlar, mog‘or zamburug‘larinnng sporalari, turushlar va boshqa mikroorganizmlar uchraydi. Shahar havosida mikroorganizmlar ko‘p, qishloqlar havosida kam bo‘ladi. Ayniqsa o‘rmonlar, tog‘lar havosi toza bo‘ladi. Yer yuziga yaqin havo tarkibida mikroblar soni ko‘p bo‘lib, yuqoriga ko‘tarilgan sayin kamayib borishini Mishustin kuzatgan. 1m3 havoda 5000—

300000 ga yaqin bakteriya bo‘lishi aniqlangan.

 

Moskva shahri havosi tarkibidagi mikroblar soni

1m3 dagi mikroblar soni Tekshirish uchun olingan havoning  yer yuzidan balandligi, m
5000

3000

1700

6000

510

500

1000

2000

Yozda, bahorda, kuzda mikroorganizmlar ko‘p bo‘lsa, qishda kamayadi. Buni parijlik Mikelya tekshirgan (17-jadval).

Bakteriyalar orasida kasal tug‘diruvchi vakillari ham ko‘p uchraydi: sil tayoqchalari, streptokokklar, gripp viruslari, ko‘kyo‘tal tayoqchasi va boshqalar ana shular jumlasidandir. Gripp, qizamiq, ko‘kyo‘tal faqat havo tomchilari orqali yuqadi, ya‘ni aksirganda mayda aerozol tomchilar o‘zida bakteriyalar tutgan bo‘lib, havoga tarqaladi, atrofdagi odamlar nafas olishi natijasida kasallanadi.

Buning oldini olish maqsadida yashaydigan xonalar havosini doim tozalab turish zarur. Yuzda ko‘chalarga suv sepib, chang ko‘tarilmasligiga, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ahamiyat berish kerak. Ignabargli o‘rmonlarga sayohat qilish odamning salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba