HVT da badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san’atni ahamiyati

HVT da badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san'atni ahamiyati

HVT da badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san’atni ahamiyati.

HVT da san’atni ahamiyati.Mashg‘ulotimizda uchraydigan asosiy terminlar mazmunini tushuntirib o‘tamiz; Adabiyot – yozma asarlar umumiy yig‘indisi.

Badiiy adabiyot – xaqiqiy  xodisalarni obrazlar yordamida tasvirlash (sheriyat, proza, drama)

San’at – xaqiqatni badiiy obrazlarda tasvirlab berish, ijodiy aks ettirish.

Tasviriy san’at – badiiy obrazlarni tekislik va fazoda ifoda etuvchi san’atning umumiy nomi (rassomlik, grafika, xaykaltaroshlik, arxitektura)

Xaykaltaroshlik (skulptura) – kesib, o‘yib, kuyma yo‘li bilan xajmli badiiy asarlar yaratish san’ati.

Teatr – dramatik asarlarni saxnada ijro etish san’ati.

Spektakl – teatrlashtirilgan tomosha.

Shunday qilib umuman adabiyotning va xususan badiiy adabiyotning o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda roli qanday?

HVT da badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san’atni ahamiyati  Adabiyotlar o‘quvchilarni vatanni himoya qilishning ming yillik an’analari haqida  o‘ylashga majbur etadi, Vatanning mustaqilligi uchun tarixiy janglar qaxramonlari bilan faxrlanish xissini uyg‘otadi. Xalqning buyukligini ko‘rsatadi, Vatanni himoya qilishga chorlaydi, dushmanga nafrat uyg‘otadi. Adabiyot o‘quvchilarga Vatan uchun kurash axamiyatini ochib beradi, yoshlarga butun yuragi bilan bu kurash chiroyi va oliyjanobligini ochib beradi. Malika To‘maris, cho‘pon Shiroq, Spitamen, Muqanna, A.Temur, Ulug‘bek, Bobur, S.Raximov, L.Alieva, K.Suyunova obrazlari o‘quvchi yoshlar uchun ma’naviy namuna hisoblanadi. Xalkning o‘z mustaqilligi uchun kurashiga bag‘ishlangan adabiy asarlar o‘quvchilarga urushlarning yuzaga kelishi sabablarini tushunish, O‘zbekiston xalqlarining o‘z mustaqilligi uchun qaxramonona jasoratlari ma’naviy sabablarining chuqur asoslarini tushunishga yordam beradi. Urush xaqidagi bizning asarlarimiz qaxramonlar ma’naviy dunyosini og‘ir sinovlarda ochib beradi, o‘quvchilar ongida  Vatan va butun dunyoda tinchlik himoyachilari namunasini yaratib va o‘rgatib qolishiga intiladi. (Taqlid etish uchun misollar keltiring).

«Menda mujassam hamma yaxshi narsalar uchun, deb yozgan A.M.Gorkiy  — men kitoblar    oldida qarzdorman».

Badiiy adabiyot ikki vazifani bajaradi desak bo‘ladi. Birinchidan o‘rganish bilishni. Kitobni o‘qib yoshlar dunyoni o‘rganadilar, bilimlarini oshiradilar, ular tabiat sirlarini bilib oladilar, xalqlar tarixi ulug‘ligidan xabardor bo‘ladilar.Badiiy adabiyot o‘quvchini ming yillik o‘tmishga va kelajakka olib o‘tishi mumkin. Uning ulug‘ qadr qimmati ana shundadir.

Ikkinchidan tarbiyaviy. U o‘z sevimli qaxramonlari bilan qo‘shilib birlashib ketadi, xuddi ularning xayoti, fikri, jasorati harakatlari bilan yashay boshlayotgandek bo‘ladi. Kitob qaxramonlari o‘quvchilar qalbida chuqur iz qoldiradi. o‘quvchi ,ayniqsa, yoshlar   o‘z qaxramoniga o‘xshashni xoxlaydi, undan ibrat olish, uning qaxramonliklarini qaytarishni orzu qiladilar, Albatta shu bilan maqsadga muvofiq va ancha foydali tarbiyaviy  beradi. Bunda gap vatanparvarlik ruxida yozilgan, Vatanga muhabbat xaqidagi fikr ifodalangan, uni himoya qilish, o‘z xalqi qaxramonona tarixi, uning madaniyati, turmushi, odatlari va ajdodlari buyuk jasoratlari haqida yozilgan kitoblar nazarda tutiladi.

Badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san’at fashizmga qarshi kurashda o‘zining qimmatli rolini o‘ynaydi. Ular xalqning ma’naviy ruxini ko‘tardi, ayniqsa urushning boshlanishi davrida.

Vatan himoyasiga qaratilgan plakatlarga xayajonlanmay qarab bo‘lmasdi. Radio orqali so‘zlarni eshitishlari bilan odamlar ko‘zidan ko‘z yoshi qalqib chiqar edi. Buyuk yozuvchilar  shunday asarlar yaratdilar! «Tiriklar va o‘liklar»,  «Ular Vatan uchun jang qilganlar», «Dushman orqasidagi urush» va ko‘plab shunga o‘xshashlar.

Kinomatografiya juda keskin ravishda ildamlab ketdi. Ekranlarda o‘lmas nodir asarlar yaratildi: «Ular vatanni himoya qiladilar», «Soat yarim kechada to‘xtadi», «Farxodning jasorati», «26 chisi otilmasin» va boshqalar. Harbiy yozuvchilarning ko‘pgina asarlari ekranlashtirildi. Teatr saxnalarida harbiy mavzu ustun turdi. Boshqacha qilib aytganda butun ijodiy ziyolilar fashizmga qarshi umumxalq kurashiga qo‘shildilar. Shuni aytish kerakki u o‘z burchini sharaf bilan bajardi va dushman ustidan g‘alaba uchun o‘z xissasini qo‘shdi. U buyuk qaxramonlik ko‘rsatdi. Bu buyuk qaxramonlik nimadan iborat?.

Birinchidan, asosiysi, ular g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustaxkamlaydi. Vatan uchun eng qiyin damlarda ruxan tushmaslikka, oxirgi tomchi qoni qolguncha erning har bir qarichini himoya qilishga chaqiradi, ularning kitoblari, she’r, kinofilmlari, plakatlari, asarlari er yuzida xayot uchun jangga chorlaydi, shavqatsiz, qonli lekin zarur bo‘lgan jangga chorlaydi. Ular  xalqqga eng qiyin onlarda yordamga keldilar. Ko‘pgina yozuvchilar o‘z asarlarini bevosita front chizig‘ida yaratdilar. Qalam va qog‘oz bilan ular jangchilar bilan bir safda xujumlarda ishtiok etdilar.

Bugungi kunda odamlar ular yordamida urush qanday daxshatli bo‘lganini, u va bu tomondan qanchalar xayotlarni olib ketganini, Evropa xalqlariga behisob ofatlar olib kelganini bilib oladilar, Bugungi kunda hujjatli kadrlar o‘ta daxshatli kunlarni odamlar yodiga solib «Odamlar xushyor bo‘linglar» deb xitob qiladi.

Ko‘pgina konsert brigadalari doim front chizig‘ida bo‘ldilar. Ko‘pincha to‘g‘ri  kelgan joyda, odatda avtomashina kuzovi saxna sifatida xizmat qilib konsert qo‘yilardi. Bu jangchilarni ruxlantirar, g‘alabaga ishonchini oshirar edi. Bu damlarda har bir jangchi o‘z xayollariga berilar edi: oilasi, bolalari, ona eri, do‘stlari, endi xech qachon yonida bo‘lmaydigan safdoshlari haqida o‘ylar edilar. Ana shunday damlarda hammaning orzusi bitta edi: tezroq dushmanni engib o‘z uyiga qaytish.

Ikkinchidan, ijodkor ziyolilar xalqqa bu shavqatsiz kurash haqida xaqiqatni etkazar edilar. Xaqiqat shundan iborat ediki fashist Germaniyasi o‘z oldiga butun-butun xalqlarni yo‘q qilib tashlashni, bosqinchilikni maqsad maqsad qilib olgan edi. Xaqiqat shundan iborat ediki, xalq bilar va muqaddas jangda yosh va qari ishtirok etardi. Va nixoyat ular ertami kechmi g‘alaba  qilishlariga ishonar edilar.

Uchinchidan, ijodkor ziyolilar urush zaxmatkashlari- jangchilarning qaxramonliklarini yorqin ko‘rsatib berar edilar. G‘arb mamalakatlari o‘zlari guvoxi bo‘lib ulug‘ jangning asosiy og‘irligi xalq va uning armiyasi elkasida ekaniga ishondilar. Ijodkor ziyolilar bularni butun jaxonga ko‘rsatib bera oldilar.

Va nixoyat to‘rtinchidan ijodkor ziyolilar jangchilarda Vatanga muhabbat, bosqinchilikka nafrat, botirlik, madlik, jasorat, o‘z qasamyodiga, bayrog‘i, quroldosh do‘stlariga sodiqlik kabi sifatlarni tarbiyalash, g‘alaba uchun o‘z jonini ayamaslikni tarbiyalaydi.

Jangchilarning bu sifatlari romanlar, kinofilmlarda, pesalarda asosiy mavzu qilib ko‘rsatildi. Shu tariqa ijodkor ziyolilar ikkinchi Jahon urushi davrida fashizm ustidan g‘alaba qilishda o‘z xissalarini qo‘shdilar. Yozuvchilar, rassomlar, kino ustalari, jurnalistlar, artistlar, xonandalar — hammalari bir bo‘lib Vatan himoyasiga shaylandilar, o‘z ijodlari bilan ular xalqni Vatan himoyasi uchun kurashga, g‘alabaga chaqirdilar. Hozirgi davrga kelib badiiy adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’atning roli ancha o‘sdi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ularning ahamiyati o‘sishiga sabab bo‘ldi. Bu sharoitda tarbiyaviy jarayonning bir qator masalalarini qayta ko‘rib chiqish sharti yuzaga keldi.O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida badiiy asarlar, kino, teatr, tasviriy san’at roli va vazifasi o‘zgarmay qoldi.

Gap bu jarayon shakli va uslublarini qayta ko‘rib chiqish (tashkil etish) haqida boradi. Xususan hozirgi davr bosqichida o‘zbek klassikasiga e’tiborni qaratish zarur. Albatta bu tarbiyaviy jarayondan jaxon, rus klassikasini chiqarib tashlash kerak degani emas. Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar o‘zbek klassikasi ikkinchi o‘rinda turib, rus klassikasi ustunlik qilar edi. Shu tartibda butun avlodlar tarbiyalandi, ta’lim oldi, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari  yoqlandi. Hozirga kelib o‘quvchilarni ko‘proq o‘zbek yozuvchilari asarlari bilan tanishtirish zarur, tarbiyaviy jarayon uchun bunda juda ko‘p imkoniyatlar bor. Beruniy, Navoiy,Bobur, G‘ofur G‘ulom, Oybek Sh.Rashidov va boshqalar.

Bunda asosiy rolni harbiy rahbarlar, maktab kutubxonasi xodimlari, o‘qituvchilar, ayniqsa adabiyot o‘qituvchilari bajarishlari zarur, o‘quv dasturi bo‘yicha o‘rganiladigan asarlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish zarur.

Maktab kutubxonalarida vatanparvarlik yo‘nalishidagi badiiy adabiyotlar maxsus stendi bo‘lishi kerak. Tarbiya shakli turlicha bo‘lishi mumkin: Bu eng avval o‘quvchilarning o‘zlari badiiy adabiyot o‘qishlaridir. Bu eng asosiysi. Lekin shu bilan tarbiya jarayoni to‘xtab qolishi kerak emas. Kitobni jamoa o‘rtasida muloxaza qilish, kitob muallifi bilan uchrashuv tashkil etish, uning Kaxramoni bilan so’hbatlar tashkil etish, bir so‘z bilan aytganda bu ishga ijodiy qarash kerak. Hozirgi kunda ko‘pgina oilalar aytarli katta kutubxonaga ega. Axoli qo‘lida juda katta miqdordagi bidiiy asarlar bor. Harbiy rahbar, o‘qituvchining burchi tarbiyalanuvchilar qanday kitoblarni o‘qishlari bilan qiziqishdir, maslaxat berish, ota-onalari roziligi bilan ular kitob almashtirishlariga yordam berish. Ko‘rib turibsizki o‘sib kelayotgan avlod uchun faoliyat imkoniyatlari juda keng. Yoshlar hozirgi kunda juda ko‘p g‘arbning ko‘ngilochar, ular tarbiyasini buzuvchi kitoblarni o‘qiydilar. Bu ular tarbiyasiga tuzatib bo‘lmas zarar etkazadi. Shuning uchun harbiy rahbarning, o‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchilarga kitob tanlashda yordam berishdan iborat. Bundan tashqari yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalovchi kitoblar kutubxonalarda etarli ekani bilan qiziqib turish zarur. Albatta bunda maktab kutubxonasi xodimlari mas’uliyati katta bo‘ladi. Ular faqatgina texnik xodim sifatida emas yoshlarga qaysi kitobni o‘qishni tavsiya eta bila oladigan bilimdon tarbiyachi bo‘lishlari zarur.

Bolalar o‘qigan har bir kitob ular ko‘nglida yaxshi iz qoldirishi, uni tarbiyalashi kerak. Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash ishida ko‘pgina xalqlarning, fashizm tanqidchilarining ikkinchi Jaxon urushi haqida yozilgan  asarlar to‘plashlari qimmatli axamiyatga ega.

Ulardan ko‘plari bugungi kunda klassik asarlar tarkibini tashkil etadi.

Albatta, biror kitobni turli yoshdagi o‘quvchilarga tavsiya etib bo‘lmaydi. Bu masalaga katta e’tibor berish zarur. Aytaylik 4-5 sinf o‘quvchilariga murakkab klassik asarlarni o‘qishga tavsiya etish albatta to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu asarlar faqat katta sinf o‘quvchilariga tavsiya etilishi mumkin. Shunisi aniqki o‘quvchilar faqatgina klassikani o‘qishlari kerak emas, ayniqsa 3-5 sinf bolalari. Shu sababli kitoblar turlari keng bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan faqatgina vatanparvarlikni tarbiyalovchi kitoblarni tavsiya qilish ham  mumkin emas, chunki bu juda zerikarli bo‘lishi aniq. Bunday yondoshish yoshlar tarbiyasiga tuzatib bo‘lmas zarar etkazishi mumkin. Demak badiiy asarlar mavzulari turli tuman bo‘lishi kerak. o‘quvchida vatanparvarlikni tarbiyalovchi kitoblar bilan bir qatorda texnik adabiyotlar, detektiv asarlar, fantastik kitoblar bo‘lishi foyda keltiradi. Bunday kitoblarni shubxasiz o‘quvchilarga tavsiya qilish mumkin. Chunki detektiv va fantastik asarlarda ham  foydali tarbiyaviy jixatlar kam emas. Masalan Jul Vern asarlari yoshlarda Vatanga muhabbat, mardlik, jasoratni tarbiyalamaydimi? Albatta tarbiyalaydi. Xatto xajviy kitoblar ham  tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu erda o‘lmas Xo‘ja Nasriddin va uning Buxorodagi  sarguzashtlarini esga olmay bo‘lmaydi.HVTda san’atni ahamiyati

Bu aytib o‘tilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, har bir badiiy adabiyot o‘z tarbiyaviy rolini quyidagi hollardagina to‘la bajara oladi:

  1. Bu jarayonni harbiy rahbar, o‘qituvchi, maktab kutubxonasi xodimi boshqarib borsalar. Bu jarayonni o‘z xoliga tashlab qo‘yish mumkin emas, tarbiyalanuvchilar nimani o‘qiyotganlari bilan doimiy qiziqib turish – o‘qituvchining burchidir.
  2. Tarbiyaning turli shakllaridan foydalanish zarur (o‘quvchilar o‘zlari kitob o‘qishlaridan tashqari) o‘quvchilar konferensiyalari, o‘qib chiqilgan kitoblarni muxokama qilish, kitob mualliflari, hujjatli asar qaxramonlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va shu kabilar.
  3. o‘quvchilarga faqatgina vatanparvarlikni tarbiyalash yo‘nalishidagi kitoblarni tavsiya qilish mumkin emas. Bu ularni zeriktirib qo‘yishi va bu mavzuga qiziqishlarini yo‘qotishi mumkin. Kitob o‘qish- dam olishdan majburlash, qiynoqqa aylanadi. Bu xolda biz tarbiyadan ko‘ra teskari natija olishimiz mumkin. Tavsiya etilgan mavzular turli xil bo‘lishi kerak. Har bir kitobda tarbiyaviy tomonlari borligini esda tutish kerak.

Birinchi navbatda yoshlarni o‘z xalqimiz yozuvchilarining asarlari bilan tarbiyalashimiz zarur. o‘zbek klassikasidan keng foydalanish kerak. Chet el adabiyotini tavsiya etishdan qo‘rqish kerak emas. Har doim shuni esada tutish kerakki, aynan siz tavsiya etayapsiz. Bunda ma’no va mazmun muxim, shakli emas.

Kino ham  katta tarbiyaviy kuchga ega. Kinoning imkoniyatlari cheksizdir: u respublikamizning hamma erida mavjud. Uning har bir yoshdagi insonlar uchun imkoniyati bor, ko‘p vaqt sarflashni talab qilmaydi 1,5 – 2 soat  (400-500 betli kitobni o‘qish uchun o‘rtacha 5-7 kun kerak bo‘ladi). Kino yordamida tarbiyalash formalari ham  unchalik murakkab emas. Bular jamoa bo‘lib kinoga borish (madaniy tashrif), tomosha qilingan filmni  muxokama qilish, shu mavzuda insho yozish, aktyorlar, film qaxramonlari bilan uchrashuvlar va shu kabi. Va yana o‘sha ilgarigi xulosa: xech qanday uslubda ham   ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Tarbiyachilar hozirgi vaqtda har bir oilada televizor borligini e’tiborga olishlari muxim. Har kuni televizor orqali filmlar namoyish etiladi. Tarbiyachilar o‘quvchilar nimalarni ko‘ryaptilar, ularga ko‘proq nimalar yoqishi, nimalarga ko‘proq qiziqishlarini bilib borishlari kerak. Bu masalalarni erkin formada muxokamaga olib chiqish zarur keskin savollardan qochish, ularga javob bermaslik kerak emas.

o‘quvchilarga tasviriy san’at, rassomchilik, grafika, xaykaltaroshlik, arxitektura ham  katta ma’naviy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston ko‘p asrlik  tarixida juda ko‘plab takrorlanmas, ajoyib tasviriy san’at nodir asarlari yaratilgan. Ulardan harbiy- vatanparvarlik tarbiyasida foydalanish – har bir harbiy rahbar, tarbiyachilar burchidir, o‘zbek xalqi yaratgan va milliy iftixorimiz bo‘lgan nodir tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash bizning ma’naviy madaniyatimizning muxim qismini tashkil etadi. Lekin biz faqatgina miliy boyligimizni aniqlabgina qolmay va balki yangi san’at asarlarini yaratishimiz kerak». Bunga misol qilib Amir Temur xaykalini, muzeyini ko‘rsatishimiz mumkin.

U bir qo‘li bilan jaxli chiqqan ot jilovini ushlab turgan bo‘lsa , ikkinchi, oldinga ko‘tarilgan qurolsiz qo‘li bilan «Kuch xaqiqatda» tamoilini shior qilib kursatib dunyo xalqlariga tinchlik va xotirjamlik tilaydi.HVT da badiiy adabiyot, kino, teatr va tasviriy san’atni ahamiyati

Yoki Toshkent aeroport binosidagi A.Navoiyning «Farxod va Shirin» asari bo‘yicha devordagi naqshlarni olaylik. Farxod obrazi bizning erkaklarimiz mexnatsevarligi va jasoratini  ifoda etadi, Shirin obrazi esa – ayol sadoqati, uning go‘zalligini namoyon etadi.

Shu kabi asarlar juda ko‘p va ulardan yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash uchun foydalanish zarur.HVTda san’atni ahamiyati

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba