HVT mavzusidagi ma’ruza, referat va dokladlarga qo‘yilgan talablar.

HVT mavzusidagi ma'ruza, referat va dokladlarga qo‘yilgan talablar.

HVT mavzusidagi ma’ruza, referat va dokladlarga qo‘yilgan talablar.

HVT mavzusidagi ma’ruza, referat va dokladlarga qo‘yilgan talablar.  Ma’ruza – og‘zaki so‘zga chiqishning o‘ziga xos turi bo‘lib, o‘quvchilar ta’limtarbiyasining shakllaridan biri sifatida yoshlar bilan muloqotning tajribada sinalgan vositasi hisoblanadi.

Ma’ruza – o‘quv-tarbiyaviy ishlarning davriy uslubi bo‘lib, o‘quvchilar ongiga o‘z ta’sirini ta’minlaydi. Ma’ruza ko‘proq maktab va kollejlarda qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, o‘quvchilarga mazmun jihatidan murakkab bo‘lgan axborotni etkazishda, keyinchalik uni chuqurlashtirishda turli o‘quv faoliyatida, mashg‘ulotlarda ularni to‘ldirib borishda qo‘llanishi ham mumkin. Ma’ruza – bir manbaani gapirib berish emas, balki turli ma’lumotlarni tahlil qilish demakdir. Ma’ruzachi o‘z qarashlarini bayon etgan olimlar, adabiyotshunoslar g‘oyasining hamfikrli ifoda etuvchi sifatida so‘zga chiqadi.

Ma’ruzada o‘rganilayotgan mavzuga ma’ruzachining munosabati hamda shaxsiy mavqei ko‘rinib turishi kerak.

Harbiy vatanparvarlik mavzusi bo‘yicha ma’ruzaning o‘ziga xosligi mavzuning tabiatda, ma’lumotlarni etkazib berish shaklida, uslubiy usullarda, uning tuzilishi mantiqiyligida, ilmiy va g‘oyaviy ma’lumotlarning hajmida, o‘quvchilarda Vatan himoyasiga tayyorgarlikni shakllantirish imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi.

Harbiy vatanparvarlik mavzusi bo‘yicha ma’ruza talabalarda armiya va Vatan himoyasi to‘g‘risida bilimlar tizimini, dunyoqarashni shakllantiradi, ularni o‘z e’tiqodini himoya qilish, tasavvurdagi raqib bilan baxslashish, asoslarni keltirish malakalari bilan qurollantiradi.

Ma’ruzani ishlab chiqish, mavzuni ifodalab berishdan boshlanadi. Ma’ruzalarni o‘qish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, «armiyada xizmat qilishning fazilatlari nimadan iborat?», «Vatan himoyachisi qanday bo‘lishi kerak?», «Qahramonlik ko‘rsatishga tayyormisiz?» kabi mavzular o‘zining ommabopligi bilan diqqatga sazovordir. Ma’ruzalarni o‘qish ishlab chiqishda muhim omil bo‘lib, maqsadlarni (ta’lim – tarbiyaviy, o‘stiradigan) to‘g‘ri qo‘shish hisoblanadi.

Maqsad – bu o‘quvchilar ongidagi, bilimlaridagi ma’ruzachi etkazmoqchi bo‘lgan o‘zgarishlardir. Bu bilan maqsadni amalga oshirish uchun muvofiq keladigan vositalarini tanlash aniqlanadi.

Ma’ruza     maqsadni     aniqlashda     faqat     ma’ruzaning     xususiyatini     emas,  balki tinglovchilarning tabiatini ham hisobga olish zarurdir. Ma’ruza maqsadi aniqlangandan so‘ngina uning rejasini to‘zishga o‘tiladi. Reja o‘quvchilarning diqqatini mavzuning asosiy savollarida jamlash, mantiqiy bo‘lish kerak. Reja ma’ruzaga tayyorlanishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan uslub bo‘lib, nazariy, taxliliy, baholash, haqiqiy ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash uslubi hisoblanadi. Uning manbai hisoblangan mumtoz yozuvchilarning asarlari, ilmiy nashrlar, badiiy asarlar, turli shaxsiy ko‘zatuvlar va taasurotlar hisoblanadi. Ushbu ko‘zatuvlar manba bo‘lib, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammosi, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash haqida maxsus ilmiy ishlar uchun xizmat qiladi.HVT mavzusidagi ma’ruza, referat va dokladlarga qo‘yilgan talablar.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba