Izquvarlik ishlarini olib borish. O’lka tarixini o’rganish.

Izquvarlik ishlarini olib borish. O'lka tarixini o'rganish.

Izquvarlik ishlarini olib borish. O’lka tarixini o’rganish.

Muzey qaysidir ma’noda har bir millatning, mamlakatning tarixi, madaniy-ma’naviy merosini aks ettiruvchi ko‘zgudir. Yaxshi bilamiz, milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari buyuk mutafakkir merosdan oziqlanidi. Dunyoga dong‘i ketgan shundayin buyuklarimiz borki, ular nafaqat yurtimiz, balki dunyo xalqlari ma’naviyati, taraqiyoti, jahon ilm-fani, madaniyati ravnaqi uchun ulkan xizmat qilishgan. SHuning uchun hali-hano’z buyuk ajdodlarimiz meroslarini o‘zga yurtlarda ham asrab-avaylab, o‘rganishmoqda. Xatto, boshqa mamlakatlar muzeylarida ular qoldirgan boy merosni ko‘z-ko‘z qilishmoqda. Ha, buyuklarimiz qoldirishgan ma’naviy xazini negizidan hali ko‘p-ko‘p gavharlar terishadi.

Muzeylarning madaniy-ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni borasida fikirlashsak, ma’lumki, muzey deganda tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-ma’rifiy muassasa tushiniladi. Mutaxassislarining guvohlik berishicha, qadimda muzeylar tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarning memorial guvohnoma va estetik qimmatli narsa sifatida saqlanishi asosida yuzaga kelgan. Bunda miloddan avvalgi o‘n oltinchi asrdagi Kritdagi Knos Saroy xazinasi, miloddan avvalgi o‘n uch-un ikkinchi asrlarga taalluqli Vanlar saroyi va ink kohinlari arxivini qo‘shish mumkin.

Mamlakatimizda o‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmida muzey tashkil eila boshlagan. Bugungi kunda O‘zbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston san’at muzeyi, O‘zbekiston xalqlar madaniyati va san’ati tarixi muzey iva san’ati tarixi muzeyi mamlakatimizdagi eng yirik anna shundayin muassasalardan sanaladi.

Muzey haqida Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yoshlarimiz kelishsin, ko‘rishsin, qanday mashhur ajdodlari, zamondoshlari borligini bilishsin, ular bilan faxrlanishni, g‘ururlanishni o‘rgansin. O‘z o‘tmishini ulug‘laydigan, bugunini e’zozlaydigan millatning ertangi kuni hamisha porloq bo‘ladi». Mana, muzeylarimizning yosh avlodini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni, ahamiyati beqiyosdir.

Shuni e’tirof etish joizki, yurtimizning har bir go‘shasidagi katayu kichik muzey millatimizning, xalqimizning yuksak dahosidan so‘zlaydi. Mamlakatimizdagi har bir muzeyda o‘zligimizga, boy tariximiz, ma’naviyatimizga xos boyliklarning, noyob eksponatlarning guvohi bo‘lasiz.

Muzeylar sohasidagi siysatni amalga oshirish, bu borada xalqaro aloqalarni, o‘zaro samarali hamkorliklarni kengaytirish, O‘zbekiston va xorijda kenng ko‘rgazmalar o‘tkazish yo‘li bilan mamlakatimizning boy tarixi, ma’naviyati, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarimizga zamonaviy texnik vositalarni jalb etish hozirgi kunning dolzarb vazifalardan biridir.Izquvarlik ishlarini olib borish. O’lka tarixini o’rganish.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba