Jamoa tarkibida teatr, tasviriy san’at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish.

Jamoa tarkibida teatr, tasviriy san'at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish.

Jamoa tarkibida teatr, tasviriy san’at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish.

san’at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish.  Film mavzusi tanlangandan so‘ng sinf rahbari harbiy rahbar bilan birgalikda kino teatrga borish rejasini tuzadilar. Rejada quyidagilarni ifoda etish maqsadga muvofiqdir:

  1. Kinoteatrga borishni tashkil etishga kim javobgar shaxs etib tayinlanadi.
  2. Kinoteatrga borishni tashkil etishda o‘quvchilar yoshiga qarab guruxlar tashkil etish.
  3. Tashkilotchi tomonidan filmni shaxsan ko‘rib chiqish
  4. Tashkilotchi tomonidan film mazmunini taxlil qilish.
  5. O‘quvchilarga kinoteatrga borish kuni va film nomini ma’lum qilish.
  6. O‘quvchilarni muvzu bo‘yicha badiiy manbalar va tarixiy ma’lumotlar bilan tanishtirish, o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan muammolarni o‘rganish.
  7. Bilet sotib olish (kuni)
  8. Harakatlanish transporti, marshrutini aniqlash, (kinoteatrga jo‘nab ketish tartibi) extiyotkorlik choralarini ishlab chiqish va ular bilan o‘quvchilarni tanishtirish.

Kinofilmni tomosha qilishdan avval rahbar o‘quvchilarga kerakli bilimlarni ma’lum qiladi. ya’ni hamma kirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi, faqat shundan so‘ng kinofilm tomosha qilinadi. Kinofilmni tomosha qilgandan keyin uning asosiy muammolari, tarbiyaviy va o‘rganish mazmunidagi qiziqarli masalalarni muxokama qilishni tashkil etish zarur. Kinofilmni muxokama etish turli yo‘llarini taklif etish mumkin.

Maktabda filmlar namoyish etishda tarbiyachilar ularni tanlab olish bilan shug‘ullanishlari kerak, Kinofilmlarni namoyish etishni rejalashtirishda ko‘llanmalardan foydalanishlari kerak. Har bir film yaratilgan yili, kinostudiyasi, necha qismdan iboratligi yozib qo‘yiladi, hujjatli va ilmiy ommabop filmlarga ular mavzusi va mazmuni qisqacha aytib o‘tiladi. Hujjatli, ilmiy-ommabop va o‘quv filmlardan leksiyalar,tematik so’hbat uchrashuvlari, kinokechalar va yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda keng foydalanish tavsiya etiladi. Maktabda namoyish etiladigan badiiy filmlar mavzulari turlicha bo‘lishi kerak. G‘arb filmlarini namoyish etishdan qo‘rqish kerak emas Albatta ular yoshlar ko‘ngliga yorug‘lik bilim olib kelishi kerak, ya’ni ular:

  1. Zo‘ravonlik, shavqatsizlik, bir millatni ikkinchi millatdan ustunligini tashviqot qilmasligi kerak.
  2. Siyosiy masalalarga erishish vositasi qilib urushni tashviqot qilmasligi kerak,
  3. Fashzm va buyuk davlat shovinizmini tashviqot qtlmasligi. tarbiyachi senzurani qo‘llamay o‘quvchilarga qaysi filmlarni ko‘rsatishni, filmlar ular ko‘nglida qanday iz qoldirishini bilishi shart va majburdir.
  4. Jamoa bo‘lib teatr, ko‘rgazmalarga borishni tashkil etish, o‘qish uchun adabiyotlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar.

Jamoa bo‘lib kino, teatrlarga borishlari boshqa harbiy-vatanparvarlikda tarbiyalash usullari bilan birgalikda olib borilishi xizmatga chaqmiriladigan yoshlar tarbiyasiga samarali yordam beradi. Yigitlar o‘zlarini ekranda ko‘rsatilayotgan xodisalar qaxramonlaridek xis etib, beixtiyor film, spektaklda yoqib qolgan qaxramonlariga taqlid qilishga intiladilar.

Badiiy, harbiy-vatanparvarlik film va spektaklllarni yoshlar bilan ofitserlar uyida, madaniyat saroylarida, ommaviy-mudofaa ishlari oyligi kunlarida jamoa bo‘lib tomosha kilishni tashkil etish kerak. Jamoa bo‘lib harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi film, spektakllarni  tomosha qilish asosan sinf rahbariga yuklatiladi. bu ishlarni amalga oshirishda sinf rahbari sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, hamda harbiy rahbar yordamiga tayanadi.Jamoa tarkibida teatr, tasviriy san’at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish.

Kinoteatrlarga borishda avval kinofilm tanlashga e’tibor berish kerak. Film mazmuni o‘quvchilar o‘rganayotgan ChXT dasturi bilan bog‘liq bo‘lishi, va boshqa umumta’lim darslari bilan mos kelishi zarur. Kinofilmlar o‘quvchilar bilimini to‘ldiradi, ularga ma’lum darajada tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. san’at ko‘rgazmalariga tashrif buyurish.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba