Munadarija
Jangovarlikning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
Jangovarlikning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati. O‘zbekisyun Qurolli Kuchlari xalqning ajralmas qismidir. Ko‘p asrlik tariximiz davomida yuzaga kelgan, eng yaxshi jangovar va mehnat an’analarimiz o‘zining boy ma’naviy kuchini yo‘qotgani yo‘q. Uning ma’naviy imkoniyatlari juda ham yuqoridir, hamda hozirgacha qadrlanib kelinmoqda. U chuqur manbalarga ega.Jangovarlikning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati
Bo‘yin egmas So‘g‘diyona va Baqtriya, Maroqanda va Xorazmshox, xalq ozodligi uchun cho‘ldagi Shiroqning jasorati (eramizdan avvalgi I asr, Doro I) va Spitamen ko‘zg‘oloni (324 –
327 eramizdan avvalgi yillar) yo‘lboshchilari A.Makedonskiy, Abruy (VI asr 80 – yillari Turkistonga qarshi), Muqanna (VIII asr 70 yil arablarga qarshi) lar unugilmas jasorat ko‘rsatganlar.
Ulug‘ sarkardalar Amir Temur (1336 – 1405) va uning avlodlari. Bobur (buyuk mo‘g‘illar sulolasining asoschisi XV – XVI asr) – bularning hammasi tarixdan bizgacha etib kelgan hamda ma’naviy meros bo‘lib qolgan milliy qadriyatlarimiz, ya’ni ma’naviy – ma’rifiy boyligimizdir. Ulug‘ ajdodlarimiz Beruniy (olim 973 –1050y), Al – Xorazmiy (matematik, geograf, tarixchi 780 – 847 y), Ibn – Sino (Aviatsenna, meditsina, asgronomiya, geologiya 980 – 1037 y), imom Buxoriy, Axmad Yassaviy, Ulugbek (asrologiya maktabi, davlat arbobi 1394 – 1449 y) kabi olimlarimizning xotirasi bir umr mangu bo‘lib, insonlar qalbidan ijobiy o‘rinlarni egallab qolgandir.
Ikkinchi Jaxon urushi frontlarida O‘zbekistonlik jangchilar ulug‘ajdodlarimiz an’analariga munosib tarzda mardlik ko‘rsatdilar.
Masalan bulardan Sobir Raximov, Axmadjon Qurbonov, Toshtemir Rustamov, Qudrat Suyunov, Elena Stempkovskaya. Voldemar Mayapidni va boshqa ko‘pgina jangchilarimiz va boshqalar ona Vatanimizni himoya qilib qahramonlik ko‘rsatdilar.
120 mingdan ko‘proq yurtdoshlarimiz orden va medallar bilan mukofotlanganlar. Ulardan 300 dan ko‘progi Sovet Ittifoki Qahramoni degan nomga, 58 jangchi esa 3 – darajali shuhrat ordeniga sazovor bo‘lganlar.
Jang maydonlarida o‘z Vatani uchun jon berib, qahramonlarcha himoya qilgan, mamlakat ichkarisida talabga o‘z mehnati bilan hissa qo‘shganliklarini har doim xotiramizda saqlaymiz. “Er yuzida hayog ekanmiz qahramonlarimiz mardliklari, ularning xotarasi oldida bosh egamiz”. I.A.Karimov. Oliy Majlis 2 – sessiya 3 may 1998 y.
Yoshlarni xalqimizning jangovar va mehnat an’analariga tayangan holdatarbiyalash –o‘quv yurtimizolib boradigan ishlarning bir yo‘nalishidir.
An’ana – bu avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan e’tiborga loyiq, mavjud ijgimoiy, iqtisodiy munosabat, jamiyatning ijtimoiy – siyosiy tizimi bilan bog‘lik. Insonlar ongida ma’lum bir davr ichida singib ketgan va ularning hayotda doim uchrab turadigan ishlab chiqarish usul va uslublari hamda ustun turuvchi siyosiy onglari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Qisqa qilib aytganda an’ana – bu bir avloddan ikkinchi avlodga o‘tgan avvalgi avloddan meros bo‘lib qolgan milliy va umuminsoniy kadriyatlarimizdan biridir.O‘zbek xalqining an’anapariga O‘zbekistonga, uning eriga, tabiati, insonlariga bo‘lgan muhabbat, Vatanimiz an’analari, madaniyati, tarixini bilishga intilish. Respublikamiz erishgan yutuqlari va qudratidan faxrlanish va boshqalar kiradi. Yoshlarga tarbiya berishda avlod – ajdodlarimiz to‘plagan tajribalariga asoslangan holda ish olib boriladi.
An’analar xalqning aniq tarixiy asosi bilan belgilanadi, ularni o‘z – o‘zidan bir xalqdan olib ikkinchi xalqqa singdirib bo‘lmaydi. Har bir xalqning, bir millatning o‘z an’analari mavjuddir. Ularning ba’zilarida umumiylik ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Jangovar an’analar ko‘p davlatlar armiyalarida harbiy bilimni egallash, o‘z kasbini sevish kabi mehnat an’analaridan iboratdir.
Shunday an’analari ham borki, ular faqatgina shu xalqqa, millat yoki mintaqaga mansubdir. Misoldagi o‘zbek an’ana va odatlarida xalq qalbi va tabiati o‘zining so‘nmas aksini topadi: mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, mexribonlik, kattalarga hurmat, bolajonlik, tabiatni sevish va do‘stlik.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimizning barcha qadriyatlari qayta tiklandi. Shu sababli ham yoshlarimiz o‘zlari istiqomat qilayotgan yurtning an’ana hamda odatlarini bilishlari shart.
Misol uchun, o‘zbeklarning mehmondo‘stligi asosida insonni chuqur hurmat qilish yotibdi. Uyga mehmon kelsa, mezbon uydagi bor narsani ayamaydi, mehmonlik hurmatini bajo keltirishlikni o‘zining burchi deb biladi. Ana shu fikrlarga dalil sifatida quyidagi bir necha o‘zbek xalq makollarini keltirishimiz mumkin. Masalan: «Mehmon otangdek ulug‘», «Uyingda mehmon bo‘lsa, sen mushukni ham haydama, mehmon buni o‘z sha’niga aytilayapti deb tushuntirish mumkin», «Uyingda noning bo‘lmasa, uni shirin so‘z almashtirsin», «Mehmonni ketmasin desang, oshni olib kelmay tur». Chunki O‘zbekistonda oshdan oldin turish behurmatligi hammaga ma’lum.
Mehmondo‘stlik an’analari – bu jamiyatning umumiy bir xususiyatidir. Bunga Ikkinchi Jaxon urushi davrida dushman bosib olgan erlardan ko‘chirib keltirilgan oilalarga ko‘rsatilgan yordamni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Minglab insonlar bu erda o‘z tinchligini topdi, kupchilik uchun O‘zbekiston ularga Vatan bo‘lib qoldi. O‘zbek oilalarida ota-onalarini yo‘qotgan bolalar garbiyalana boshladilar. Poytaxtimizning xalqlar do‘stligi maydonida temirchi Shomaxmud ota va uning xotini Baxri ayaga yodgorlik haykali o‘rnatilgan.
Ushbu vatanparvar insonlar 14 turli millat bolalarini farzand qilib olib, o‘z bag‘rilarida tarbiyaladilar.
O‘zbekiston yurti ya’ni xalqi nonni juda ham e’zozlaydi va qadrlaydi. Yoshu qari erga non tushsa darhol olib, uni ko‘ziga surtadi.
O‘zbeklarning hasharlarichi O‘zbekistonda qadimdan erni sug‘orib dexqonchilik qilinadi, insonlar cho‘lga karshi birlashib mehnat qiladilar. chunki qumli cho‘lni yakka bo‘lib engib bo‘lmaydi. Tabiat qiyinchiliklariga qarshi birlashib kurashishni xalqda jamoatchilik bo‘lib, bir – biriga o‘zaro yordam berish keng tus olgan an’analaridan biridir.
Hashar – bu jamoatchilik ishida ixtiyoriy ishtirok etishdek ajoyib an’ana bo‘lib, uy qurish va hosilni yig‘ib olishda, beg‘araz yordam berishdan iborat. 1939 yili paxtani sug‘orish uchun suv tanqisligi sababli 160 ming ko‘ngillilar hasharda ishtirok etib, 45 kunda 270 km.lik katta Farg‘ona kanalini barpo etdilar
Mintaqamiz an’analariga misol qilib Navro‘z bayramini ko‘rsatish mumkin. Navro‘z – sharq mamlakatlarida bahorgi dala ishlari boshlanish davridir. Ko‘pgina g‘arb davlatlari esa yangi yil arafasida Rojdestvo bayramini nishonlaydilar. Bular ham xalqlarning turli an’ana va odatlardan biridir.
Yuzaga kelgan va jamiyatda mustahkam o‘rin olgan an’analar eng avval jamiyatimiz va mavjud to‘zumga sabab bo‘ldi. Hechshubha yo‘qki ibtidoiy jamoa tuzumida hozirgi davrdan farqli o‘z an’analari ham turli xalqlarda bir xil bo‘lmagan. Ular xalqning madaniyati, uning o‘tmishi bilan, jamiyat munosabatlaridagi ijtimoiy shart – sharoitlari bilan bog‘liqdir. An’analar o‘z -o‘zidan yuzaga kelmaydi, ularda doimiy tus olgan odatlar mustahkamlanib qoladi, ya’ni ular ma’lum asoslar negazida yuzaga keladi.
An’ana – bu o‘tmish va hozirgi davrni kelajak bilan bog‘lovchi bir qismidir, Aynan ular yordamida ushbu tizim ijgimoiy – siyosiy munosabatlarini talab etadigan kerakli sifat va tajribalarni yangi avlodga etkazishni amalga oshiriladi.
3.O‘quvchilarni jangovar an’analarda tarbiyalashning shakl va uslublari.
Armiya va flotlarda jangchilarni jangta chorlovchi, harbiy xizmatni o‘tashda paydo bo‘luvchi va avloddan avlodga o‘zatiluvchi jangovar an’anlar asosida Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni himoya qilishga doimiy tayyorgarlik. Harbiy Qasamyodga, jangovar bayroqqa, jangovar do‘stlikka sodiqlik, komandirni hurmat qilish, uni jangda himoya qilish, jangda ziyraklik va dushmanlarga beshafqat bo‘lish g‘oyalari yotadi.
Vatanga sadoqat – tarixiy an’ana bo‘lib, har bir ijtimoiy etnik formalarda jamiyat ongida yashagan. Tarixiy nomlar bo‘lishida Tumaris (Kir II), Shiroq, Spitamen, Muqanna, Amir Temurlarni keltirish mumkin.
Toshkent, Farg‘ona, Jizzax qo‘zg‘olonlari O‘zbekistonliklarning ikkinchi Jaxon urushi frontlarida fashistlarga qarshi janglarda qahramonliklar ko‘rsatishi, dalalar, zavod – fabrikadagi qahramonliklari. Insonlarning o‘zi nochor bo‘lsalarda evakuatsiya qilinganlarni o‘z oilasiga qabul qilishi; o‘zlari och bo‘lsada oxirgi tishlam nonlarini do‘stona bo‘lib eyishlari- O‘zbekisgon yana bir bor xalqparvar ekanligidan dalolat beradi.
Frontda va front orqasida jasorat hamda mardliklari uchun minglab vatandoshlarimiz orden, medallar bilan taqdirlanadilar. Mustaqillikka erishgan kunimizdan boshlab davlatimizning shu kabi an’analari yangi mazmunga ega bo‘lgan holda qayta tiklandi. Davlatimiz o‘z Bayrog‘i,
Gerbi va Madxiyasiga ega bo‘ldi. Mustakillikka erishish bilan xalqimiz avval ega bo‘lgan an’analarini milpiy qadriyat sifatida tiklay borishi ham mukaddas ishdir. Jangovar bayroqqa va harbiy Qasamyodga sodiqlik.
Qadimdan jangovar bayroq jangchilarini jangta chorlovchi ramz sifatida qo‘yilgan. Qadimda bayroq o‘zun yog‘och uchiga o‘t bog‘lamidan iborat bo‘lgan yoki otning yoli uchiga bog‘langan. Keyinroq esa uni matoning bir bo‘lagiga almashtirilgan.
Qadimdan bayroq jangovar ramzga aylangan. Jangovar Bayroq ostida jangovar qasamyod qabul qilingan. Jangovar Bayroqqa sodiqlik ulug‘ an’anadir. U qadim manbaalarga ega. Bayroq- muqaddasdir.
Urush yillarida uni ko‘z qorachigidek, eng ulug‘, qimmatbaho mulkdek avaylab – asrashgan. Qurolli Kuchlarning jangovar Bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlari holatini ko‘rsatadi.
Harbiy qismning jangovar bayrog‘i shon – shuxratining ramzidir.. Harbny Qasamyodnnng yangi taxririda shunday deyiladi:
Men, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, xalqimga, Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Men O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga, harbiy nizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilaman.
So‘nggi nafasim qolguncha ona-Vatanimningsadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan engishga, davlat va harbiy sirlarni mustaxkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga qasamyod qilaman. Agar men ushbu tantanali qasamyodimni bo‘zsam, qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo‘lay.
Harbiy qasamyod davlat miqyosida katta ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatdir. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan (hozirgi davrda Oliy Majlis) 1992 yil 3 iyulda tasdiqlangan va qonun kuchiga ega, Unda Qurolli Kuchlar jangchilariga Prezident, xukumat va xalq talablari bayon etilgan. Unda Qurolli Kuchlarda xizmat qilishning asosiy majburiyatlari belgilab berilgan. Shuningdek. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi jangchining Vatan himoyasi uchun egallashi shart bo‘lgan asosiy sifatlari belgilab qo‘yilgan.
Qasamyodni qabul qilish yuqori darajada vatanparvarlik hujjatidir. Qasamyodni jangchi o‘z imzosi bilan mustaxkamlaydi. Jangchi hayoti va xizmatida Qasamyod bo‘zilmas qonun bo‘lib hisoblanadi. Askar uchun Qasamyod muqaddasdir. Qasamyodni yod olgan jangchi yosh jangchi kursini o‘taganidan so‘ng qabul qiladi. Ushbu qasamyodni qabul qilish kuni – dam olish kuni bo‘lib, harbiy qism uchun bu katta bir tantana ya’ni bayramdir.
Ulug‘ ajdodlarimiz bizning ota – bobolarimiz tajribasidan ma’lumki, berilgan so‘zga sodiqlik haqiqiy erkaklar Vatanparvarlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. Jangovar do‘stlik va komandirga hurmatva uni jangda himoya qilish.
Bu jangovar an’analaridan biri bo‘lib bizga qadim asrlardan etib kelgan. U mustaqillik uchun kurash maydonlarida tug‘ildi va mustaxkamlandi. Vatanni milliy manfaati uchun xizmat qildi. Do‘stlik va o‘zaro yordam oldindan yuqori baholangan. Buyuk sarkarda Amir Temur o‘z jangchilariga «o‘zing qurbon bo‘lsang ham, do‘stingni asra», – deb ko‘rsatma bergan. Bu chaqiriq o‘sha davrda ham,yuzlab yillardan so‘ng ham shior bo‘lib, Vatan himoyachilarini ruxlantiraadi.
O‘z tanalari bilan dushman o‘qidan do‘stlarini himoya qilgan Toshtemir Rustamov, Tuychi Eryigitov kabi yuzlab askarlar o‘z shaxsiy shuxratini o‘ylamay Vatan uchun jon fido qilganlar.
Dushman tanki ostiga granata tashlanganda, uchuvchilar xavo xujumiga o‘tganda o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ya’ni shuxratni o‘ylamaganlar do‘stlariga yordamga kelish, ularga har qanday sharoitda o‘z jonlarini ayamagan holda yordam qo‘lini cho‘zish ham yillardan yillarga o‘tib, hozirgacha saqlanib kelayotgan an’anadir. Bu an’ana hozirda ma’naviy jixatdan boyib, yangi mano kasb etmoqda. Oddiy askar O‘rmonov navbatchi bo‘lib turganida o‘z do‘stlarining hayotini saqlab qolishga muyassar bo‘lgan. Ammo o‘zi qurbon bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining sodiq o‘g‘lonlari bo‘lmish komandirlar xalqimizning munosib himoyachilaridir. Ular armiya va xalqimiz faxridirlar. Askar va matroslarimizning bir – birlariga hamda xizmatdosh bo‘linmalarda komandirlarning ahamiyati kattadir. Ularning har biri uchun ona–Vatan. Ota-xalqdir. Ofitserlar xalq muxabbagiga sazovordirlar. Biz hozirga qadar Sobir Raximovning jangovar ishlarini faxr bilan tilga olamiz. Ular shaxsida xalqimizning eng yaxshi an’analari davom ettiriladi. Bunday insonlar yuqori darajada vatanparvarlik, qalb kengligi, mard va istalgan vaziyatlarda insonlarga muhabbat va ko‘l ostidagilarga yuksak talabchanlik va boshqa hislatlariga egadirlar. Panfilov diviziyasining qahramonligi, Toshkent harbiy o‘quv yurtining bitiruvchilari bo‘lmish 180 nafar ofitserlar qahramonliklari hammaga ayon. Diviziya polkovnigi Gurev askarlarga qarata «Nega siz o‘zingizning hayotingizni xavf ostida qoldirib, meni snaryadlar portlashidan saqlab qoldingiz» – deb so‘raganida askarlar «Onasiz asalari oilasi – oila emas» – deb javob beradilar.
Yuqori darajada ziyraklik dushmanga qarshi ayovsiz nafrat. 1999 yil 16 fevral kuni Toshkent shaxrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovga suiqasd uyushtirishga o’rinish bo‘ldi. Shaharning 6 joyida portlash yo’z berdi.
«Terroristlarning maqsadi tinchlikni bo‘zish, axoli yuragiga daxshat va qo‘rquv solish, siyosatimiz, olib borayotgan ishlarimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish, shu bilan birga O‘zbekiston xalqini o‘z tanlagan yo‘lidan qaytarshp edi».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bizning vatandoshlarni shu voqeadan zarur bo‘ xulosalarni chiqarib, yanada xushyor hamda ziyrakroq bo‘lishga chaqirdi. Bugungi kunga kelib armiyaning jangovar an’analari ham o‘z ifodasini topmoqda. U jangchilarimiz ishlarini, marosim va odatlari, xulq -atvori me’yorlarida davom etmoqda. Jangovar an’analar faqatgina jangchilar dunyoqarashing bir bo‘lagi bo‘libgana qolmay, harbiy muzeylar ko‘rgazmalari, shon- shuxrat burchaklari. (xonalari), harbiy qism tarixi, memoriallarda davom etib kelmoqda.
Bugungi kunda yangi – yangi an’analar ham vujudga kelmoqda. Ular marosimlar, qism kunlarining nishonlanishi, o‘qish a’lochilariga jangovar texnika va qurollarning topshirilishi hamda boshqalardir. Yoshlar siyosiy jihatdan ham ziyrak bo‘lishga tayyorlanadilar va ona Vatanimizni himoya qilishga, jangovar an’analarini davom ettirishga o‘rganib boradilar. O‘zbekistonda mehnat an’analari safida tanlangan kasbiga mexr qo‘yish, mehnatga ma’suliyatli munosabatda bo‘lish, o‘z ishini a’lo darajada bilim, yuqori darajada o‘z kasbini egallash, ishlab chiqarilgan mehnat maxsulotining sifatliligini ta’minlash va boshqalar bor. Ota – himoya bobolarimizning bizga meros bo‘lib qolgan an’analarni davom ettirish bilan birga yoshlarimiz ularga yangicha mazmun kiritib bormoqdalar. Chunki hech bir farzand faqatgina ota – bobosining aniq nusxasigana bo‘la olmaydi. Yosh avlod o‘z ajdodlari to‘plangan qadriyatsiz o‘z ishini davom ettira olmaydi.
O‘tmish tajribalarini bilish hech – yosh avlodni oldinga harakat qilishga undaydi.
Jangovar va mehnat an’analarining tarbiyaviy ta’siri, ularning ishonchli misollari bilan tasdiqlanadi. Ular yoshlarni avvalgi avlod yo‘lidan borishga undaydi. Ularning qilgan shonli ishlarini davom ettirishga chorlaydi.
Insonlar tinch mehnat qilishlari uchun himoyada turishlari shart. An’analarimizga ishonch paydo bo‘lishi ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘tmishning shon – shuhratini bilishda, hayotiy va ijtimoiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarga O‘zbekisgonning shonli o‘tmishi haqida to‘g‘ri taassurotga ega bo‘lishga yordam beradi. O‘tmishdagi qiyinchiliklar yoshlarda Vatanga sadoqatli bo‘lish, uning harbiy qudratini mustahkamlashda o‘z irodasi va kuch – quvvatini ayamaslikka qarata tarbiyalaydi.
Yoshlarni harbiy va mehnat an’analari asosida to‘g‘ri tarbiyalashning shakli va usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Shakl va usulning turlicha bo‘lishi bilan birga umumiylik ham bor. Ular ichida eng ko‘p ya’ni keng tarqalganlari quyidagilardan iboratdir:
1). Armiyaga bag‘ishlangan shonli sanalarga ta’luqli turli kechalarni o‘tkazish;
2). Harbiy va mehnat shon – shuxratiga sazovor bo‘lgan joylarga sayohatlar uyushtirish;
3). Harbiy qism, memoriallar hamda birodarlik qabrlarini ziyorat qilish;
4). Kinofilmlar namoyish etish va ularni taxlil qilish;
5). Jamoatchilik tarzida badiiy kitoblarni taxlil qilish;
6). Harbiy sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish;
7). Urush va mehnat faxriylari, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan turli uchrashuvlar o‘tkazish;
8). Muzey, teatr va kinoga madaniy sayohat qilish;
9). O‘zbekiston Qurolli kuchlarining tarixini o‘rganish;
10). Urush va mehnat faxriylarini otaliqqa olish hamda nogiron insonlarga yordam ko‘rsatish. Kechalar odatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga yoki Qurolli Kuchlarni
Vatanni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan holda oylik, xaftaliklar harbiy ommaviy tarzda to‘ziladi. Shuningdek, yoshlarni armiya xizmatiga jo‘natishda, harbiy o‘quv yurtini tugatishda, harbiy sport o‘yinlarining chempionlari sharafiga bag‘ishlangan kechalar o‘tkaziladi.
O‘quvchilarni tarbiyalash shaklining eng samaralisi, jangovar an’analar haqidagi, harbiy vatanparvarlik mavzusidaga filmlarni ko‘rish yaxshi natija beradi. Hozirpi davrda o‘quvchilar orasida «Temurbeklar» harbiy vatanparvarlik o‘yini – Mudofaa vazirligi, «Kamolot», «Nuroniy» jamg‘armalari bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. «Amir Temur avlodlari» harbiy sport o‘yinlari turli harbiy litseylar o‘rtasida keng tarqalgan. Tarixni chuqur o‘rganish maqsadida muzey va har xil yodgorliklarni ziyorat qilish ham katta ahamiyatga ega. Har bir yosh avlod faxr bilan Amir Temur xaykalini tomosha qilar ekan uning «Kuch adolatdadir» degan shiorini yod oladilar.
Shunday an’analarimizning o‘tkazilishi yoshlarimizni bizning milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini tobora ortirib boradi.
Kelajakgi buyuk davlatni qurishda (Mirzo Ulugbekning 600 yillik yubileyini o‘gkazishdagi I.A.Karimovning so‘zlari) ulug‘ allomalarimiz A.R. Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Axmad Al Farg‘oniy, Amir Temur, Naqshband, Alisher Navoiy, Z. M. Bobur va boshqalarning qoldirilgan boy meroslari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zining samarali ta’sirini ko‘rsatadi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va usullari rang – barangdir. Barcha o‘tkazilgan tadbirlar ham ijodiy ishdir.Jangovarlikning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
Muallif: Ruxsatov A.Q.