Оглавление/Munadarija

Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik.
Odam, hayvon va o‘simliklarning kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar patogen yoki kasallik qo‘zqatuvchi mikroorganizmlar deyiladi.
Mikrobning patogenligi, ya‘ni mos sharoitlarda organizmda kasallik hosil qilish potensial qobiliyati, turli darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlarning patogenlik darajasi uning virulentligi deyiladi. Mikroblar virulentligi tabiiy sharoitda kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin.Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik.
Patogen mikroorganizmlarning muhim xususiyati spetsifik moddalar – toksinlar hosil qilishidir. Toksinlarning ko‘plari juda yuqori zaharlilikka ega.
Patogen mikroblar ikki turdagi toksinlar – ekzotoksinlar va endotoksinlar ishlab chiqaradi.
Ekzotoksinlar – oqsil tabiatli o‘ta zaharli moddalardir. Ular mikroorganizm hayotligida atrof muhitga chiqariladi. Ekzotoksinlar tanlab ta‘sir etish qobilyatiga ega, ya‘ni ayrim organ va to‘qimalarni zararlaydi. Bunday ta‘sir o‘ziga xos tashqi belgilarda namoyon bo‘ladi. Ekzotoksinlar yuqori haroratga chidamsiz: ko‘plarini 60-70 oС gacha qizdirilganda zaharlilik xususiyati kamayadi, qaynatganda esa ular parchalanadi. Shu bilan birga haroratga chidamli ekzotoksinlar ham mavjud.
Endotoksinlar hujayra hayoti davomida atrof muhitga chiqarilmaydi. Ular mikroorganizm halok bo‘lib avtolizga uchraganidan so‘ng muhitga o‘tadi. Endotoksinlar murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo‘lib, tarkiblarida polisaxaridlar, poliproteidlar saqlaydilar. Endotoksinlarning zaharlilik darajasi ekzotoksinlarga nisbatan past bo‘ladi. Ularning tanlab ta‘sir etish xususiyati ham ekzotoksinlarga nisbatan kuchsiz namoyon bo‘ladi. Endotoksinlar haroratga nisbatan chidamli bo‘lib, 80-100oС haroratgacha qizdirilganida ham parchalanmasliklari mumkin.
Infeksiya, uning manbai va yuqtirish yo‘llari. Infeksiya (lotincha infectio – yuqish) biologik jarayonlar majmui bo‘lib, kasallik tarqatuvchi mikroorganizmning tirik organizmga tushganida va rivojlanganida namoyon bo‘ladi. Infeksiya manbai bo‘lib atrof muhitga patogen mikroorganizm chiqaruvchi kasal organizm yoki batsilla tashuvchilar xizmat qiladi. Batsilla tashuvchilar nafaqat kasal organizm, balki kasal bo‘lib o‘tgan, lekin kasallik qo‘zqatuvchi mikroblar ma‘lum muddatda saqlanib qolgan organizmlar hamdir.
Atrof-muhitga chiqarilgan patogen mikroorganizmlar havo, suv, tuproq, turli buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlariga tushishi va ularda uzoq muddat hayot qobiliyatini saqlashi mumkin. Bundan tashqari kasallar bilan muomalada bo‘lganda ham infeksiya yuqishi mumkin.
Yuqumli kasalliklar tarqalishida ayrim tirik tashuvchilar, masalan, hasharotlarning roli katta.Mikrob yuqqandan so‘ng kasallik alomati tezda namoyon bo‘lmasdan bir oz vaqt o‘tgandan keyin ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bu vaqt yashirin yoki inkubatsion davr deyiladi. Yashirin davrda mikroblar muhitga moyillashadilar, ko‘payadilar va organizmga zararli ta‘sir etuvchi moddalar sintezlaydilar. Turli kasalliklarning inkubatsion davri turlicha bo‘ladi. Inkubatsion davr o‘tgandan so‘ng har bir yuqumli kasallikka xos bo‘lgan klinik belgilar (simptomlar) namoyon bo‘ladi. Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va patogenlik.
Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.