Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi.

Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi.

Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi.

Milliy kashtachilik  (kashtado‘zlik) amaliy san’atning eng kadimiy turlaridan bo‘lib, u xalkning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafakat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat kozongan. O‘zbek xalk ustalari qo‘llari bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy davlatlar muzeylarida doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.

Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmokda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muxit bilan bog‘liq holda barcha kasbhunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi saqlanmagan. XIV – XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo  Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467-yili Kamoliddin Behzod «Zafarnoma» ga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida chodirga ishlagan kashtani ham aks ettirgan. XIX – asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada kashtalarning ko‘p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur yetkazdi. Qo‘l kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalklar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi.

Kashtachilik san’atida har bir millatning o‘ziga hos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari bo‘ladi. Chunonchi o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko‘p bo‘lsa, rus kashtachiligida geometrik, o‘simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko‘p tasvirlanadi. Qozoq va qirg‘iz kashtachiligida esa ko‘proq xayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.

Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari bo‘lajak kelinlik seplari har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, shunchalik qimmatga baholanar edi. Qizlarga 7-9 yoshidan boshlab kashta tikishga o‘rgatilardi. Ular uch-to‘rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar o‘zining san’ati va tabiatiga ko‘ra go‘zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar.

Kashtachilikning maxsus turlaridan biri – applikatsiyadir. Applikatsiya kashtado‘zlikning maxsus turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi choklanadi, applikatsiyada ko‘pincha chizma choklardan foydalaniladi.

O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o‘zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko‘p masalan, so‘zana, kirpech, choyshab oyxalta, choy xalta, zardevor, palak, gul-ko‘rpag dorpech, bug‘joma, parda, belbog‘, takyanush

(yostiq ustiga yopiladigan), Do‘ppi‚ ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon, joynamoz, nimcha, maxsi-kavush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. Utmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz.

Do‘ppi – O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o‘rtasida rasm bo‘lgan. Asrlar davomida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg‘a shoyiga ip, ipak va zar bilan do‘ppi gullari tikilgan. O‘zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur bo‘lib, ular o‘ziga hosdir.

Mamlakatimizning barcha tumanlarida do‘ppi tikiladi. Uning Iroqi, Chust do‘ppi, gilam do‘ppi, chakma tur, qizil gul, piltado‘zi, zardo‘ppi, to‘ldirma deb nomlanadigan milliy do‘ppilar bor. Har bir do‘ppi yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.

Arag‘chin – sharsimon do‘ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do‘ppilar kanda xayol, bosma, chakmator, iroqi chok usullarida tikiladi.

Tus do‘ppi – keng tarqalgan yassi yuzali do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi chust do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta chok uslubi qo‘llaniladi. Masalan, zanjira, to‘g‘ri chok, chita, kungura, yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do‘ppisining tepasi kvadrat shaklida bo‘rtib chiqib, yarim shar ko‘rinishida bo‘ladi. Toshkent do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan ( gulsiz ) tikilgan bo‘ladi. Buxoro do‘ppilari sidirg‘a yoki guli baxmaldan jiyakli qilib tikiladi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo‘rma usulida tikilgan bo‘ladi.

Joynamoz – yerga solib ustida namoz o‘qiydigan to‘shama. Joynamoz har xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo‘ladi. Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o‘lchamda bo‘ladi. Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatiladi.

Zardevor – uy jihozi, u sidirg‘a shoyi baxmal, satinga kashta tikib bezatilgan badiiy buyum. Zardevor yangi tushgan kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo‘yiladi. U zar ip yoki ipak gajimli bo‘lib, eni 40-70sm uzunligi mo‘ljallangan uyning devoriga moslab tikiladi.

Palak – devorlarga ilinib eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo‘zga kashta tikib tayyorlangan. U so‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga ham kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o‘rtasida yirik oy tasviri kizil kirmizi, pushti ipak bilan  kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o‘simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko‘pincha bodom, qalampir elementlari qo‘llaniladi. Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab olti oyli palak, o‘n ikki oyli palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashxur kashtado‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o‘z mahoratlarini namoyish etganlar. Agar oyni ichida sidirg‘a rangda ifodalangan bo‘lsa, uni, oypalak, agar naqshli bo‘lsa gulpalak va xokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo‘l mexnati ko‘p bo‘lgani uchun so‘zana deyila boshlandi. Lekin hozir palakni qo‘lda tikishga katta ahamiyat berilmokda.

Kirpech –   tokchaga taxlab qo‘yilgan kiyim-kechak ustidan yoki devorning  bo‘sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo‘lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo‘lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saklaydi va uyni bezab turadi. Odatda, palakka o‘xshatib tikilgani kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi ham keng ishlatiladi.

So‘zana – igna bilan tikilgan degan ma’noni beradi. So‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U o‘ziga xos badiiy ko‘rinishga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalanadilar. Shuning uchun u palakdan farq qiladi. So‘zana har bir xonadonda bo‘lgan, chunki har bir qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun so‘zana tayyorlagan. So‘zana kelinlarning sepi xisoblangan. Kambag‘al oilada so‘zanani malla, oq bo‘zdan, badavlatroqlarida esa shoyidan, baxmaldan tikishgan. So‘zana uchun kompozitsion joylashgan o‘simliksimon naqshlardan foydalaniladi. So‘zana o‘rtasida ko‘pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. So‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan‚ lekin XIX-asrgacha bo‘lgan so‘zanalar saqlanmagan. Faqat XIX- asrga oid Samarkand, Buxoro, Nurota, Farg‘ona, Uratepa, Shaxrisabz, Toshkent va boshqa joylardagi so‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O‘zbekiston hududida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda  so‘zana mashinada tikilib kelmokda.Kashtachilik tarixi va tayyorlash texnologiyasi.

Choyshab – forscha-tojikcha ro‘yjotun chodiri degan ma’noni bildiradi. Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun to‘shak ustidan to‘shaladi. To‘shak ustidan yopiladigan choyshab ham kashtali oq surp, taxmonga tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaqtda choyshabdan so‘zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmokda.Kashtachilik tayyorlash texnologiyasi.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba