Munadarija
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.
Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarigi rivojlantiruvchi markazlarda ishlashdan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha talimda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari,tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyatturlarida ro‘y beradi. Mehnat jarayonidaxo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi vafaollashadi. O‘yin faoliyati mobaynida pedagogularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi.
Bolalarning lug‘at boyligi, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashgayordam beradi. Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lganso‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Muloqot vositalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir.
Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul: – farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash;
–lug’at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;
–nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
–ravon nutqni takomillashtirish;
–badiiy asarlar bilan tanishtirish;
–savod o‘rganishga tayyorlash.
Muloqot, til va nutq tahlili va rivojanish asoslari. Tilning rivojlanishi bolalar hayotining har bir jabhasida va ta’limiy muvaffaqiyatlarida eng muhim omildir. 2-5 yoshdagi bolalarning tahminan 6 % i til rivojlanishi bilan bog’liq muammolarga duch keladi. Tilning yetarlicha shakllanmaganligi bolalarning butun hayoti davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ular bilish, savodxonlik, ijtimoiy munosabat, diqqat va o‘qitish hamda o‘rganishga tayyorgarlikda qator qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar.Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.
Shuning uchun ham o‘z shaxsini erta anglash juda muhim hisoblanadi. Bolalarning ijtimoiy tarbiyasida til o‘rganish bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi va bunda bilish darajasi ko‘pincha past bo‘ladi. Irlandiyada ingiliz tilini qo‘shimcha til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarda ham til va nutq tahlilida yetishmovchiliklar mavjud bo‘ladi deb hisoblanadi. Bunday bolalarda tilning rivojlanishi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun til tahlili qiyin bo‘ladi. Tilning murakkabligi umumiy tahlilni qiyinlashtiradi. Bir qancha tahlil uslublari maktabgacha bo‘lgan bolalarning muloqoti va tilini baholashda qulay bo‘lishiga qaramay, bu metodlarning ko‘pchiligi kelajakda til bilan bog’liq muammoga duch keladiganlarni bashorat qilishda yaxshi natija bermasligi mumkin.
Murakkab tahlil metodlari oddiy tahlil metodlariga qaraganda aniqroq deb hisoblanadi va ular bolalarning turli rivojlanish yo‘nalishlariga ko‘ra oddiy tahlildan afzalroqdir. Tahlil metodlari tilda ishlatiladigan murakkab uslublarni qisman ta’minlaydi va shu sababli, ayniqsa maktabgacha bo‘lgan bolalarda til tahlili bo‘yicha ko‘proq izlanishni talab etadi. (Edited by Mary Rafferty «Abrief review of approaches to oral language developme nt» USA 2014y).
Nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
–bolada kattalarga nisbatan emotsional bog’liqlik va ishonch hissini tarbiyalash;
–uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish;
–kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Masalan:
«Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi? “ .