Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari.

Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari.  

Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari.   Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishda tevarak atrof bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg’ulotlardagina amalga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi. 

 

Øbolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga va faoliyatiga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi o‘yinlarda ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

 

Øturli muloqot vositalari, ya’ni — so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora)dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foydalanishni o‘rgatish;

 

Øbolalarning ertak va kichik hikoyalarni so‘zlab berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;

 

Øbolani “tovush», “so‘z», “gap» atamalari bilan tanishtirish kabilardan iborat.

 

O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g’risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug’ati narsalarning nomlarini, qisimlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish- tovoqlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; tanish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.

 

4-5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan tanishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lugatlariga mehnat faoliyatining xususiyatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi.

 

O‘rta guruhda ona shahriga, qishlog’iga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat binolarining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do‘kon, kino-teatr va hakozolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qurishyapti, shahar bog’i tashkil qilindi) lug’atlari boyitib boriladi. Bola tilining lug’at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik qurilishini ham egallay boshlaydi.Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirish vazifalari.  

 

O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Bola besh yoshga etganda uning faol lug’ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkumlaridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foydalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z nutqlarida bog’lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g’ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulggra olmaydi. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon) tezda to‘g’ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g’ri bog’lanmaydi, ayrim so‘z turkimlarini tushirib qoldiradilar.

 

To‘rt yoshli bolalarni so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog’ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilishga o‘rgatish kiritiladi. 4-5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga xos belgilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masalan: «Echki bolalari bilan»), mashg’ulotlarda birinchi martda o‘qib berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatiladi.

 

4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi:

 

birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati yetarli rivojlanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulyatsiya apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g’ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgandir.

 

Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg’ularni to‘g’ri ishlatish, gapirganda to‘g’ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g’ri talaffuz etilishiga alohida ahamiyat berish kerak.

 

O‘rta guruhda bolalarning badiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g’ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning xattiharakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z jozibasini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi. 

 

Muallif: SHаkаrоv А.B., Ulаshev X.А.

mavzular

 

manba