Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalari.

Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalari. 

Maktabgacha  yoshdagi bolalar nutqi. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To‘g’ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og’zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli darajada rivojlanayotganini bildiradi.

Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yangi so‘zlarni o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g’ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilishiga ahamiyat bering.

 

— tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g’ri ifodalashiga erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o‘rgating.

 

Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirlarini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.

 

Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g’ri rivojlanishi uchun g’amxo‘rlik qilishdan iborat.

 

Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tuzish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutq o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va o‘rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.

 

Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlarning xatti-harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.To‘rt yoshli bolalarni mashg’ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyatlari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizshologik va psixologik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq bu yoshdagi bolalarning diqqati beqaror, irodasi kuchsiz bo‘lib, tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, his-tuyg’ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez pasayadi.

 

O‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakldagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda, she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qiziqish uyg’otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish mashg’ulotlarida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirishlari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalarda biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xususiyatlarni tarbiyachi har doim mashg’ulotlarni rejalashtirishda, uni o‘tkazishda hisobga olishi shart.

 

Nutqni o‘stirish mashg’ulotlarida, shuningdek mashg’ulotning boshqa turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni, tilning tuzilishi, shuningdek, mashg’ulotni tashkil etish va uning qay tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bolishi bilangina emas, balki mashg’ulotning ijobiyemotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib boriladi. O‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiyachining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning natijasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa, qattiq hafa bo‘ladilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi juda sabrli va haqqoniy bo‘lishi kerak. Tarbiyachi bolaning yahshi javobidan qoniqqani va hursandligini bolalarga namoyon etishi kerak. Shundagina bolada ishtiyoq istagi uyg’onadi.Maktabgacha o’rta yoshdagi bolalar nutgini o’stirishning metodik masalalari.  

 

Xulosa:

 

Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etishdan avval har bil bola haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boqishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam sahiy!» «Odinag’amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnatsevar» va shunga o‘xshash bolalarga berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi.

 

Bolalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o‘z tehgdoshlariga nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar. Maktabgacha  yoshdagi bolalar nutqi

Muallif: SHаkаrоv А.B., Ulаshev X.А.

mavzular

manba