Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. 

Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkilotsining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo‘lgan og’zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli – dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart. Maktabgacha ta’lim tashkilotsining vazifasi bolalarda ravon so‘zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.

Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.

Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqiqatdan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.

Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so‘ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo‘ladi.

Ravon nutqdan til elementlari — tovushlar, morfemalar, so‘zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o‘rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.

Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, malaka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Unda «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarilari uchun dastur»da bolalarni buyuk siymolar, sarkardalar, ulug’ mutafakkirlar haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o‘rgatish:

Mavzu: «Men yoqtirgan fasl»

Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivolantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish.

Sabzavot va mevalar bo‘yicha lug’atini faollashtirish, topishmoqlar mazmuniga tushunishga o‘rgatish.

Maqoldagi so‘zlarni aniq va burro aytish.

Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.

Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi.

Topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.

Kerakli jihozlar: To‘rt faslga oid katta rasmlar.

To‘rt faslga oid qirqma rasmlar.

Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish) Qish faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi?

Nima uchun yoqadi? Bugun biz «Men yoqtirgan fasl» mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o‘rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib olamiz.

— Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl) — Demak biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.

Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasllariga tegishli tasvirlarning qirqma bo‘laklarini yig’ish bilan guruhlarga bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4guruh bolalari qish faslining qirqma bo‘laklarini yig’adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.

Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.Tarbiyachi: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g’ir-g’ir esib turadi.

Osmon toza va beg’ubor bo‘ladi. Bog’larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo‘ladi.

Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.

Bolalarning tuzgan hikoyalari bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.

Tetiklashtiruvchi mashqlar

Quyosh

Erta tongda

Quyosh turibBolalarni erkalaydi,Boshlarini silaydi.

Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.

Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg’ulotni tugatishi mumkin.

1.Qish g’amini yozda ye.

2.Bahorgi harakat — kuzgi barakat.

3.Yozgi mehnat — qishgi rohat. 4. Yer haydasang kuz hayda,

Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

1.Bir yilda nechta fasl bor?

2.Siz qaysi faslni yoqtirasiz?

3.Mehnat haqida maqollar aytib bering.

4.Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyob xazinasi bo‘lib doimo og’zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qatiy nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni oliyjanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g’azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. 

Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘qbo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog’liq.

Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar. «So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin.

Insonki so‘z ayladi judo hayvondin,

Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin».

Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma xunardan so‘z xunari yaxshi».

Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni takidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.

Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. Ya’ni, og’zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik., Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-urug’laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».

Xorun ar Rashid dedi: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va qanday qilib kun kechiraman? — deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.

…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g’ri so‘z gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va xunardan hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va xunarni bilmagan deb da’vo qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zaxmat chekasan.

Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon bo‘lmagaysan (Qobusnomadan).

Xulosa:

Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir. bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. 

Muallif:Babayeva D.R. 

mavzular

manba