Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.  

Ma’lumki, bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi.

 

 

Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyoti va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.

Birinchi qonuniyat: Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati bola nutq organlari muskullarining mashq qildirilishiga bog‘liq (shuning uchun ham so‘z, ibora va gaplarni talaffuz etishni takomillashtirish uchun nutq organlarini mashq qildirishga yetarli darajada e’tibor bermoq muhimdir).

Ikkinchi qonuniyat: Nutq ma’nosini tushunish bola tomonidan nutqning leksik va grammatik qonuniyatlarining o‘zlashtirilishiga bog‘liq.

 

Uchinchi qonuniyat: Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish bolada fonetika, leksika va grammatikaning ifoda vositalarini tushunishga bo‘lgan moyillikka bog‘liq (maktabgacha katta yoshdagi bolalarni nutq ifodaliligini tushunishga o‘rgatish hamda bu hissiyotlarning bola tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish lozim).

 

To‘rtinchi qonuniyat: Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini takomillashtirishga bog‘liq (agar oldingi yosh bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi nutqni boyitish jarayoni hamda uni o‘zlashtirish oson va tez boradi). Bundan tashqari, tadqiqotchilar tomonidan nutqni boyitish jadalligi tilni his etish, bilish imkoniyatlari (sezish, xotira, idrok qilish, fikrlash), iroda kuchining rivojlanishiga ham bog‘liq.

 

Beshinchi qonuniyat: Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish tilni his etishning rivojlanishi. 

Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bog‘liq. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g‘risidagi axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof ob’ektlari (kishilarning hayoti va mehnati, hayvonlar, o‘simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof ob’ektlari ustida oddiy kuzatishlar (mushohadalar) uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish muhimdir. Shu o‘rinda tevarak-atrof ob’ektlarini o‘rganishda nimalarga erishish mumkinligini aniqlab olishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, nutq o‘stirishga oid tevarak-atrof manbalarining o‘zini guruhlashtirish taqozo etiladi.  

Tevarak-atrofni  o‘rganishda  (tarbiyachilar yoki ota-onalar tomonidan) bolalar shunchaki  kuzatmasliklari,  balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko‘rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular to‘g‘risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish,  umumlashtirish, tahlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo‘yiladi. Bundan tashqari, o‘rganish jarayonida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarni mehnatning ular uchun qulay bo‘lgan turlari (ariqchalarni tozalash, daraxtlar tagini yumshatish, gullarni parvarish qilish)ga jalb qilish muhimdir. Bunday yondashuv shu  bilan bog‘liqki, inson biron narsani o‘z qo‘li bilan bajarsa, uni ko‘proq va to‘laroq esda saqlaydi. Mazkur usul bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqidagi kamchiliklar narsapredmetlarning  nomlarini so‘zma-so‘z va eslash orqali to‘ldiriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish ko‘p jihatdan quyidagi narsalarning to‘g‘ri hal etilishiga bog‘liq:

                nutqni rivojlantirishga doir didaktik materiallar (tarbiyachi va otaonalarning ma’lum maqsadga qaratilgan nutqi, bolalarga o‘qib yoki aytib beriladigan ertaklar, qo‘shiqlar, hikoyalar);

                ta’limning didaktik materiallarni o‘zlashtirish uchun foydalaniladigan metod va usullari;

                ta’limni tashkil etish (tevarak-atrof ob’ektlarini saralash, shunga bog‘liq nutq o‘stirishni rejalashtirish).

                o‘quv materialining mazmuni, uni o‘rganishning ayrim usullari hamda ularga tegishli tamoyillarga tayanib, tarbiyachi nutq o‘stirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni rejalashtirmog‘i zarur.

Biz ayni muammoga oid tadqiqot ishlari olib borish jarayonida nutq o‘stirish borasida quyidagi didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi degan xulosaga keldik:

                nutq organlari hamda qo‘lni o‘rgatish uchun nutq materialini tushunish;

                nutq ahamiyatini tushunish hamda leksik va grammatik ko‘nikmalarni

rivojlantirish;

 

                nutq ifodaliligini baholash. Buning uchun maktabgacha yoshdagi katta bolalarda muayyan hissiyotni rivojlantiradigan didaktik materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir;

 

                ona tiliga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish tamoyili (bu o‘rinda bolalarga, xususan, nutqda ona tili faktlarini qo‘llash an’anasini o‘zlashtirish bo‘yicha ta’limni tashkil etish nazarda tutiladi);

 

 

                muayyan mavzuga oid yozma nutqni og‘zaki nutq bilan qiyoslash; — nutqning asta-sekin boyib borishi. nutqini rivojlantirish qonuniyatlari

Muallif: SHаkаrоv А.B., Ulаshev X.А.

mavzular

manba