Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv. 

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv o’sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.  

 

Boshlang’ich muhim kompetentsiyalar bolaning faoliyat va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

 

Kompetentsiya bolaning bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang’ich kompetentsiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar,bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

 

Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetentsiyalari

 

Kommunikativ kompetentsiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi.

 

O’yin kompetentsiyasi – bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko’nikmalardan ijodiy foydalanishi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.

 

Ijtimoiy kompetentsiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati.

 

Bilish kompetentsiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko’nikma, malaka va qadriyatlardan o’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

 

Bolaning rivojlanish sohalari kompetentsiyalari

 

Bolaning kompetentsiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

 

jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;

 

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

 

nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetentsiyalari «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola:

 

o’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog’liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi;

 

turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika ko’nikmalaridan foydalanadi;

 

o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;

 

shaxsiy gigiena malakalarini qo’llaydi;

 

sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.

 

«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari

 

«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola:

 

o’z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;

 

o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

 

o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

 

kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

 

      murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv

Muallif: SHаkаrоv А.B., Ulаshev X.А.

mavzular

manba