Ma’ruza yozishga tayyorgarlik bosqichlari.

Оглавление/Munadarija

Ma’ruza yozishga tayyorgarlik bosqichlari.

Ma’ruzalarni ishlab chiqishda, uning matnini tayyorlashda ahamiyatli ma’lumotlarni ta’riflash, ishontiruvchi dalillar keltirish, mantiqiy fikrlarni solishtirish, yorqinroq, aniq, ravshan bayon qilishga siyosiy keskinlikka erishi zarur. Ta’sirchanlikning badiiy to‘zilishi, uslub va vositalari bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Ba’zi hollarda ma’ruza bilimlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan, boshqa hollarda esa amaliy bilim-ko‘nikmalarni ishlab chiqishga, uchinchi hollarda — shaxsning harbiy vatanparvarlik fikri bo‘lgan tuyg‘ularini hamda extiroslarni va e’tiqodlarni ochib berishga xizmat qiluvchi ma’naviy — umumiy ko‘zg‘atuvchi sabablarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun nazariy va haqiqiy ma’lumotlarning nisbati, asoslarni keltirish shakli, shaxsga ta’sir qilish holatining yaratish uslubi bu xillarda turlicha bo‘ladi.

Birinchi holdagi vaziyatlar an’anaviy xabar beruvchi ma’lumotlar uslubiga, ma’lumotlarni jiddiy «quruq» bayon qilishga, xulosalarni mantiqan tushunishga asoslangan.

Ikkinchi holdagi vaziyatlar murakkab amalga oshirish uslubini talab qiladi va quyidagi pedagogik talablarni bajarilish lozimligini mo‘ljallaydi:

Harbiy vatanparvalik ruhida tarbiyalash faoliyati tajribasining ko‘rinishlarini ajratish; Programmalash asosida ma’ruzani ishlab chiqish.

Uchinchi holdagi vaziyatlar o‘quvchilarning urush va tinchlik muammolariga munosabatini, o‘zlarining Vatanni himoyalash fuqarolik majburiyatiga munosabatini chuqur o‘rganib chiqishni talab etadi.

Bilim va malakalarni, ko‘nikmalarni etkazish va qabul qilish usullariga talabalarda yuksak axloqiy – jangovar va texnologik sifatlarni shakllantirishga, ularning harbiy mahoratni egallash qobiliyatlarini rivojlantirishga o‘qitish uslublari deyiladi. Ular uyg‘un ravishda o‘qitish, o‘rganish va bilim faoliyatiga rahbarlik qilishni birlashtiradi va muallim talabalarning vazifalarini aniq ravshan belgilab beradi.

O‘qitish uslublarning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, uslubiy yo‘llar hisoblanadi. Har qaysi uslub bir necha usullardan iborat bo‘lishi mumkin, bir xil usul turli uslublarning tarkibiga kirishi mumkin. Usullardan ayrimlari barcha o‘quv kurslarida qo‘llanilsa, boshqalaridan esa faqat birgina kursni o‘qitishda foydalaniladi.

Harbiy ta`lim fakultetlarida pedagogik amaliyotdan turli uslublarda foydalanish mumkin.Bulardan keng tarqalganlari: ma’lumotni og‘zaki bayon qilish, suhbat, ko‘rgazmali uslub, mashqlar, mustaqil ish uslublaridir.

O‘qitishda etakchi o‘rinni og‘zaki bayon qilish uslubi egallaydi. Uning ahamiyati bilish faoliyatida nutqning ahamiyati, bilimlarni to‘plash, saqlash va etkazishda og‘zaki nutqning o‘rni sabab bo‘ladi.

Nutqning samaraligi uning egiluvchanligiga sabab bo‘ladi va shu bilan birga ko‘p hajmni egallash hamda jonligi ham sabab bo‘ladi. Nutq tinglovchilarning ta’sirlanishiga qarab, ma’lumotni bayon qilish oson o‘zgartirishga imkon beradi, nashrda chiqmagan yangi ma’lumotlardan xabardor qilishga, ba’zi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirish yoki kamaytirishga, muhim ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatishga imkoniyat to‘g‘diradi.

Og‘zaki bayon qilish uslubi bir necha turlarga bo‘linadi. Ulardan asosiylari – hikoya va tushuntirish o‘quv ma’ruzalaridir.

Hikoya ta’riflashda, ma’lumotlarni bayon qilishda, obrazli voqea –hodisalarni bayon qilishda qo‘llaniladi. Bu uslub tarixiy voqealarni, ijtimoiy hodisalarni, jangovar texnika va qurolning to‘zilishini, ularni ishlatishga sabab bo‘lgan jismoniy usullarni ta’riflashda ishlatiladi. Hikoya davomida mavzuni so‘zlab berish, ta’riflash, munozara kabi tarixiy usullar qo‘llaniladi.

O‘quv ma’ruzasi – bu og‘zaki bayon qilish uslubining murakkab turidir. U o‘rganilayotgan mavzuning mantiqan o‘zaro bog‘liq savollarini og‘zaki bayon qilishdan iborat bo‘lib, unda avvalo, savollarning nazariyasi, g‘oyasi bayon qilinib, qonuniy hujjatlar va muammolar, ularni echish yo‘llari ochib beriladi.

Ma’ruzalarda boshqa uslublar ham keng qo‘llaniladi – ya’ni, og‘zaki bayon qilish uslubi hikoya kabi tushunishdir.

Ma’ruzaning eng ma’suliyatli qismi, uni umumlashtirish va xulosalaridir, ular bilan, odatda, ma’ruza yakunlanadi. o‘quv materialining asosligiga muallimning chuqur bilimi bilan, mantiqan to‘g‘ri tushuntirib berish malakasi, asos, ma’lumot, misollardan foydalanish bilan erishiladi. Suhbat. Bu uslub o‘z tabiatiga ko‘ra, og‘zaki bayon qilish uslubiga yaqin. Farqi shundaki, u yoki muallim bilan talaba dialogi asosida, yoki savol-javob shakllari asosida ko‘riladi. Nazorat

– tekshirish suhbati keng qo‘llamda foydalaniladi. Bu uslub navbatdagi mashg‘ulotlarda o‘tilgan ma’ruzani egallash darajasini bilishga, shuningdek, joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat o‘tkazishlarda qo‘llaniladi.

Ko‘rgazmali uslublar. Bu uslubning formulasi ko‘rgazmali o‘qitish asosi formulasini eslatadi. Pedagogik amaliyotda bir necha ko‘rgazmali uslublar qo‘llaniladi. Ulardan asosiylari namoyish qilish va ko‘rsatishdir.

Ayni paytda yangi informatsion texnologiyalar sohasini o‘quv jarayoniga tadbiq etish va qo‘llash keng quloch yozmoqda. Bunday texnologiyalar asosida o‘quv matinini yanada murakkab tashkil etilgan o‘quv materiali asosida kengaytirish va chuqurlashtirish hamda kurslar va animatsion fragmentlardan foydalanish yo‘li bilan almashtirish g‘oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holatda ajratib berilgan matn fragmentlari orasida o‘zaro bog‘lanish tugunlari qator topiladi.Ma’ruza yozishga tayyorgarlik bosqichlari.

Inson intelektining katta hajmidagi axborotni esda saqlash qobilyatini va mazkur axborotlar ichidan kommunikatsiya va tafakkur jaryonlarini assotsiatsiyalash yo‘li bilan qidiruv ishlarini olib borib ko‘plab statistik va dinamik axborotlarni informatsion fragmentlar rolini matin, grafik, sxema, videofragment, ijrochi programma va animatsiya (harakatli jarayon)lar muhim rol o‘ynaydi.

Fanlar bo‘yicha informatsion fragmentlarni animatsiyalashtirilgan holda elektron darsliklar yaratishda asosan yozma manbaalardan, ya’ni slaydlar ko‘rinishida aks ettirib, mavzuga doir rangli rasmlar bilan boyitilmoqda. Shu jumladan ma’ruza matnlarni yoritishda 5 – 10 daqiqali mavzuga doir filmlardan foydalanish qo‘l keladi va shu o‘rinda talabalarning e’tiborini hamda fikrini jamlashga erishiladi.

Informatsion fragmentlarni animatsiyalashtirilgan holda tayyorlangan elektron darsliklar talabalar uchun mazkur mavzularni eslab qolish qobilyatini oshiradi. Ayniqsa seminar va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda 30 – 40 daqiqali hujjatli yoki ushbu mavzuga doir badiiy filmlardan parchalar namoyish etish orqali slaydlarni tayyorlashda ko‘proq har xil effektlar va ranglardan foydalanish ta’sirliroq bo‘ladi.

Misol tariqasida o‘tmish tariximizga doir, xalq, Qurolli Kuchlar ananalarini, bayram bazmlarini, ma’lum bir mavzuga doir kechalar jarayonini aks etgan hujjatli filmlarni namoyish etish mumkin. SHuningdek, bevosita bo‘lajak pedagoglarni axloq – odob va kasbiy etik qoidalarini, madaniyat muomalasiga, odobiga doir ko‘rinishlarni o‘zida aks ettirgan informatsion fragmentlarni animatsiyalashtirilgan holda tayyorlash va bo‘lajak pedogoglarga o‘rgatish aynan maqsadga muvofiqdir.

Bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni hosil kilishda asosiy uslub bo‘lib, talabalarning mustaqil ishlashi hisoblanadi. Bu o‘qitishning o‘zgarmaydigan omilidir. Chuqur va kuchli bilimga ega bo‘lishda talabalarni mustaqil ishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mustaqil tayyorlanish bir necha turlardan iborat, bular nazariy bilimlarni mustaqil egallash va amaliy malaka va ko‘nikmalarni mustaqil mustahkamlashdir. Nazariy bilimlarni egallash, birinchi manba hisoblanmish, bu o‘quv adabiyotlardir. O‘quv materiallari mashg‘ulotlarda to‘liq hajmda bayon etilmaydi. Talaba mustaqil ishlash davomida dars – mashg‘ulotlaroi davrida olgan va o‘rnatilgan materialni qaytarib chiqadi va bir vaqtning o‘zida yangi bilimlarni egallaydi.

Avvalo mavzu to‘la o‘qib chiqiladi. Mustaqil ishlashning takomillashgan turi ma’lumot, referat, dokladlar tayyorlash hisoblanadi. Bu ishni quyidagi tartibda bajarish tavsiya etiladi:

avvalo, birinchi manbalar ajratiladi, o‘qib chiqib, referat rejasi yoziladi. Shundan keyin yozma bayonga o‘tiladi, bunda har bir murakkab nazariy tushuncha izchillik bilan tekshiriladi.

Talabalarning harbiy tayyorgarligida o‘quv uslublarining turli shakllari qo‘llaniladi. Ma’ruzalar, seminarlar, guruh mashg‘ulotlari, harbiy mashq mashg‘ulotlari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, kurs ishlari, maslahatlar mashg‘uloti keng tarqalgan shakllaridir.Ma’ruza yozishga tayyorgarlik bosqichlari.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba