Monologik nutqni shakllantirish usullari.

Оглавление/Munadarija

Monologik nutqni shakllantirish usullari. 

Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.

 

Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag’batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g’riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.

 

Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar — bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag’batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g’ri bog’lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.

 

Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.

 

Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g’ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g’ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog’liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.

 

Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to‘g’riligiga bog’liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi. Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim tashkilotsining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez ortishiga olib keladi.

 

Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg’ulotlar.Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning bog’cha».

 

Maqsad: Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.

 

Vazifalar:

 

Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish. Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash.

 

Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini aniqlash (xafa, xursand).

 

Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash Kutilayotgan natijalar:

 

Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi

 

Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.

 

Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.

 

Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.

 

Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar.

 

Kerakli jihozlar:

 

Mavzuga oid rasmlar.

 

Stol, stul, rangli qj-jz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.

 

Mashg’ulotning borishi:

 

Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotsi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim tashkilotsini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz maktabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim tashkilotsi haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.

 

1.Siz qathagan maktabgacha ta’lim tashkilotsi qaysi ko‘chada joylashgan?

 

2.U necha qavatli?

 

3.Maktabgacha ta’lim tashkilotsining qanday xonalari bor?

 

4.Maydoncha, yer uchastkalari bormi?

 

5.Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

 

Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim tashkilotsi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shumavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namunaviy hikoya berishi mumkin).

 

Maktabgacha ta’lim tashkilotsi Olmazor ko‘chasida joylashgan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor.

 

Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim tashkilotsini sevamiz (5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).Monologik nutqni shakllantirish usullari.  

 

Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim tashkilotsingizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir «Maktabgacha ta’lim tashkilotsi» jumlasini men chaqirgan bola aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatda-kayfiyatda aytishlari mumkin).

 

Jismoniy daqiqa:

 

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

 

1.Maktabgacha ta’lim tashkilotsi qaysi ko‘chada joylashgan?

 

2.U necha qavatli?

 

3.Maktabgacha ta’lim tashkilotmizning qanday xonalari bor?

 

4.Uning kiraverishi qanday bezatilgan?

 

5.Kimning hikoyasi sizga yoqdi?

 

O‘zbek xalq maqollari bolalarni tarbiyalaydi va ularga hayotdagi yangiliklarni o‘rgatadi.

 

O‘zbek xalq maqollari: Ishlagan — tishlaydi,

 

Ishlamagan – kishnaydi.

 

Bog’ni boqsang, bog’ bo‘ladi, Botmon dahsar yog’ bo‘ladi.

 

Boqimsiz bog’ tog’ bo‘ladi,

 

Yurak-bag’ring qon bo‘ladi.

 

Dehqon bo‘lsang kuz hayda,

 

Kuz haydamasang, yuz hayda!

 

Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinar.

 

Bugungi ishni ertaga qo‘yma!

 

Yigit kishiga yetmish hunar ham oz,Barvaqt qilingan harakat Hosilga berar barakat. Bir yil tut ekkan kishi Yuz yil gavhar teradi.

 

Bir kun burun sochsang,

 

Hafta burun o‘rasan.

 

Birni kessang, o‘nni ek!

 

Bobongning tol ekkani-

 

O‘ziga non ekkani. Gap bilan shoshma, Ish bilan shosh!

 

Ish seni yengmasin, Sen ishni yeng!

 

Ko‘pchilik qo‘lda unum ko‘p.

 

Topishmoqlar bolalarni o‘ylashga, topqirlikka o‘rgatuvchi qadimiy janrlardan biridir.

 

O‘zbek xalq topishmoqlari Tunda ko‘rib, cho‘g’ deysan, Tongda turib, yo‘q deysan.

 

(Yulduz) Keragida suvga otasan,

 

Qimirlashin poylab yotasan.

 

(Qarmoq)

 

Qo‘shaloq tovoq, Ichi to‘la yog’.

 

(Yong’oq) Oyna emas jimirlar,

 

Tek turolmas, qimirlar.

 

(Suv)

 

Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.

 

(Shamol) Kasbi doim taqir-tuqur,

 

Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.

 

(Laylak)

 

Katta oppoq dasturxon Yer yuzini qoplagan,

 

(Qor) Birlashtirib kiyimni Issiq tutadi sizni.

 

(Tugma)

 

Og’zi yo‘g’u, tishi bor,

 

Duradgorda ishi bor

 

(Arra)

 

Kundalik tarix o‘zi

 

Har yerda uning so‘zi.

 

(Gazeta)

 

Tez aytishlar Erkin egatga ertagi ekinni ertalab ekdi.

 

Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi.

 

Bir juft cho‘p ko‘pmi, qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi.

 

Jamila jiydani joyiga joyladi.

 

Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk.

 

Tez aytishni tez-tez ayt.

 

Sovuqda tustovuq sovuq qotdi.

 

Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi.

 

Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.

 

Gulsara gul saralab gul sanadi.

 

Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedengizmi?

 

O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k qalamda chizmoqchi.

 

Zanjir, sarjin, anjir.

 

Qurilishga terak kerak,

 

Demak, ekmoq kerak terak.

 

Tolib turipni tarozida tortib topshirdi.

 

Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.

 

Oltin o‘tloq – oq o‘tloq.

 

Xulosa:

 

Bolalar lug’atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar, va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.Monologik nutqni shakllantirish usullari. 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

 

manba