Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh.

Оглавление/Munadarija

Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. 

Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog’liq bo‘ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‘la-to‘kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarurdir Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi.

 

Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash, shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi, hamda u o‘smirda va yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ushbu odam nutqni ham o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.

 

Bolalarning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kattalarning taklifiga ko‘ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ertaklar, suratlar va o‘z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so‘zdagi mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o‘rgatish. Dabdurustdan tug’ilgan so‘z ijodkorligida, tovushlar va qofiyalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘zlar bilan amalga oshiriladigan sinovlarda, ularning jarangdorligi va ahamiyati, so‘zlar mazmunini talqin qilishda ko‘zga tashlanadigan so‘zlarga qiziqishni qo‘llab-quvvatlash. Til voqyeligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, bolalarni «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishtirish.

 

Lug’at. So‘zning mazmun jihatlari haqidagi tasavvurlarni takomillashtirish, bolalar nutqlarini antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitish, obrazli so‘zlar, qiyoslashlar, o‘xshatishlar, aniq fe’llarni faollashtirish. Nutqning grammatik qurilishi. So‘z o‘zgartirishdagi qiyin holatlarni (ko‘plikdagi otning bosh va qaratqich kelishigi, o‘zgarmaydigan otlar, buyruq mayllari, fe’llar shakllari, tugallangan va tugallanmagan fe’l shakllarini vujudga keltirish) o‘zlashtirishga yordam berish.

 

Fe’llar, otlar va sifatdan so‘z yasash usullarini shakllantirish. Gap tuzilmasini takomillashtirish, turli xil tuzilmadagi — oddiy, qo‘shma gaplarning, birovlar nutqining faol qo‘llanilishiga yordamlashish. Grammatik vositalarni o‘rganish jarayonida nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatni, to‘g’ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlash. Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulyatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g’ri talaffuz etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlarni to‘g’ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.

 

Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib inson hayotining eng muhim davrlaridan biri — uning birinchi «dorilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo, haqiqiy dorilfunun talabasidan farqli ravishda bola birdaniga barcha fakul’tetlarda ta’lim oladi. U jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida), matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni o‘rganadi.

 

Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga qayg’urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy shakllarini his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi. Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlarni to‘g’ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.Lug’at ishi jarayonida (va boshqa nutqiy vazifalarni hal etish jarayonida) pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to‘g’rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishishi zarur. Bolalarda fikr bildirish uchun so‘zlovchining niyatini aniq aks ettiruvchi leksik vositalarni tanlab olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

 

Bolalar bilan lug’at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagilarni hisobga olishi lozim:

 

leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili;

 

semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish); — so‘zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi.

 

Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o‘zaro bog’liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida o‘tkazish tavsiya etiladi.

 

Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar – nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar va ob’ektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalarni ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real ob’ektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va g’amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug’at mashqlari bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.

 

Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «O‘jar jo‘jacha».

 

Maqsad: Tarbiyachi tomonidan aytilgan hikoyani nihoyasiga yetkazishga, jumlalarni qisqa, lo‘nda tuzishga o‘rgatish. Vazifalar:

 

Bog’langan nutqni rivojlantirish.

 

Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash.

 

Savodga o‘rgatish. So‘zlardan gap tuzish va uni «o‘qish» malakasini o‘stirish.

 

So‘zlarni bo‘g’inlarga ajratish. Kutilayotgan natijalar:

 

Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi.

 

Sifatlarning qiyosiy (solishtirma) darajalarini yasashga o‘rganadilar.Kerakli jihozlar:

 

Mavzuga oid rasmlar Mashg’ulotning borishi. Bolalar, hozir men sizga o‘jar jo‘jacha haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jo‘jasi bor ekan. Ulardan bittasi o‘jar ekan. Onasining so‘ziga quloq solmay uni qiynar ekan. Bir kuni ona tovuq jo‘jalarga yolg’iz ko‘chaga chiqmanglar, adashib qolasiz, — deb o‘zi donlagani ketibdi. Oradan ko‘p o‘tmay haligi o‘jar jo‘ja ko‘chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri adashibdi. Yo‘lda bir gala g’ozlarni ko‘ribdi. Chi-chi mening onam qayerda ?

 

– deb so‘rabdi. G’ozlar bilmaymiz, deb suvga cho‘milgani ketishibdi. Jo‘jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi,yo‘lda kuchukchani ko‘rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb so‘rabdi.

 

O‘jar jo‘jacha yo‘lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini topib oldi. Shular haqida hikoya tuzib aytib bering.

 

Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi.

 

Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh.  Yo‘lda o‘jar jo‘jacha mushukni ko‘rib qoladi. Mushuk jo‘jani aldab tutib olmoqchi bo‘lib turganda Ona tovuq yugurib kelib mushukni ta’zirini beribdi. Ona tovuq o‘jar jo‘jachani ham urishibdi. Jo‘ja esa o‘jarligidan pushaymon bo‘libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari uchun ular 3-4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi.

 

Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni rag’batlantiradi. Tetiklashtiruvchi mashq.

 

O‘yinning borishi:Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi aytgan so‘zni bo‘g’inlab aytib berishlari kerak: to-vuq, jo‘-ja, mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi. Bolalar, hozir biz «So‘zni o‘zgartir» degan o‘yin o‘ynaymiz.

 

Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi. Ular so‘zlar bo‘ladi. 1-bola jo‘ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‘ladi. qanday gap hosil bo‘ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‘z o‘rniga boshqa so‘z qo‘yadigan bo‘lsak yangi gap hosil bo‘ladi. Masalan «Jo‘ja» so‘zining o‘rniga qanday so‘zni qo‘yamiz? Bolalar javobi: «Mushuk» qanday gap hosil bo‘ladi? Bolalar javobi: Mushuk kuchukchani uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‘zlarni o‘zgartiring. Jo‘ja mushukni ko‘rdi (Avvalgi so‘z o‘rnidagi bolalar chetga chiqadilar, ular o‘rniga boshqa bolalar chiqadilar).Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba