O’quv yurti muzeylari to’g’risidagi nizom. O’quv yurtlarida muzeylarni tashkillash.

O'quv yurti muzeylari to'g'risidagi nizom. O'quv yurtlarida muzeylarni tashkillash.

O’quv yurti muzeylari to’g’risidagi nizom. O’quv yurtlarida muzeylarni tashkillash.

Harbiy xizmatga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash  yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlash tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Harbiy xizmatga tayyorlash jarayonida yoshlar O‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa haqida»gi qonuni, Konstitutsiyasini o‘rganadilar. Yosh jangchini tayyorlash hajmi bo‘yicha kerakli harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadilar va psixologik barqarorligi tarbiyalanadi.

O‘quv muassasalarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda Vatanga sadoqatni shakllantirish, Vatan an’analari tarixini, o‘z xalqini hurmat qilishga katta e’tibor beriladi, Vatanga, xalqiga, tili, an’analari va madaniyatiga muhabbat uyg‘otishdan iborat bo‘lsa, harbiy vatanparvarlik esa aynan aniq bir maqsad – Vatanni himoya etishga tayyorlashdan iborat bo‘ladi.

O‘quv yurtida harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ko‘pgina shakl va uslublardan keng foydalaniladi. Ulardan ba’zilarini oldingi mashg‘ulolarimizda ko‘rib chiqdik:

  1. O‘zbekiston xalqi jangovar va mehnat shon-shuxrati joylari bo‘ylab poxodlar;
  2. Harbiy vatanparvarlik mavzusida nazariy konferensiyalar o‘tkazish;
  3. Urush va mehnat faxriylari bilan kechalar va uchrashuvlar o‘tkazish;
  4. Harbiy vatanparvarlik mavzusidagi ma’ruza, axborot, suhbatlar tashkil etish.

Bundan tashqari o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’at rollarini ko‘rib chiqdik. Deyarli hamma o‘quv yurtlarida jangovar va mehnat shon-shuhrati muzeylari tashkil etilgan, bu erlarda urush faxriylari, jangovar va ijtimoiysiyosiy tayyorgarlik a’lochilari bo‘lgan jangchilari bilan o‘quvchilar uchrashuvlari o‘tkazilib turibdi.

O‘quv muassasa muzeylari o‘quvchilarda g‘oyaviy – siyosiy ishonch va vatanparvarlikni yuzaga keltirishga yordam berishi va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilar ijtimoiy – siyosiy va ijodiy faolligida yordam berish, ularga qidiruv – izlanish ishlarida ko‘maklashishda xizmat qilishi kerak.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tarixda esdan chiqarib qo‘ygan ajdodlarimiz nomlari endi qayta tiklanyapti va bugun o‘quv muassasa muzeylari tariximizni o‘rganish, o‘tgan voqealarni yoritishda va tarbiyaviy ishlarda muhim rol o‘ynaydi.

O‘quv muassasalarimiz muzeylari o‘z yunalishlari bo’yicha tarixiy, xotira, o‘lkashunoslik, san’at, tabiiy-tarixiy bo‘lishi va turli yo‘nalishda ish olib boruvchi bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston jangovar va mehnat shon-shuhrati muzeylari keng tarqaldi.

Muzeylar qanday qilib paydo bo‘ladi? Odatda izquvarlar otryadi faoliyati yoki solnoma yozish bo‘yicha sermaxsul yaxshi tashkil etilgan ishlar natijasida yuzaga keladi. Bu holda muzey tashkil etish, klassik usulda olib boriladi: qidiruvlar mavzusi, qidiruv eksponatlar saqlash va namoyish etish uchun muzey tashkil etish. Muzey tashkilotchilari materiallarni saqlash, joylashtirish masalalarini xal etishlari kerak. O‘quv yurti direktori bilan xona va jihozlar ajratish  haqida kelishib olishlari lozim.

Tarbiyaviy ishlarda muzeyda saqlanayotgan materiallardan sifatli va samarali foydalanishda muzeyni pasportlashtirishni to‘g‘ri tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Bundan asosiy maqsad o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida hujjatli materiallarni va muzey materiallarini ishonchli saqlash asosida ro‘yxatlar to‘zish va to‘g‘ri foydalanishdan iborat.

To‘plangan materiallar muzey fondini tashkil etadi va o‘z raqami, aniq tarixiy sanasi, uning to‘g‘risidagi ma’lumotlar muzey qayd kitobiga yozib qo‘yiladi. Qayd jurnali qoida talablari asosida olib boriladi.

Bundan tashqari muzey har bir materiali uchun uning raqami qo‘yilib pasport tuziladi, unda ham kerakli ma’lumotlar qayd etiladi.

Shu bilan birga muzeyning umumiy pasporti ham tuziladi. Pasportning bir nusxasi muzeyda saqlanadi, qolganlari mahalliy davlat arxivi, rayon, shahar madaniyat bo‘limlarida ishda foydalanish uchun yuboriladi.

O‘quv yurti muzey tashkilotchilarining faoliyati materiallar to‘plab va saqlashdangina iborat bo‘lmaydi. Ko‘rgazmalar qanchalik boy turli — tuman va qiziqarli bo‘lishidan tashqari ularni mohirona va yorqin namoyish eta bilish kerak. Muzey vatanparvarlik, tarbiyaviy vazifadan tashqari estetik tarbiya berishi kerak. Shuning uchun muzeyni badiiy jihatdan bezatishga harakat qilish kerak.

Muzey ochilishi to‘g‘risidagi buyruq o‘quv yurti direktori tomonidan tayyorlanib xalq ta’limi (shahar), tuman bo‘limi tomonidan, rayon madaniyat bo‘limi bilan kelishilib tasdiqlanadi.O’quv yurti muzeylari to’g’risidagi nizom. O’quv yurtlarida muzeylarni tashkillash.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba