O’yinchoqlar to’qish texnologiyasi.

Оглавление/Munadarija

O'yinchoqlar to'qish texnologiyasi.

O’yinchoqlar to’qish texnologiyasi.

To‘qish, halqalarni hosil qilish usullari. O‘zbek xalqi qadimdan qo‘l hunarmandchiligi sirlarini chuqur egallab kelgan. Jumladan, o‘zbek xotin-qizlari mohirlik bilan kashta, jiyak, do‘ppi, to‘n, so‘zana kabilarni tikish bilan shug‘ullanganlar. Ular atlas va gilamlar to‘qishgan. Bor xomashyolardan foydalanganlar. Hozirgi kunga kelib ayollarimiz orasida qo‘lda kiyim — qo‘lqopchalar to‘qish keng rivojlanib bormoqda. Qo‘lda to‘qilgan kiyim-kechaklar betakror va bejirimdir. To‘qish amaliy san’atning bir turi bo‘lib, nihoyatda zavqli va foydalidir. To‘qilgan kiyim yaroqsiz bo‘lib yotmaydi yoki tashlab yuborilmaydi. Har bir to‘qish hunaridan xabari bor xotin-qiz kerakli buyumni osonlikcha to‘qib oladi va umuman to‘qigan sari o‘z-o‘ziga ishonch va yaratuvchanlik qobiliyati ortib boradi. O’yinchoqlar to’qish texnologiyasi.

To‘qish qurollari bu- spitsa va ilgakdir. Spitsa—asosiy to‘qish quroli bo‘lib, uning quyidagi turlari bor.

1.Aylana troschali.

2.Aylana naychali.

3.To‘g‘ri ikki uchi uchli.

4.To‘g‘ri bir uchli.

Spitsalar — nikellangan, po‘lat, temir, alyumin, plastmassa va yog‘ochdan yasalgan bo‘ladi. Eng foydalanishga qulay spitsa po‘latdan yasalgan, ikki uchi uchli va bir uchi uchli spitsadir. Chunki u mustaxkam bo‘lib,yog‘och va plastmassa spitsalar kabi sinib ketmaydi. Har bir spitsaning raqami bor. Spitsaning raqami uning diametrini bildiradi.

  1. Raqamli spitsani diametri 1 mm.
  2. Raqamli spitsani diametri 4 mm.

Har bir to‘qishni o‘rganuvchi talabaga har xil raqamli spitsalar bo‘lishi kerak. Chunki har bir spitsa o‘z o‘rnida ishlatiladi. Bu buyumni sifatli bo‘lishiga olib keladi.

Ilgak: Kalta [12-15sm] va[ 30-40sm] hamda ingichka va yo‘g‘on [1-6 mm] Ilgaklar bor. Har xil iplarni to‘qishda  xar bir ipning o‘ziga mos Ilgak tanlanadi. Ilgak ipdan ikki baravar yug‘on bo‘lishi kerak. Ilgak po‘lat, alyumin, plasmassa, mis va temirdan yasalgan bo‘ladi. Ilgakdan spitsada to‘qilgan, matoni birlashtirishda, mato chetini aylantirib to‘qib chiqiladi.

Buyumni qo‘lda to‘qish uchun spitsa  yoki Ilgak kerak bo‘ladi. Buyumni junli, jun aralash ip, ipak, ip paxta, ipi, quyon va echki yunglaridan yigirilgan ip, ham ip va hokazolardan to‘qish mumkin. To‘qiladigan buyumga shakl berish uchun andozaga muvofiq yoki xisobga yarasha shu halqalar soni ko‘paytiriladi.

Ilgak yordamida to‘qish. Ilgak yordamida to‘qish qo‘l mehnati turlaridan biridir. To‘qishning asosiy turlari – shnurcha, ustamali zanjir, ustamasiz zanjir to‘qish bilan tanishib olgach, namunaga yoki rasmga qarab juda xilma-xil buyumlar to‘qish mumkin. Ilgak bilan jun, oddiy ip va ipakdan har xil buyumlar to‘qish mumkin. Asosiy asbob – metalldan, yog‘ochdan, plastmassadan, suyakdan yasalgan ilgakdir. Ilgaklar: 2 dan to 6 gacha nomerli bo‘ladi. Ilgakning nomeri uning yo‘g‘onligiga va ish bajaradigan (to‘qiydigan) qismining chuqurligiga bog‘liq. Ilgak ipning yo‘g‘oningichkaligiga va sortiga qarab tanlanadi. Ip ilgakning ish bajaradigan qismining  chuqurligi (ilgagi)dan bir yarim-ikki barobar yo‘g‘on bo‘lishi kerak.O’yinchoqlar to’qish texnologiyasi.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba