Oziq – ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fani va uning rivojlanishi, maqsadi va vazifalari.

Oziq –ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fani va uning rivojlanishi, maqsadi va vazifalari.

Oziq – ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fani va uning rivojlanishi, maqsadi va vazifalari.

Mikrobiologiya (lotin tilida mikrobiologiya – micros-mayda, bioshayot, logos-fan) mayda ko‘zga asbobsiz ko‘rinmaydigan organizmlarning morfologiyasi anatomiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, hayotiy jarayonlari, o‘zgaruvchanligini, sistematik holati, tabiatda tarqalishi va h.k. larni o‘rganuvchi fan.

Hozirgi kunda bu fan umumiy, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot, veterinariya, dengiz va kosmik mikrobiologiyalariga tarmoqlanib ketgan.Oziq – ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fani va uning rivojlanishi, maqsadi va vazifalari.

Mikrobiologiya kun sayin rivojlanib bormoqda, u ayniqsa, bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, fitopatologiya, epidemiologiya, genetika va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.

Mikroorganizmlar kichik o‘lchamga ega bo‘lishidan qathiy nazar tabiatda moddalar almashinuvida, murakkab organik moddalarning parchalanishida faol ishtirok etadilar.

Mikroorganizmlarga viruslar, bakteriyalar, arxeylar, bakteriofaglar, bakteriyalarga yaqin turadigan aktinomitsetlar, ba‘zi bir zamburug‘lar, rikketsiyalar, mikoplazma va boshqalar kiradi.

Tabiatda moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazilmalar (torf, toshko‘mir, neft) hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida mikroorganizmlarning ahamiyati katta.

Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, pishloq tayyorlash sut-kislotali bijg‘ituvchi bakteriyalarning, novvoychilik, turli ichimliklar tayyorlash (spirt, vino) esa, achitqi zamburug‘larning faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir.

Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar, vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlarni sintez qilish xususiyatiga egalar.

Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar to‘planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, buning oqibatida ekinning hosili ham yuqori bo‘ladi.

Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlarning deyarli barchasi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog‘liq, masalan, tabiiy tuproq hosil bo‘lish jarayonlari, yerni o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalilikni yo‘qotish, tabiatdagi turli xil moddalarning o‘zgarishi va boshqalar mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.

Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni o‘rganish, bir qator bakterial o‘g‘itlarni ishlab chiqishga (nitragin, azotobakterin, fosforobakterin va h.k.) va ulardan qishloq xo‘jalik amaliyotida foydalanilish orqali tuproqning unumdorligi va o‘simliklarning hosildorligini oshirishga imkon yaratdi.

Mikroorganizmlar tabiatda ko‘pgina yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ekanliklarini, ularni suv va havo orqali tarqalishlari qadimdan ma‘lum bo‘lgan. Mikrobiologlarning tinimsiz mehnati tufayli hozirgi paytda har bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi aniqlanib, davolash usullari ham topilgan. Ko‘pgina farmatsevtika fabrikalari aktinomitsetlar, zamburug‘lar va bahzi bir bakteriyalarning hayotiy faoliyati mahsuli bo‘lgan antibiotiklar ishlab chiqaradilar.

XX asrda mikrobiologiyadan viruslar dunyosini o‘rganuvchi virusologiya fani ajralib chiqdi. Bu fanning asoschisi (1892 y.) rus olimi D.I.Ivanovskiydir. Ba‘zi kasalliklar: quturish, qizamiq, chechak, poliomielit kabilarning qo‘zg‘atuvchilarining faqatgina morfologiyasini elektron mikroskop kashf qilingandan so‘nggina o‘rganish mumkin bo‘ldi.

Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar yoki ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari, ularning komponentlaridan) kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida, sanoatda foydalanish degan ma‘noni beradi.

Adabiyotlarda ―Biotexnologiya‖ atamasiga mutaxassis olimlar tomonidan turli xil ta‘riflar berib kelinmoqdaki, fanning hozirgi rivojlangan davrida ham birorta aniq to‘xtamga kelinmagan. Quyida biotexnologiya sohasining yetuk olimlari tomonidan ushbu atamaga berilgan ta‘riflarga to‘xtalib o‘tamiz.

  1. Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga ko‘ra ―Biotexnologiya‖ — yangi

biokimyoviy ishlab chiqarishlar mahsulidir (vitaminlar, antibiotiklar).

  1. ―Biotexnologiya — moddalarni biosintez usuli orqali oziqa olish fanining bo‘limi

bo‘lib, u ―bioinjeneriya‖ sohasi bilan bog‘liqdir.

  1. v) A.Xasting (1983) fikri bo‘yicha ―Biotexnologiya‖ — pivo, vino, pishloq, vitaminlarni sanoat asosida ishlab chiqarish jarayonidir.
  2. g) 1980 yilda o‘tkazilgan Yevropa federatsiyasi Kengashining muhokamasida ―Biotexnologiya‖ — biologik tizimlar asosidagi sanoat jarayoni deb qaralgan.
  3. 1983 yil Bratislavada bo‘lib o‘tgan kengashda ―Biotexnologiya‖ -moddalarni katta miqdordagi sanoat asosida (biokatalizatorlar orqali) olish va atrof muhitni himoya qiladigan fan deb ta‘riflangan.
  4. A.Baev (1986), Yu.A.Ovchinnikov (1982) ―Biotexnologiya‖ biologik jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etish to‘g‘risidagi fan deb ta‘riflashgan.

Bizning fikrimizcha biotexnologiya – inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan modda va birikmalarni tirik hujayralar va organizmlar hamda ularni metobolitlari yordamida, katta hajmda tayyorlash degan ma‘noga to‘g‘ri keladi. Darhaqiqat biotexnologik jarayonlardan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari va to‘qimalari, hujayra organellalari, ularni o‘rab turgan membranalardan sof holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez qilishda), tabiiy qazilmalardan sof holda metall ajratish, oqova suvlarni tozalash va qishloq xo‘jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlash kabi sohalarda keng foydalaniladi.Oziq – ovqat mikrobiologiyasi

Fan sifatida o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida ―bijg‘itish‖, ―achitish‖ jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligining guvohi bo‘lamiz.

Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko‘p ma‘noda XX-asrning ikkinchi yarmi bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 40-yillarida mikroorganizmlardan penitsillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojida ijobiy burilish yasadi. Penitsillin ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi va muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va qo‘llash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini oldindan belgilab qo‘yiladi. Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab-chiqarish texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan.

Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyalari ham yaratila boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo‘lmaydigan aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari yo‘lga qo‘yilgan.

Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib ketdi.

Insoniyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bir qatorda undan unumli va oqilona foydalanish yo‘llari amalga oshirilmoqda. Oqsil ishlab chiqarishda har xil chiqindilardan (zardob, go‘sht qoldiqlari) va parafindan foydalanish mumkinligi isbotlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va metanoldan foydalanish mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Keyingi vaqtda mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi, immobillashgan

(maxsus sorbentlarga bog‘langan) fermentlar va mikroorganizmlar ishtirokida tayyorlash texnologiyalarining yaratilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarning har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, bir necha marotaba uzluksiz (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo‘lib qoldi.

Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularning hosildor turlarini

(shtammlarini) yaratish bilan bog‘liq. Bunday vazifani mikrobiologlar bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muhandisligi usullaridan xabardor bo‘lgan mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni faollashtirishning yana bir yo‘li ikki yoki undan ortiq bo‘lgan, biri ikkinchisining faolligini oshirib bera oladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar assotsiatsiyasidan foydalanishdir. Bu yo‘l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar va metan gazi olishda, hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng qo‘llanilib kelinmoqda.

Biotexnologiyaning asosini mikrob faoliyati tashkil qiladi. Shunday ekan faol mikroorganizmlar yaratish, ularni faglardan va tashqi salbiy muhit tahsiridan asrash masalalari ham eng muhim vazifalardan biridir.

Shu kabi qator o‘ta muhim muammolarni yechishda nafaqat mikrobiologlar, biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muhandislar va texnologlar ishtirok etishlari zarur bo‘ladi.

Bu esa, biotexnologiya fanini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun yuqorida eslab o‘tilgan fanlardan xabardor bo‘lmoqlikni taqozo etadi.

Oziq – ovqat mikrobiologiyasi

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba