Suv mikroflorasi.

Suvni tozalash.

Suv mikroflorasi.

Suv mikroflorasi. Suvda juda ko‘p mikroorganizmlar uchraydi, chunki suv tabiiy muhit hisoblanadi. Suvga mikroorganizmlar tuproqdan o‘tadi. Agar suvda oziq moddalar yetarli bo‘lsa mikroorganizmlar soni juda ko‘payib ketadi. Ayniqsa chiqindi oqava suvda bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. Artezian quduqlari va buloq suvlari esa toza hisoblanadi, ularda bakteriyalar deyarli uchramaydi. Ariq va hovuz suvlarida, ayniqsa ariq suvining 10sm gacha bo‘lgan chuqur qismida, qirg‘oqqa yaqin joylarda mikroblar soni ko‘p bo‘ladi. Qirg‘oqdan uzoqlashgan sari va chuqurlashgan sari mikroblar soni kamaya boradi. 1 ml toza suvda 100—200 dona mikrob uchrasa, iflos suvda 100000 dan 300000 gacha va undan ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa aholi yashaydigan joylardan oqib o‘tgan suvda bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. Masalan, A.S.Razumov ma‘lumotiga ko‘ra, Ural daryosining suvida aholi yashaydigan punktdan yuqorida 1 ml da 19700 bakteriya bo‘lsa, aholi yashaydigan punktdan pastda 400000 dona bakteriya topilgan.

Suvning eng yuqori qatlamida bakteriyalar kamroq, o‘rta qatlamida ko‘proq va pastki qatlamida yanada kamroq  bo‘ladi. Masalan, qirg‘oqdan 300 m narida 1 ml suvda 38 dona bakteriya, 5 m chuqurlikda 79 dona bakteriya, 20 m chuqurlikda esa 7 dona bakteriya topilgan. Yomg‘irdan keyin bakteriyalar soni ko‘payadi, yomg‘irdan oldin 1 ml suvda 8 ta bakteriya topilgan bo‘lsa, yomg‘irdan keyin ularning soni 1223 taga yetgan.

Ariq suviga nisbatan ariqning cho‘kindi moddalarida mikroblar soni ko‘p bo‘ladi, ayniqsa oltingugurt va temir bakteriyalari ko‘p uchraydi. Bulardan tashqari, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, pektinni parchalovchilar ham uchraydi. Suvda (97%) spora hosil qilmaydiganlar, cho‘kindilarda esa (75%) spora hosil qiluvchilar uchraydi.

Suvda doim uchraydigan vakillaridan: Vast. fluorescens, Vast. aquatilis, Micrococcus candicans va boshqalar, hovo‘z suvlarida esa vibrionlar, spirillalar, temir va oltingugurt bakteriyalari uchraydi. Oqava suv tarkibida milliardlab bakteriyalar uchraydi va ular orasida yuqumli ichak kasalliklarini qo‘zqatuvchi vakillar ham bo‘ladi.

Suvning eng iflos qismi polisaprob zona deyiladi, bu zonadagi suvning 1 ml da 1000000 ga yaqin bakteriya bo‘ladi. O‘rtacha ifloslangan zona mezasaprob zona bo‘lib, bu zonadagi suvning 1 ml da 100000 bakteriya bo‘ladi. Ancha toza qismi oligosaprob zona deyiladi. Bu zonadagi suvning 1 ml da 1000ga yaqin bakteriya uchraydi. Polisaprob zonada o‘simlik va hayvon qoldiqlari anaerob yo‘l bilan parchalanadi, natijada metan, vodorod sulfid, merkaptan, ammiak, organik kislotalar va aminokislotalar hosil bo‘ladi. Mezasaprob zonada moddalarning parchalanishi davom etadi:

N2S→ N2SO4 gacha, NN3 →NNO3 gacha oksidlanadi.

Oligosaprob zonada ko‘proq ikki valentli temir tuzlari uch valentli tuzlarga aylanadi. Ayniqsa ariq va hovuz suvlarida juda ko‘p patogen mikroblar uchraydi, ular orasida brotsellyoz, qorin tifi, dizenteriya tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Bitta odam 10 minut cho‘milganda tanasidan suvga 3 milliard saprofit bakteriya, 100 mingdan 20 milliongacha ichak tayoqchasi tushadi. Bakteriyalarning ko‘l suvida tarqalishi  yil fasllariga qarab o‘zgaradi. May va iyun oylarida bakteriyalar soni ko‘proq bo‘ladi. Dengiz va okean suvlarida mikroblar soni ariq suvlaridagidan kam, qirg‘oqqa yaqin joylarda esa ko‘proq bo‘ladi.

A.E.Kriss va B.L.Isachenko dengiz va okean suvlarida denitrifikatorlar borligini aniqlaganlar. Kriss va uning shogirdlari okean suvlarida spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan vakillar, aktinomitsetlar ham uchrashi mumkinligini ko‘rsatadilar.

Tinch okeandagi bakteriyalar soni va biomassa miqdori tekshirilganda quyidagi natijalar olingan. 50m chuqurlikkacha bo‘lgan qismida 1 sm3 suvda 100 minglab bakteriya topilgan, biomassaning miqdori 1 sm3 suvga nisbatan olinganda atigi bir necha o‘n milligrammni tashkil etgan. 50m dan 200m gacha chuqurlikda 1 sm3 suvda 10000 bakteriya bo‘lib, biomassa 10 mg/m3 ga, 750-3000m chuqurlikdagi suvning 1 sm3 da bakteriyalar soni 100000 gacha, biomassa esa 0,1 mg/m3 ga teng bo‘lgan. B.S.Butkevich dengiz suvida 3% ga yaqin NaCl bo‘lganda ham bakteriyalar yaxshi o‘sganligini aniqlagan.

Bakteriyalarning 60%ga yaqin shtammlari chuchuk suvlarda o‘smaganligi aniqlangan. Bu bakteriyalarni Kriss galofillar deb atagan. Galofillar Tinch okeanda 56,5% dan 88% gacha, Hind okeanida va Antarktida atrofidagi dengizlarda 53-91 % gacha uchrashi aniqlangan.

Ma‘lumki, oqava suvda uchraydigan bakteriyalarga dengiz suvi salbiy ta‘sir etadi. Masalan, Karpenter va shogirdlari (1938) aniqlash bo‘yicha, dengiz suvi 30 minut ichida oqava suvdagi bakteriyalarning 80% ni nobud qilgan. Rozenfeld va Sobbel (1947) dengiz suvidan antibiotiklar hosil qiluvchi 9 ta forma topganlar, bu antibiotiklar boshqa formalarga salbiy ta‘sir etgan.

Aholisi zich joylashgan yerlardagi suvda mikroblar juda ko‘p bo‘ladi, shahardan suv 3—4 km nari o‘tgach, mikroblar soni yana kamayadi. Buning bir qancha sabablari bor: mexanik yo‘l bilan mikroblar suv tagiga cho‘kadi, suvda oziq moddalar kamayadi, bevosita tushgan quyosh nuri ularga salbiy ta‘sir etadi, mikroorganizmlarning bir qismini sodda hayvonlar iste‘mol etadi va boshqa faktorlar sabab bo‘ladi.

Patogen mikroblardan brutsellyoz, tulyaremiya, paratif, dizenteriya tayoqchalari, vabo vibrioni va boshqalar oqava suvda uzoq muddat yashaydi. Qorin tifi tayoqchasi 21 kun, muzda 60 kun va oqava suvda 6—30 kungacha yashaydi.

Patogen mikroblar va viruslarning suvda yashash muddati

 

Mikroblar turi

 

Yashash muddati
sterillangan  suvda vodoprovod  suvida anhor  suvida
Tif salmonellalari

Shigellalar

Vabo             vibrionlari

Tulyaremiya qo‘zqatuvchisi Brutsellalar

Leptospiralar

Sil mikobakteriyalari

Bernet rikketsiyalari

Polioviruslar

Ensefalit viruslari

6—365 kun

2—72 kun

3—392 kun

 

3 — 15 kun

6—168 kun

6 kungacha

160 kundan ortiq

100 kungacha

3—350 kun

2—420 kun

5—27 kun

4—28 kun

 

92 kungacha

5—85 kun

5 kungacha

 

30 kundan ortiq

118 kundan ortiq

4—189 kun

12—92 kun

1—92 kun

 

7—31 kun

10 kungacha

150 kungacha

365 kungacha

180 kundan ortiq

Demak, ochiq suv havzalari yuqumli ichak kasalliklarini tarqatishda xavfli vosita bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suvni biologik usul bilan  tozalashga alohida ahamiyat beriladi.

Suvni tozalash. Tozalash uchun suv avval maxsus tindirgichlarda tindiriladi, bunda mikroorganizmlarning 75% cho‘kadi. Cho‘kish protsessi tez borishi uchun suvga koagulyant (ohak yoki glinozyom) qo‘shiladi, so‘ngra mayda shag‘al va qum orqali filtrlanadi. Shundan keyin esa xlorlanadi. Suvning tarkibidagi ichak tayoqchasi titr orqali aniqlanadi. Agar 300—500 ml suvda bir dona ichak tayoqchasi topilsa, suv toza hisoblanadi, shundan keyin bu suv vodoprovod orqali aholiga yuboriladi.

Ichak tayoqchasi (E. soli) uchraydigan suvning eng kam miqdori (ml.da) soli-titr deyiladi.

Koli — indeks deb ataladigan suvning yana bir tozalik ko‘rsatkichi bo‘lib, 1l suvda uchraydigan koli tayoqchalarining miqdoriga aytiladi.

 

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba