Talabalarga ommaviy mudofaa ishlarini rejalatirishga bo‘lgan talablar haqida tushuncha berish.

Talabalarga ommaviy mudofaa ishlarini rejalatirishga bo‘lgan talablar haqida tushuncha berish. 

Harbiy vatanparvarlik va mudofaa-ommaviy ishlarini rejalashtirishga bo‘lgan asosiy talablar.

Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun harbiy xizmatga tayyorlash tizimining asosiy qismi hisoblanadi. 

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng qisqa vaqt ichida asosan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tashkiliy–huquqiy bazasi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

«Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risi»dagi qonunlari, «Harbiy Doktrina», harbiy Qasamyod, harbiy qism Jangovar Bayrog‘i haqida Nizomlar, Umumharbiy Nizomlar respublika vazirliklari va boshqarmalarining normativ koidalari ishlab chikildi.

O‘rta ta’lim muassasalarida yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda markaziy shaxs – bu «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi hisoblanadi. 

Ularning hammasi ham yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega emas. Har yili o‘quv yurtlariga yosh pedagoglar – «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Buxoro va Farg‘ona Davlat Universitetlari «Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya» fakulteti bitiruvchilaridir.

Tajribalar ko‘rsatishicha yangi «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchilari chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik va harbiy vatanparvarlik tarbiyasini rejalashtirishda ko‘proq qiyinchiliklarga uchraydilar.

O‘quv yurti «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi o‘quv tarbiya jarayonini rejalashtirish muhim o‘rin egallaydi. Mahorat bilan o‘z vaqtida rejalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Mudofaa Vazirligi va Xalq ta’limi Vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga yoshlarni tayyorlash masalalari «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining asosiy boshqaruv hujjatlari talablarini chuqur bilishiga asoslanadi.

Barcha harbiy vatanparvarlik va sinfdan tashqari mudofaa-ommaviy ishlari pedagogik jamoa va «Vatanparvar» MKJ boshlang‘ich tashkilotining faol ishtirokida rejalashtiriladi.

Harbiy vatanparvarlik, ommaviy – mudofaa ishlari umumiy rejasi sinfdan va o‘quv muassasadan tashqari tarbiyaviy  ishlar tashkilotchisi (direktor o‘rinbosari) tomonidan ishlab chiqiladi va o‘quv yurti direktori tomonidan tasdiqlanadi. «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi umumiy rejaga kiritilishi uchun o‘z takliflarini beradi, Umumiy rejada quyidagi tadbirlar o‘z aksini topishi kerak:

1.                  Bo‘lim sardorlari bilan mushg‘ulot.

2.                  «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” dasturi bo‘yicha o‘quvchilar uchun guruh va individual maslahatlar.

3.                  O‘quvchilar tomonidan «Salomatlik” kompleksi hamda kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish bo‘yicha normalarni ishi.

4.                  Katta sinf o‘quvchilarini «Temurbeklar” harbiy sport o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlash. 5. Harbiy qism va harbiy o‘quv yurtlariga ekskursiyalar.

6.                  O‘quv muassasa bitiruvchisi bo‘lgan harbiylar, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik a’lochilari bilan ucharashuv o‘tkazish.

7.                  Harbiy vatanparvarlik mavzusidagi kinofilmlarni namoyish etish.

8.                  Harbiy – otaliq ishlarini tashkil etish.

9.                  Harbiy kasb tanlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish.

10.              O‘quv muassasa bitiruvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tantanali ko‘zatish.

11.              Chaqiriqqacha tayyorgarlik kursini yakunlashga bag‘ishlangan harbiy-sport bayrami o‘tkazish.

12.              Ommaviy mudofaa ishlari to‘garaklarini tashkil etish va uning faoliyati.

13.              Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik moddiy bazasini mukammallashtirish bo‘yicha

ishlar.Talabalarga  mudofaa ishlarini haqida tushuncha berish 

 

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba