Ta’lim muassasasi direktori va harbiy rahbarning, (CHQBT o’qituvchisi) majburiyatlari.

Ta'lim muassasasi direktori va harbiy rahbarning, (CHQBT o'qituvchisi) majburiyatlari.

Ta’lim muassasasi direktori va harbiy rahbarning, (CHQBT o’qituvchisi) majburiyatlari.

Davlatimizning mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va qurolli kuchlar qudratini oshirish haqida doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatib,xalqimizniavvalom bor yoshlarni o‘z Vatanini himoya qilishga tayyorlash uchun barcha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rayotganligini hozirda barchamiz yaxshi bilamiz.Konstitutsiyamizda Vatan himoyasi davlatning eng muhim vazifalaridan deb belgilangan, va bu maqsadda qurolli kuchlar tashkil etilib, umumiy harbiy majburiyat o‘rnatilgan.Unda O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.Fuqarolar qonunda  belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majbur ekanliklari to‘grisida gapirilgan.

SHu talablardan kelib chiqib,bosh vazifalardan biriga yosh avlodni Vatanni himoya  qilishga   tayyorgarligini tarbiyalash kiradi. Bu maqsad uchun  yoshlarlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlagi yo‘lga qo‘yilgan.YOCHQBT sifati uning tarbiyaviy ahamiyati harbiy rahbar, CHQBTO‘ning pedagogik malakasi va harbiy tayyorgarlik darajasi, uning g‘oyaviy-siyosiy yotukligi, uslubiy mahorati hamda ta’lim muassasasi direktori va butun pedagogik jamoa  bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.

Ma’lumki, YOCHQBTni tashkil qilish va o‘tkazishda harbiy rahbar va CHQBTO‘ markaziy figura hisoblanadi.U bevosita ta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi,uning majburiyatlari esa muvofiqlashtiruvchi xujjatlar bilan belgilanadi.Talabalarni Vatan himoyasiga tayyorlashdagi rahbarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasi direktoriga tegishli.U YOCHQBT va vatanparvarlik tarbiyasini tashkil qilish va yuqori darajasini ta’minlashga javob beradi.bu vazifani bajarish uchun u me’yoriy va boshqaruv xujjatlarini,mashg‘ulotlarning uslubiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.Harbiy rahbar CHQBTO‘ lar nomzodlarini tanlash ham direktor majburiyatlari doirasiga kiradi.

Nizomga ko‘ra bu lavozimga nomzodlarni tuman (shahar)mudofaa ishlari bo‘limlari tavsiya etadi.Lekin bu ta’lim muassasasi direktori bunday odam qachon kelishini kutib o‘tirishi kerak degani emas.Xususan tajribalar shuni ko‘rsatdiki,yaxshi harbiy rahbar,CHQBTO‘ lar bo‘lib kerakli harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan,shuningdek harbiy rahbar,CHQBTO‘larda bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlarga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ham faoliyat ko‘rsatsa bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga moyilligi bor va O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlaridagi xaqiqiy harbiy xizmatini o‘tagandan keyin YOCHQBT fanidan  dars berishga hohish,istagi bo‘lgan mazkur ta’lim muassasasi talabalari hisobidan harbiy rahbarlikka nomzodlarni oldindan tayyorlash amaliyoti bu borada tahsinga sazovordir.

Mudofaa ishlar bo‘limi bilan kelishilgan holda bu nomzod haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagandan keyin  pedagogika universitetlari qoshida 5141200-«CHHT» ta’lim yo‘nalishidagi harbiy fakultetlarga yo‘llanma olib,«CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi» mutaxasisligiga ega bo‘lishi mumkin.Ta’lim muassasalarining direktorlari pedagogik yuklamalarni harbiy rahbar,CHQBTO‘lari o‘rtasida taqsimlaydi.

Direktor yuklamalarni taqsimlashda harbiy rahbar,CHQBTO‘larning o‘quv-moddiy bazani tiklash va takomillashtirish,shuningdek,saqlash bo‘yicha ishlarini va vatanparvarlik hamda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda bevosita ishtirok etish zarurligini hisobga olishlari mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Ta’lim muassasasi direktori harbiy rahbar,CHQBTO‘ga tegishli bo‘lmagan, talabalarning o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan va ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdan chalg‘itadigan ma’muriy xo‘jalik topshiriqlarni yuklamasligi shart.YOCHQBTni murakkab vazifalarini va talabalarni vatanparvarlik tarbiyasini muvaffaqqiyatli hal qilinish darajasi harbiy rahbar,CHQBTO‘ning kasbiy va uslubiy mahoratiga bog‘liq.

Demak,o‘z g‘oyaviy-nazariy va harbiy saviyasini pedagogik malakasini oshirish ustida muntazam ishlashi uchun sharoitlar yaratish,unga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish ta’lim muassasasi direktorining muhim vazifalaridan biri  bo‘lib hsoblanadi.YOCHQBT o‘quv dasturining barcha bo‘limlari bilan mavzularni kompleks o‘rganilishini boshqa fanlarning darslari bilan bog‘lash lozim

Ta’lim muassasasining direktori o‘z xizmat doirasida:

  • YOCHQBT bo‘yicha ta’lim berishni boshlashni va yakunlashni (maktablarda har bir sinf, kollej,litseylarda har bir mutaxasislik guruhlari uchun);
  • talabalarni avtomatdan jangovar o‘qlarni otish bo‘yicha boshlang‘ich mashqlarni bajarish uchun tayyorgarlik va harbiy sport bayramini o‘tkazish muddatini;
  • YOCHQBT bo‘yicha ta’lim berishni boshlash to‘g‘risidagi buyruq mazmunini;
  • rejalashtiruvchi xujjatlarni ishlab chiqish haqida xarbiy rahbarga ko‘rsatmalarni;
  • Harbiy rahbar,CHQBTO‘ni ish faoliyatiga qarab qo‘shimcha tarzda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yo‘l-yo‘riqlarini aniqlaydi.

Harbiy rahbar,CHQBTO‘ direktor rahbarligida YOCHQBT bo‘yicha haftalik rejani,ta’lim berishni boshlash, guruh va seksiyalar sardorlarini tayinlash haqida buyruqlar loyihasini va vatanparvarlik hamda darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish,shuningdek,o‘quvmoddiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.Haftalik reja har bir sinf guruh,kurs uchun alohida bir yilga tuziladi.

Bo‘lim va mavzularni o‘tish ketma-ketligining tartibi direktor,harbiy rahbar,va CHQBTO‘larining ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan,shuningdek o‘quv-moddiybazaning holatidan kelib chiqib masalaga ijodiy yondashuv bilan qarashlariga bog‘liq bo‘ladi.SHu bilan birga har bir oyga mashg‘ulotlar jadvalini tuzish,unda mashg‘ulotlar mazmuni,vaqti va ularni o‘tkazish joyini,shuningdek, YOCHQBTbo‘yicha darsdan tashqari tadbirlarni kengroq ko‘rsatilishi tavsiya etiladi.

Direktor buyrug‘ida pedagogik jamoa,harbiy rahbar, CHQBTO‘,jismoniy tarbiya va tibbiy sanitariya tayyorgarligi o‘qituvchilarining bo‘lajak yurt himoyachilarini ta’limi-tarbiyasi borasidagi vazifalari bayon qilinadi,talabalarga tashkiliy ishlar,tartibga rioya qilish masalalarida bo‘lgan talablar, YOCHQBT bo‘yicha uslubiy komissiya tarkibi va ularning ish tartibi YOCHQBT bo‘yicha darsdan tashqari ishlarning asosiy tadbirlari muddati va o‘tkazish tartibi aniqlanadi.

Vatanparvarlik va darsdan tashqari ishlarni tashkil qilishda,YOCHQBT bo‘yicha o‘quv moddiy bazani takomillashtirishda,ta’lim muassasasining yillik rejasi uchun takliflar belgilanayotgan pallada  harbiy  rahbar, CHQBTO‘  butun pedagogik jamoaning,«Vatanparvar» qo‘mitasi  hamda otaliq tashkilotlar va  talabalarni ishtirok etishlarini unutmasliklari kerak.Guruh va seksiyalar sardorini tayinlash to‘g‘risidagi direktor buyrug‘ida guruhlarning tartib raqami,guruh va seksiya sardorlarning ismi shariflari,harbiy rahbar,CHQBTO‘ tomonidan saf hisobi talablarini sanab o‘tilishi va har bir ta’lim olayotgan uchun safdagi va harbiy xonadagi joylari,shuningdek har bir talabaga harbiy muomila qoidalari va belgilangan kiyim-bosh shakliga rioya qilish qoidalarini bajarish majburiyatlari belgilanadi.

Bundan tashqari,intizomni saqlash,o‘quv-modda bazani yaxshilanib borishini qo‘llabquvvatlash,shuningdek boshqa ishlar bo‘yicha ham guruh va seksiyalar sardorlarining vazifalari aniqlanadi.Direktorning mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va sifatli o‘tkazishni ta’minlashdagi o‘rni beqiyosdir.Ma’lumki,direktor dars rejasini (reja-konspekt) tasdiqlashi shart Ta’kidlash joizki,direktorlar harbiy rahbarlarga har bir mashg‘ulotni o‘tkazishga tayorgarlik ko‘rishida amaliy yordam ko‘rsatadi.Biroq shunday direktorlar ham borki harbiy rahbarga yordam ko‘rsatishdan chetda turishdan tashqari YOCHQBTning mazmun va mohiyati xaqida to‘laroq tushunchaga ham ega emaslar.

Odatda direktor va harbiy rahbar,CHQBTO‘ mashg‘ulot rejasida quyidagilar

ko‘rsatilishini yodda tutishi kerak:

  1. Dasturning qaysi bo‘limi bo‘yicha qaysi sinf talabalari (kurs) bilan mashg‘ulot olib

borilishini.

  1. Mavzuni nomi, mashg‘ulotning tartib raqami va mazmuni.
  2. Mashg‘ulotning o‘quv-tarbiyaviy maqsadi, unga ajratiladigan
  3. Uslubi va mashg‘ulot joyi.
  4. Moddiy ta’minoti.
  5. Qo‘llanma va ko‘rsatmalar.
  6. Harbiy rahbar CHQBTO‘ning mashg‘ulotlarni olib borishida beriladigan buyruqlar va ta’lim oluvchilarning harakati bayon etilishi (taktik tayyorgarlik bo‘yicha-kirish va vaziyat). Uy vazifasi.

Ta’lim  muassasasi direktoriga mashg‘ulot rejasini oldindan ko‘rib chiqish va  harbiy rahbar,CHQBTO‘ga amaliy yordam ko‘rsatish uchun (mashg‘ulotga 7 dan kam  bo‘lmagan  vaqtda) birma-bir ko‘rsatib chiqish  tavsiya etiladi.

Direktor va harbiy rahbar,CHQBTO‘ alohida e’tiborni otish o‘quv mashqlarini   o‘tkazishga qaratishi kerak.Kichik kalibrli miltiqdan tayyorlov mashqlarini bajarishga faqat harbiy  rahbar, CHQBTO‘  baholashiga   ko‘ra   quroldan  otishga tayyor  talabalarga ruxsat berish  tavsiya etiladi. Qolgan     talabalarning katta qismi, tajribalar   ko‘rsatishicha, tayyorgarlik darajasiga  qarab     otish o‘quv  mashqlarini o‘qishdan    tashqari  vaqtlarda bajarishlari kerak.YOshlarni  vatanparvarlik  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanadigan  har bir  kishi bu borada  chaqiruvga  qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning  ahamyatini  chuqur  anglab  etmog‘i  lozim. E’tibor bilan   qaralsa  xaqiqatdan  ham  YOCHQBT   fani bo‘yicha ma’suliyatli, g‘ayratli yaxshi mutaxasis o‘qituvchisiga  va  mukammal O‘MB ega  bo‘lgan ta’lim  muassasalarida   vatanparvarlik  tarbiyasi  ishlari  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan va  buning  natijalari  ta’lim  muassasasida  o‘rnatilgan  tartib  intizomda, tuman ,shahar, viloyat va  respublika  miqyosida o‘tkazilayotgan  tadbirlarda, ayniqsa muddatli harbiy xizmatni  a’lo  darajada o‘tashida   yaqqol  ko‘zga  tashlanib kelmoqda. Ayniqsa  butun  bir  pedagogik  jamoaning   kuchi  vatanparlik  tarbiyasi  ishlariga  mohirona  yo‘naltirilishi,  xar  bir  ma’sul  xodimning  ish  jarayonida  yangi — yangi  taklif  va  g‘oyalarni  shakllanib  borishiga sharoit  yaratadi  .Bu  esa  ta’lim – tarbiyani   yanada  yuksalishida,  pedagogik  jamoaning bir-birlari  bilan  yanada  jipslashib   har  qanday  masalaning  echimini  ijobiy  hal  qilishida  juda  katta  ahamiyatga  ega.

 

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba