Ta’lim muassasasi va mudofaa-sport sog’lomlashtirish lagerlarida o’smirlarni CHQBT bo‘yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazishga bo’lgan asosiy talablar.

Ta'lim muassasasi va mudofaa-sport sog'lomlashtirish lagerlarida o'smirlarni CHQBT bo‘yicha mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazishga bo'lgan asosiy talablar.

Ta’lim muassasasi va mudofaa-sport sog’lomlashtirish lagerlarida o’smirlarni CHQBT bo‘yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazishga bo’lgan asosiy talablar.

Mudofaa-sport sog’lomlashtirish lagerlarida. CHQBT bo‘yicha boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq ta’lim muassasasi direktori mashg‘ulotlarning o‘tilishini va talabalar tomonidan o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish sifatini nazorat qiladi, hamda o‘quv qurollarini, kichik kalibrli miltiq va uning o‘q-dorilarini hisobini va texnik holatini nazorat qiladi.

Mashg‘ulotlarni tekshirish harbiy rahbar, CHQBTO‘ning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordami bilan nazorat vazifalarini mujassam  qilishi kerak. Tekshiruvni  shunday hisob bilan rejalashtirish kerakki, o‘quv yili davomida ta’lim dasturining barcha  bo‘limlar bo‘yicha, ayniqsa tashkiliy munosabatda eng muhim va murakkab mavzular hisoblanadigan (masalan: «Askarning jangdagi  harakatlari», «Avtomatdan  qo‘zg‘almas  nishonga  otish», «Avtomatning qism  va mexanizmlarini vazifalarini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar», «Vzvod bo‘yicha pobonning majburiyatlari», «Harbiy harakatlar ishtirokchilarining axloq  kodeksi», «Qurolsiz  bajariladigan saf amallari va harakatlari») mashg‘ulotlarga kirish imkonini bersin.

Tekshiruv vaqtida o‘quv va tarbiyaviy maqsadlarining muvofiq kelishiga, dasturning usulubiy talablariga, mashg‘ulotning g‘oyaviy darajasi va tarbiyaviy ahamiyatiga, moddiy ta’minotiga, vaqt taqsimotiga va o‘quv materialini bayon qilish tartibi va tushunarligiga, uning avval  o‘rganilgan materiallar bilan  bog‘liqligiga, usul va harakatlarni amaliy o‘rganishni tashkil  qilish qobiliyatiga  va fanlararo aloqalar amalga oshirilishiga, o‘zini tutish qoidalariga, shuningdek, nizom talablarini ta’lim oluvchilar tomonidan bajarilishiga e’tibor berish kerak.

Talabalar tomonidan o‘tilgan o‘quv materiali qanchalik o‘zlashtirilganini qanday qilib tekshirish mumkin?  Direktor (yoki  uning topshirig‘i bo‘yicha harbiy rahbar, CHQBTO‘) savollar beradi, amaliy harakatlarni bajarib berishini so‘raydi. Agar  mashg‘ulotda bir qancha o‘quv joylari masalan: otish  tayyorgarligi  mavzusi bo‘yicha tashkil qilingan bo‘lsa,  direktor  talabalarning bajaradigan vazifasini har biri ustida bajariladigan ishlari  bo‘yicha tekshirib chiqadi. Savolga javob yoki   harakatni   amaliy bajarilishi baholanadi.

Nazorat topshiriqning eng samarali va maqsadga yo‘naltirilgan shakli –– bu ta’lim muassasasi direktori o‘tilgan mavzulardan birini darsdan tashqari vaqtda    o‘tkazishi mumkin, (o‘quv choraklarini oxirida, otish  tayyorgarligi bo‘yicha kichik kalibrli miltiq va avtomatdan o‘q otish tayyorlov mashqlarini bajarishdan oldin, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa dala o‘quv mashg‘ulotlari (yigin)ga chiqishdan oldin) talabalar tomonidan o‘zini tuta bilish odobini, muomila va belgilangan kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini bajarilishini, navbatchi (navbatchi yordamchisi) ning majburiyatlarini bajarilishini direktor tomonidan kundalik kuzatilishi  juda   katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘quv tarbiyaviy ishlarning natijalar hisoboti o‘quv yili uchun may-iyun oylarida qilinadi. Pedagogik kengashning  yig‘ilishi oldidan doklad tayyorlanadi. Unda CHQBT va jismoniy tarbiyaning sifati, dastur materiallarini qay darajada o‘zlashtirilganligi, «Alpomish va Barchinoy» kompleksi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi tahlil qilinadi.

Bundan  tashqari o‘quv-moddiy bazasining  holati,  talabalarning intizomi va tashkilotchilik darajasi, CHQBT va tibbiy-sanitariya tayyorgarligi bo‘yicha uslubiy komissiya ishi samaradorligi albatta baholaniladi. Vatanparvarlik tarbiyasi  mashg‘ulotlari qanday amalga oshirilgani darsdan tashqari  vaqtda o‘tkaziladigan vatanparvarlik tadbirlarining yo‘nalishi, samaradorligi qayd qilinadi. mudofaa-sport sog’lomlashtirish lagerlarida

Ma’ruzani sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi, harbiy rahbar, CHQBTO‘, jismoniy tarbiya, tibbiy  bilim asoslari fani   o‘qituvchilari tayyorlaydi. Pedagogik kengash materiallari CHQBT bo‘yicha ta’limni yakunlash haqidagi direktor buyrug‘ini asosini tashkil qiladi. Bunda dastur bajarilishiga baho  beriladi, xulosalar qilinadi, pedagogik jamoa va talabalarga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yiladi.

Bir yilga CHQBT va xarbiy bilimlarni targ‘ibot qilish  xulosasini chiqarilishining  muhim shakli – talabalar Qurolli  Kuchlarda xizmat qilishga o‘z amaliy va jismoniy tayyorgarligini namoyish qilishi mumkin bo‘lgan harbiy-sport bayramini  tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha buyruqni ta’lim muassasasi direktori (o‘tkazishga 2-3 oy  qolganda) chiqaradi.  Direktor  (bir oy qolganda) bayram rejasini ham tasdiqlaydi.

O‘quv yili tugaganidan keyin  ta’lim muassasasi direktori tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga CHQBT va talabalar bilan olib borilgan  vatanparvarlik ishlarining  holati haqida hisobot  beradi. Hisobotda albatta dastur bajarilishi haqida ma’lumotlar (agar nimadir bajarilmagan bo‘lsa, buning sababi?) nazorat natijalari, direktorning xulosasi, o‘quv — moddiy baza va qurol-aslaha mulk va asboblar bilan ta’minlanganlik holati, vatanparvarlik ishlarining  aniq tadbirlari haqida ma’lumotlar, CHQBT holatining umumiy   bahosi ko‘rsatiladi. Maxsus maktab-internatlari va  harbiy  litseylarini   guruh tarbiyachi sardorlarining majburiyatlariga kelsak, o‘zining amaliy  ishida u asosan harbiy rahbar  majburiyatlariga amal  qiladi, lekin maxsus maktab-internat  va harbiy litseylarning ishlari o‘ziga xosligidan kelib chiqqan ma’lum bir xususiyatlarga ega.

Gap shundaki, Respublika harbiy litseylari chaqiruvga qadar va chaqiriq yoshida bo‘lgan, o‘smirlarni oliy harbiy maxsus o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. SHuning uchun mazkur  ta’lim muassasasi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikka  va jismoniy tarbiyaga asosiy e’tiborni ber

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba

adi.

 

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba