Munadarija
Temurbeklar harbiy-sport o’yinlarining yoshlarning XVT dagi tarbiyaviy ahamiyati.
Temurbeklar harbiy-sport o’yinlari. O‘quv yurtlarida harbiy va harbiy Vatanparvarlik ishlari uslublari samarali bo‘lishi uchun harbiy ishlar asoslari va harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish, hamda turli hil va mazmundagi harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish muhim rol o‘ynaydi.
Harbiy-sport o‘yinlari harbiy hizmatga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayonini sifat va samarasini oshirish yo‘nalishidagi, yoshlarni sog‘lomlashtirish masalalarini hal etish va davlat dasturlarini amalga oshirish asosiy vositasi sifatida asosiy yo‘nalish deb qaraladi.
Hozirgi kunlarda Mudofaa vazirligi tomonidan Xalq ta’limi, «Yoshlar ittifoqi», «Nuroniy» jamg‘armalari, manfaatdor vazirlik va tashkilotlar, hokimiyatlarning faol ishtirokida o‘tkaziladigan “Temurbek izdoshlari” harbiy-sport o‘yinlari o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy hisoblanadi.
So‘nggi yillarda bu harbiy-sport o‘yinlarida o‘quv yurtlaridan yo’z mingdan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Respublika harbiy litseylari o‘quvchilari o‘rtasida «Amir Temur avlodlari» harbiy-sport o‘yinlari o‘tkazish har yilgi odatga aylangan.
Ana shu harbiy-sport o‘yinlari qatorida Respublika o‘quv yurtlarida harbiy-sport bayramlari, harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlar spartakiadalari, o‘quv yurtlari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari kabi musobaqa turlari ham keng tarqalmoqda.
Ushbu ma’ruzamizda biz “Temurbek izdoshlari” harbiy-sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni ko‘rib chiqamiz.
Sport bilan shug‘ullanib yoshlar o‘zlarida jasorat, dovyuraklik, iroda, dadillik kabi Vatan himoyachisi uchun juda zarur sifatlarni shakllantiradilar. Yoshlarni jismoniy va harbiyVatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiy-sport o‘yinlari harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish muhim o‘rin tutadi. Bundan maqsad o‘quvchi-yoshlarni o‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida hizmatga tayyorlashni takomillashtirish, ularda Vatanparvarlik hissi, o‘z xalqi, milliy tarixiy an’analarini hurmat qilishni tarbiyalash va Vatanni himoya qilishga doim tayyor bo‘lishlarini ta’minlash. Musobaqalar qoidasi bo‘yicha bosqichlari, muddati, tashkilotchilari, komandalar tarkibi va shu kabilar belgilanadi.
“Temurbek izdoshlari” harbiy – sport Musobaqalari Nizomi
O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi ijroiya
Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi kollegiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi kollegiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi kollegiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Jismoniy tarbiya va sport Qo‘mitasi kollegiyasi, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirnsh jamg‘armasi boshqaruvi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi kollegiyasi. Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy Kengashi rayosati, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosati, O‘zbekiston Davlat Teleradiokompaniyasi kollegiyasi, O‘zbekiston Faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamqarmasi boshqaruvining umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari va o‘rta maxsus kasbhunar talimi tizimidagi talabalarni harbiy vatanparvalik ruhida tarbiyalash, o‘smirlarni Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatga va harbiy bilim yurtlariga o‘qshga kirishlariga tayyorlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Temurbek izdoshlari” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi
QO‘SHMA QARORI
Respublikamiz o‘quvchi-yoshlarini Qurolli Kuchlar saflarida harbiy xizmatga va oliy harbiy bilim yurtlariga kirishga tayyorlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targib qilish, o‘zaro madaniy-sport aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Mudofaa, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, «Nuroniy» jamg‘armasi,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Teleradiokompaniyasi
QAROR QILADILAR:
- Respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘kuvchilari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi talabalar o‘rtasida muntazam ravishda har yili “Temurbek izdoshlari” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazilsin.
- Musobaqalarning barcha bosqichlari o’tkazilishi mobaynida sport musobaqalari bilan bir qatorda o‘quvchi va talabalarning badiiy havaskorlik jamoalari, respublikaning taniqli san’atkorlari ishtirokida madaniy dasturlar uyushtirilishi belgilab qo‘yilsin.
Musobaqalarning quyi bosqichlari Nizomda belgilangan muddatlarda Respublikaning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi yuqori sinf o‘quvchi-talabalari o‘rtasida har yili o‘tkazilishi, Respublika final bosqichi esa navbat bilan bir yil Xalq ta’limi vazirligi tizimi maktab o‘kuvchilari, ikkinchi yil o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi talabalari o‘rtasida o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
Qo‘shma qarorni imzolovchi vazirlik (tashkilot)larning tegishli boshqarma va bo‘linmalari zimmasiga musobaqalar o‘tkazilishida belgilangan vazifalarni (1-ilova) amalga oshirish vazifalari topshirilsin.
Turnirning Nizomi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Musobaqani tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy ko‘mitasi a’zolarining tarkibi tasdiqlansin, Tashkiliy qo‘mitaga vazirlik va tashkilotlardan a’zo bo‘lib kirgan xodimlar o‘z tizimlarida musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha mas’ul ekanligi eslatib o‘tilsin. Har bir viloyatda tashkiliy qo‘mita tuzilib, ular har bir bosqichning o‘tishi to‘g‘risida Respublika tashkiliy qo‘mitasiga axborot berib borsinlar.
Viloyat tashkiliy ko‘mitasi tomonidan musobaqalarning yakuniy final bosqichiga keladigan viloyat jamoasining kelib-ketish harajatlarini qoplash hokimliklardan so‘ralsin.
O‘zbekiston Davlat Teleradiokompaniyasidan turnirning Respublika yakuniy boskichiga 1oy qolgan muddatda tegishli reklama roliklarini tayyorlab, berib borish so‘ralsin hamda qarorni imzolovchi barcha vazirlik va tashkilotlarga o‘z kanallari, nashrlari orqali musobaqalarni keng yoritib borish vazifasn topshirilsin.Temurbeklar harbiy-sport o’yinlari
- Qarorning bajarilishini va joylardagi tuzilmalarga etkazilishini ta’minlash mazkur vazirlik va tashkilotlarning tegishli bo‘limlari zimmasiga yuklatilsin.Temurbeklar harbiy-sport o’yinlari
Muallif: Ruxsatov A.Q.