Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.

Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish. 

Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqni o’stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur.

 

Bolalarnutqini rivojlantirish mavzu rejasiga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb topdik:

 

1. Tevarak – atrof va ona Vatan.

 

«O’zbekiston — mening Vatanim».

 

Samarqand, Buxoro, Toshkent, ko’hna Urganch, Xiva, Qo’qon – qadimiy shaharlar.

 

1-sentabr – O’zbekistonning mustaqillik kuni.

 

I.A.Karimov – O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. Toshkent metropoliteni.

 

Mustaqillik maydoni.

 

Toshkent teartlari.

 

Mening shaxrim, mahallam.

 

Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona.

 

Oilamiz shajarasi.

 

Bizning oila.

 

Ona tilim –jonu dilim. Til bilgan – el biladi.

 

Jonajon o’lka tabiati.

 

Hamdo’stlik mamlakatlari.

 

2. Buyuk siymolar:

 

Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur – bizning bobolarimiz.

 

Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar.

 

«Alpomish» dostoni – milliy g’ururimiz.

 

Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar – buyuk adib.

 

O’lkamizda dong taratgan sportchilar, adiblar, san’atkorlar.

 

3. Bayramlar va marosimlar, sayllar, urf-odatlar.

 

Yangi yil bayrami. Onalar bayrami Navro’z bayrami.

 

Xotira va qadrlash kuni.

 

Mustaqillik bayrami.

 

Vatan himoyachilari kuni. Mening akam askar.

 

8 dekabr’ – Konstitusiya kuni.

 

Sayllar: qovun sayli, hosil bayrami, gul sayli v.b.

 

4. O’zbek halq ijodi:

 

O’zbek halqining hunarmandchilik san’ati.

 

Halq me’morchilik san’ati.

 

Halq qo‘shiqlari, laparlari, alla, ertak, maqol va topishmoqlar, tez aytishlar:

 

Tasviriy san’at asarlari.

 

5. Kattalar mehnati.

 

Sanoat korxonalariga sayohat.

 

Kasblar haqida ma’lumot.

 

Dehqonchilik, bog’dorchilik, sohalari haqida ma’lumot.

 

So’pon-cho’liqlar, sut sog’uvchilar mehnati tushuncha hosil qilish. Pillakorlik mehnati.

 

Qurilish ob’yektlariga sayohat.

 

Qurilishda ishlatiladigan asbob – uskunalar.

 

Maishiy xizmat ko’rsatish sohalari. Madaniyat hodimlari.

 

Yo’l harakati qoidalari. Aloqa vositalari.

 

1.Bolalar o’yinlari.

 

Ot o’yin, do’ppi o’yin, hammompish, tosh o’yini, chillak, varrak, loysuvoq o’yini.

 

Chitti gul, oq terakmi – ko’k terak, tepdik – sandiq ochildi, boychechagim boylandi, hakkalakam – dukkalakam.

 

«Qorxat», «Qorqiz». «Qorbobo» o’yinlari.

 

Tevarak atrof bilan tanishtirish  Yuqoridagi mavzularning har biri bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini boyitish bilan birga, bog’lanishli nutqni ham rivojlantirishga hizmat qiladi. Masalan, 1-sentabr mustaqillik kuni umumhalq bayrami sifatida nishonlanar ekan, avval guruhdagi ertaliklar, so’ng bolalarning ota-onalari bilan Toshkentdagi mustaqillik maydoniga, shahardagi milliy boqqa sayohat uyushtirish natijasida ularning lug’atida mustaqillik bayrami, mustaqillik maydoni, milliy bog’, Alisher Navoiy xaykali, O’zbekistonning birinchi Prezidenti – I.A.Karimov, O’zbekiston Gerbi, O’zbekiston bayrog’i, O’zbekiston madhiyasi, Toshkent – O’zbekiston poytaxti, metropoliten kabi tushuncha va birikmalar bilan boyiganligining guvohi bo’ldik. Bolalarning so’z zahirasi bevosita ko’rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik. Masalan, Toshkent shaxri bo’ylab sayohat natijasida bolalarning lug’at boyligiga birdaniga bir nechamavzu bo’yicha so’zlar, birikmalar qo‘shiladi. Masalan, Amir Temur maydoni,Amir Temur haykali, Amir Temur – buyuk sarkarda, Toshkent mehmonhonasi, «O’zbekiston» mehmonhonasi, O’zbekiston tarixi muzeyi, San’at saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, Chorsu bozori, Hayvonot bog’i kabilar shular jumlasidandir. Bular 6-7 yoshli bolalarning kundalik turmushda hali ishlatilmasa-da, ularningxotirasi kuchli bo’lgani bois so’z va birikmalarni yaxshi o’zlashtirib oladilar. Bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug’at boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.

 

Qishloq bolalariko’proq o’ynaydigan o’yinlar ularning sanoqlarni o’rganishga, nafas yo’llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug’at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa, qo’shiq-o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.Bir ikki, o’n olti,

 

O’n olti deb kim aytdi?

 

O’n olti deb men aytdim,

 

Ishonmasang sanab ko’r… (O’yindagi bolalar sanaladi). Yoki,

 

Hakkalakam, dukkalakam, Chori amal, beri amal,

 

Qayda edi, tog’da edi Tog’man, zuvman…

 

(Chillak zuvillanadi).

 

Ayni paytda qo’shiq-o’yinlar, topishmoq-o’yinlar, sanoq o’yinlar bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi.

 

«Chitti gul-o, chitti gul», «Oq terakami – ko’k terak», «Tepdim sandiq ochildi» ertak – o’yinlari ham shunday ahamiyatga ega o’yinlardan sanaladi.Chitti gul-o, chitti gul, Hay-yu, chitti gul. Chittigulga gul bosay,Hay-yu, chitti gul.

 

Dukur-dukur ot keldi,

 

Chiqib qarang kim keldi? Aravada un keldi,

 

Childirmada pul keldi.

 

Hay-yu, chitti gul, Hay-yu, chitti gul.

 

Yoz fasli bilan bog’liq «Laylak keldi, yoz bo’ldi» qo‘shig’i ham bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan hisoblanadi: Laylak keldi, yoz bo’ldi,

 

Qanoti qog’oz bo’ldi. Laylak boradi toqqa, Quloqlari halqa. Halqasi tushib qoldi,O’tirdi yig’lamoqqa.

 

«Chitti gul», «Dukur-dukur ot keldi», «Aravada un», «Childirmada pul», «Oftob chiqdi olamga», «CHo’pchak ter», «Kulcha yopdi bir o’choq», «Laylak keldi, yoz bo’ldi», «Qanoti qog’oz bo’ldi» mazmuni gullar qushlar, narsalarning nomi, ularning asl va ko’chma ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yodlash qobiliyatini oshirib, yangi-yangi so’zlarning ma’nosini bilib olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug’at boyligini faollashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra jilolariga qiziqishni oshiradi. Bolalikda o’yin jarayonida yod olingan bu qo’shiqlar har bir insonning qalbida umr bo’yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya etilgan mavzular bolalar nutqining grammatik tuzilishini shakllantirishda ham yordam beradi. Bolalar nutqining grammatik qurilishini shaklantirish esa bog’lanishli nuqni rivojlantirishda eng muhim talablardan sanaladi. Tevarak atrof bilan tanishtirish 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba