Munadarija
Tuproq mikroflorasi.
Tuproq mikroflorasi. Tuproqda juda ko‘p mikroorganizmlar uchraydi, ya‘ni bir 1g tuproqda millionlab yoki milliardlab bakteriya bo‘ladi. Havo va suvga nisbatan tuproqda bakteriyalar ko‘p bo‘ladi. Tuproq asosiy manba bo‘lib, undan mikroblar havo va suvga o‘tib turadi. Tuproqda turli-tuman bakteriyalar, aktinomitsetlar, mog‘orlar, achitqilar, suvo‘tlar va sodda hayvonlar uchraydi.
Ba‘zi olimlarnnng hisoblashicha, 1ga haydaladigan yerning 25sm chuqurlikkacha bo‘lgan qatlamida 3—5 tonnagacha bakteriya uchrar ekan. Bakteriyalarning tuproqda tarqalishi tuproqning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqqa tushgan o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i hisobiga mikroorganizmlar juda ko‘payib ketadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar soni tuproqning turiga, fizik-ximiyaviy xossalariga va iqlim sharoitiga ko‘ra har xil bo‘ladi.
Tuproq turlariga qarab mikroorganizmlarning miqdorini o‘zgarishi
Tuproq turi | 1g tuproq tarkibidagi bakteriyalar soni |
Torfli-botqoq tuproqlar
Suv bosgan o‘tloqlar tuproqlar Loyli podzol tuproqlar O‘rmon-podzol tuproqlar Ekin ekib kelinadigan bo‘z tuproqlar Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar Qora tuproqlar Janubiy qora tuproqlar Tomorqa tuproqlari |
707000000
549000000 852000000 2 246000000 1622000000 1830000000 1930000000 3500000000 5286000000 |
Tuproqning yuza qismida mikroblar ko‘p bo‘ladi, pastga tushgan sayin ularning soni kamayib boradi.
Tuproqning genetik zonalari bo‘yicha bakteriyalar soni
(1g tuproqda million dona hisobida, S.Razumov va N.Remizov ma‘lumoti)
Mikroorganizmlar ko‘proq 10-15 sm li qatlamda ko‘p bo‘ladi, chunki bu yerga quyosh nurlari tik tushmaydi, oziq va namlik yetarli bo‘ladi. Chuqur qatlamlarda bular kam bo‘ladi, chunki tuproq tabiiy filtr vazifasini bajaradi va bakteriyalarni yer osti suvlariga kam o‘tkazadi.
Tuproqda turli-tuman fiziologik gruppalarga mansub bo‘lgan aeroblar, anaeroblar, saprofitlar, nitrifikatorlar, azotfiksatorlar, sellyulozani parchalovchilar, oltingugurt bakteriyalari, spora hosil qiluvchilar va spora hosil qilmaydigan vakillari keng tarqalgan.
Yil fasllariga qarab tuproqdagi mikroorganizmlar soni ham o‘zgarib turadi.
Yil fasllariga qarab tuproqdagi mikroorganizmlar soni
Ayniqsa o‘simliklarning ildiz sistemasi atrofida bakteriyalar ko‘p to‘planadi, ularning ko‘pchiligi aerob, tayoqchasimon (Pseudomonas) spora hosil qilmaydigan vakillardir, Pseudomans avlodiga mansub bakteriyalar uglevodlar, organik kislotalarni o‘zlashtiradi va o‘zi ham bir qator vitaminlar sintezlash xususiyatiga ega. Bu vitaminlarni o‘simliklar o‘zlashtiradi.
G.M.Shavlovskiy o‘z ishlarida Pseudomonas lar quyidagi vitaminlarni sintezlashini ko‘rsatdi.
Mikroorganizmlarda vitaminlar sintezlanishi
(hujayraning 1g quruq vazniga nisbatan gamma hisobida)
- Mishustin fikriga ko‘ra, tuproqdagi organik moddalar parchalanganda bakteriyalarning biotsenozlari almashinib turadi. Avvalgicha, tuproqda tez va oson parchalanadigan moddalar bo‘lganda, asosan spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon bakteriyalar keng tarqaladi, keyinchalik ularning o‘rnini spora hosil qiluvchi aerob bakteriyalar egallaydi.
Tuproqdagi mikroorganizmlarni hisoblash uchun 1924 yili S.N.Vinogradskiy yangi metod ishlab chiqdi. Uning mohiyati quyidagidan iborat:
Ma‘lum hajmdagi yoki miqdordagi tuproq suspenziyasidan olib surtma (mazok)tayyorlanadi, so‘ngra u karbol kislotada eritilgan eritrozin bilan bo‘yaladi va mikroskopda ko‘rib mikroorganizmlar soni hisoblanadi.Tuproq mikroflorasi
- Germanov bakterioskopik metodni yanada mukammallashtirdi. U tuproq zarrachalariga osh tuzi bilan ta‘sir etadi. Natijada tuproq kompleksidan kalsiy va tuproq zarrachasi ichidagi va ustidagi bakteriyalar bo‘shaydi. Bu metod bilan hisoblaganda, 1g tuproqdagi bakteriyalar soni 10 milliardga yetgan. Tuproqqa yaxshi ishlov berilsa, yerda bakteriyalar soning ortishini quyidagi jadval ma‘lumotlaridan ko‘rish mumkin.
Tuproq hosil bo‘lish protsessida tirik organizmlarning: bakteriyalar, zamburug‘lar, info‘zoriyalar, suvo‘tlar, o‘simliklarning ildizi va bir qator hayvonlarning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Rizosfera bakteriyalari. O‘simliklar ildizi ta‘siri ostidagi zona rizosfera deyiladi. Rizosfera mikroorganizmlari ildizlar yuzasida va o‘simlik ildizlariga bevosita taqalib turadigan tuproqda ko‘plab rivojlanadi. N. A. Krasilnikov ma‘lumotiga ko‘ra, makkajo‘xori, kungaboqar, soya va boshqa ekinlar rizosferasidagi mikroorganizmlar soni kontrol yerlardagiga qaraganda 5-10 baravar ko‘p bo‘lar ekan.
O‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan yerlardagi bakteriyalar soni (1g tuproqda million dona hisobida)
Rizosferada 3 ta zona farq qilinadi:
- mikrofloraga nihoyatda boy bo‘lgan ildizlar yuzasi;
- ildizlarga taqalib turadigan tuproqning yupqa qatlami;
- ildizlar yuzasidan 0,5-1mm narida bo‘lgan haqiqiy rizosfera Bu zonada mikroorganizmlar uchun oziq ko‘p bo‘ladi.
Rizosfera zonalarida mikroorganizmlar juda ko‘p miqdorda bo‘ladi, o‘simliklarning rivojlanish fazalariga qarab, ularning soni ham o‘zgarib turadi. Odatda, urug‘lar unishidan to gullash davrigacha mikroorganizmlar soni ortib boradi, gullash davrida kamayadi. Zamburug‘lar, aktinomitsetlar va sellyulozani parchalovchi bakteriyalar soni esa gullash davrida ortadi. Rizosferada ko‘pincha spora hosil qilmaydiganlardan: psevdomonaslar, mikobakteriyalar, radiobakteriyalar va boshqalar uchraydi.
Bakteriyalar o‘simliklar uchun fiziologik aktiv moddalar hosil qiladi, qoldiq moddalarni parchalaydi va o‘z navbatida yuksak o‘simliklarga ta‘sir etib turadi. O‘simliklar ildizidan chiqqan moddalardan esa rizosfera bakteriyalari foydalanadi. Yuksak o‘simliklarning barglari va novdalarida epifit mikroflora bakteriyalari uchraydi. Bular orasida eng ko‘p uchraydigan vakil Vast.herbicola dir.
Nemis olimi E.Libbert (1966) epifit mikroflora bakteriyalari fiziologik aktiv modda – geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega degan fikrni aytadi. Lekin V.I.Kefeli (1969, 1971) karam o‘simligi steril muhitda L- triptofandan geteroauksin sintezlashini ko‘rsatadi.
A.A.Tarasenko (1972) epifit mikroflora makkajo‘xori maysalarining o‘sishiga va moddalar almashinuvi protsessiga ijobiy ta‘sir etganligini kuzatgan. Ajratib olingan 12 tur bakteriyadan atigi 6 turi geteroauksin sintezlash xususiyatiga ega ekanligi ma‘lum bo‘lgan.
Mikoriza. 1881 yili polyak olimi F. M. Kamenskiy mikoriza hodisasini kashf etadi.
O‘simliklar ildizi bilan zamburug‘lar orasidagi simbioz mikoriza deb ataladi. Mikoriza ko‘pchilik daraxtlar va qalladoshlar oilasining vakillari orasida uchraydi. Mikorizada zamburug‘ giflari o‘simlikning ildizlari orasiga o‘sib kiradi. Mikorizani zamburug‘lardan fikomitsetlar, askomitsetlar va bazidiyali zamburug‘lar hosil qiladi. Bu tabiatda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, ektotrof va endotrof formalari bor.
Ektotrof mikorizada zamburug‘ giflari o‘simlik ildizini hamma tomondan o‘rab oladi, o‘simlikning ildiz tukchalari nobud bo‘lgan bo‘ladi.
Endotrof mikorizada zamburug‘ giflarining faqat bir qismigina ildizning yuza qismida bo‘lib, asosiy qismi ildizning parenxima hujayralari orasiga o‘sib kiradi, ildiz tukchalari tirik bo‘ladi.
Zamburug‘ giflari o‘simlik ildizining shimish yuzasini oshiradi, shu bilan birga o‘simlik o‘zlashtira olmagan anorganik va organik birikmalarni eritadi. O‘simlikni azot bilan ta‘minlaydi, ya‘ni organik qoldiqlarni parchalab, ammiakli birikmalarga aylantiradi.
Bundan tashqari, mikoriza zamburug‘lari tuproqdan fosforli birikmalarni olishda ham o‘simlikka yordam beradi.Tuproq mikroflorasi
Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.