Turli guruhlarga mansub mikroorganizmlar morfologiyasi

Turli guruhlarga mansub mikroorganizmlar morfologiyasi

Turli guruhlarga mansub mikroorganizmlar morfologiyasi.

Bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar orasida o‘xshashlik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning harakatlanish organlari hivchinlaridir, yuksak o‘simliklarning mitoxondriylari vazifalarini bakteriyalarning sitoplazmatik membranalari (mezosomalar) bajaradi va h.

Bakteriyalar yer yuzida yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo‘lsa, mikoplazmalar, rikketsiyalar, viruslar va bakteriofaglar bulardan ham maydadir.

Ko‘pchilik mayda sharsimon bakteriyalar hujayrasining diametri 0,1mkm, tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2 – 3 mkm (ba‘zan 30 mkm), gigantlarining eni 5 10 mkm, bo‘yi 30 – 100 mkm bo‘ladi.

Qorong‘i maydonda ko‘rish mikroskopi. Ko‘rish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi. Odatda ishlatiladigan kondensorlar – (yoruq maydonli mikroskopda) o‘rtadagi nurlarini o‘tkazib, chetkilarini tutib qolsa, qorongi maydonli mikroskopda kondensor faqat chetki nurni o‘tkazadi, nurlarning og‘ish burchagi katta bo‘lganligi uchun, ular ob‘ektivga tushmaydi, natijada ko‘rish maydoni qorong‘i bo‘lib qoladi. Agar mikroskop ostida ko‘riladigan preparat bir jinsli bo‘lmay, xar xil optik zichlikka ega zarralar tutsa, unda kondensordan o‘tgan qiyshiq nurlar preparatdan o‘tganda zich zarralarni aylanib o‘tadi – difraksiya yo‘z beradi. Difraksiya natijasida nurlar har tomonga sochilib ob‘ektivga tushadi. Natijada qorongi fonda turgan bakteriyalar yaltirab ko‘rinadi. Bu usulda ko‘rish OI – 7 yoki OI- 19 kabi yoritgichlar ishlatilsa yaxshi natija beradi.

Ayniqsa, XX asrning 30-40-yillarida yaratilgan elektron mikroskoplar hujayra organoidlarining strukturasi bilan funksiyasi orasidagi bog‘lanishni aniqlashga, mikroorganizmlardagi bioximiyaviy jarayonlarni o‘rganishga imkon berdi.

Elektron mikroskopda elektronlardan chiqadigan nurning to‘lqin uzunligi yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga nisbatan ancha qisqa. Unda shisha  linzalar o‘rniga ―elektron linzalar‖ – elektromagnit maydonlar paydo bo‘ladi, bular buyumlar molekulalarini yutadi, barcha optik sistema vakuumga (10-4  mm simob ustuniga) joylashtiriladi. Shuning uchun ko‘riladigan ob‘ektlar quruq bo‘lishi kerak. Aks holda ob‘ektdagi suv vakuumda qaynab ketadi va buyum yemiriladi. Elektronlar oqimi tekshiriladigan ob‘ektga tushganda, termik va radiatsion o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, bu esa buyumning strukturasini buzib yuborishi mumkin. Ikki nuqta orasidagi masofa 10 A (angstrem)ga teng bo‘ladi, bunda buyum 100000 marta kattalashgan bo‘ladi (3- rasm).

Tekshiriladigan buyumlar, odatda, 10000 – 30000 marta kattalashtirib ko‘riladi.

Elektron mikroskoplarda ko‘riladigan buyumlar nihoyatda yupqa bo‘lishi qerak.

Shvetsiyalik olim Shestrand elektron mikroskoplar uchun yupqa kesmalar tayyorlaydigan mikrotom yaratdi. Bu mikrotom yordamida tayyorlanadigan kesmalarning qalinligi 100 – 150 A ga teng bo‘ladi. Ko‘riladigan buyumning suvi quritilib, so‘ngra u fiksatsiya qilinadi va qotirish uchun metakril smolasi  bilan ishlov beriladi. Shundan keyin mikrotomda 100 – 150 A qalinlikda kesmalar tayyorlanib, maxsus ishlov berilgandan so‘ng elektron mikroskopda ko‘riladi.Turli guruhlarga mansub mikroorganizmlar morfologiyasi

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba