Umumiy o’rta ta’lim muassaslari ma’muriyati, tashkilotlar va ChQBT rahbarini HVT bo’yicha majburiyatlari.

Umumiy o’rta ta’lim muassaslari ma’muriyati, tashkilotlar va ChQBT rahbarini HVT bo’yicha majburiyatlari. 

Umumiy o'rta ta'lim muassaslari ma'muriyati, tashkilotlar va ChQBT rahbarini HVT bo’yicha majburiyatlari.

ChQBT rahbarini HVT bo’yicha majburiyatlari. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi har qanday murakkab tizim kabi boshqaruvga muhtoj. Boshqarish funksiyalari ko‘p ma’noli, lekin asosiysi, uning negizida harbiy vatanparvarlik ishlarini tashkil qilish va o‘quvchilarning bo‘lajak harbiy xizmatga munosabati natijalari darajasi, ularning Vatan himoyasiga tayyorgarligini va uni takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni o‘rganish yotadi.

 

O‘quv muassasa direktorining vazifalari:

1.                  Harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga umumiy rahbarlik qilish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy joyiga qo‘yish;

2.                  Harbiy vatanparvarlik ishlari holatini tahlil qilish, uni rejalashtirish, rejalarni jamoat, o‘quv muassasadan tashqari tashkilotlar, tayanch korxonalari bilan moslashtirib olish;

3.                  Harbiy vatanparvarlik faoliyati, o‘qituvchilar, sinfdan va o‘quv muassasadan tashqari ishlar tashkilotchilari, «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini takomillashtirishning tashabbuskorona qarorlarini ilgari surish;

4.                  Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi ishlarining borishi yuzasidan o‘quv muassasa ichki hisobi va nazoratini olib borish; 5. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tashkil qilish uchun zaruriy, ijtimoiy va ma’naviy psixologik sharoitlarni yaratish.

Bundan tashqari direktor harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha jamoat kengashi raisi hamdir.

 

Sinf rahbari:

1.Sinf jamoasining maqsadga yo‘naltirilgan harbiy vatanparvarlik faoliyatiga rahbarlik qiladi;  2.Ushbu sinf bilan shug‘ullanadigan o‘qituvchilar va tarbiyachilar, maktabdan tashqari muassasalar va ota onalarning o‘quvchilarda Vatan himoyasiga tayyorgarlikni shakllantirish bo‘yicha tegishli ishlarini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi.ChQBT rahbarini HVT bo’yicha majburiyatlari. 3.O‘quvchilarda harbiy vatanparvarlik ongining rivojlanishi, bo‘lajak Vatan himoyachilariga zarur bo‘lgan mahorat va ko‘nikmaning shakllanishi ustidan muntazam psixologik pedagogik nazorat olib boradi.

4.Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi jarayonini muvofiqlashtiradi, bu faoliyatga tarbiyachi va jamoatchilarni ham jalb qiladi.

 

O‘qituvchilar:

1.O‘quv tarbiya jarayonining harbiy vatanparvarlik yo‘nalishini, bo‘lajak jangchining shaxsiy buyum va anjomlari bilan shakllantirishni ta’minlaydilar;

2.Darsning tarbiya maqsadlariga muntazam ravishda harbiy vatanparvarlik tomonlarini kiritib boradi, tegishli materiallar, shuningdek uni bayon qilish metodlarini belgilaydilar.

3.O‘quvchilarning ko‘ngilli jamiyati boshlang‘ich tashkilotlari (tabiatni muhofaza qilish, madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, Vatanparvar va boshqalar)ga pedagogik rahbarlik qiladi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiya uchun turi uslubdagi darsliklar bilan qo‘llaydilar.

 

«Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi:

1.Sinfdan va o‘quv muassasadan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi bilan birgalikda o‘quvchilarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi tadbirlarini rejalashtirishda qatnashadi, sinf rahbarlari va jamoat tashkilotlariga yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlashda metodik va amaliy yordam beradi;

2.O‘quv jarayoni paytida o‘smirlarni chaqiriqqacha tayyorgarligi bo‘yicha dars beradi va darsdan tashqari vaqtda fakultativ dars olib boradi, o‘quv yurti direktori yordami bilan buning uchun zaruriy o‘quv jihozlar bazasini yaratadi;

3.Umumiy ta’lim fanlari bilan chaqiriqqacha tayyorgarlikning fanlararo aloqasini ta’minlaydi;

4.Harbiy vatanparvarlik bo‘yicha etakchilarini tayyorlashga rahbarlik qiladi;

5.Yosh arimiyachilar maktabi, harbiy texnika to‘garaklari ishlarini tashkil qiladi;

6.Harbiy sport bayramlariga tayyorgarlik, safda yurish va qo‘shiqlar ko‘rigi, o‘quvchilarning yosh armiya mutaxassisligi bo‘yicha harbiy sport o‘yinlari, musobaqalari o‘tkazishga rahbarlik qiladi, bu ishni tashkil qilish uchun o‘qituvchilarni, ota onalarni, tayanch korxonalar jamoa a’zolarini jalb qiladi.

Shaxsan bir ikkita mudofaa to‘garaklarida yuqori sinf (kurs)larni qatnashtirib dars o‘tadi; 7.Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan birgalikda o‘quvchilarni  “Salomatlik” me’yorlarini topshirishga tayyorlashni tashkil qiladi;

8.“Vatanparvar” boshlang‘ich jamiyatiga yordam qiladi;

9.Tuman mudofaa ishlari bo‘limi (MIB), “Vatanparvar” tuman qo‘mitasi, harbiy qism va bo‘linmalar bilan doimiy ish aloqasini ushlab turadilar;

10.Harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha kasbga yo‘naltirish ishlarini boshqaradi, harbiy xizmatga o‘quvchilarning moyilligi rivojlanishini rag‘batlantiradi, yoshlarga ularni harbiy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlanishiga yordam beradi.

11.O‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasi sifatlarini bajarishda otaliq tashkilotlar, harbiy qismlari jamoat tashkilotlarining yordamlaridan foydalanadi.

ChQBT rahbarini HVT majburiyatlari

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba