Yumshoq o’yinchoq tayyorlash jarayoni

Оглавление/Munadarija

Yumshoq o'yinchoq tayyorlash jarayoni

Yumshoq o’yinchoq tayyorlash jarayoni.

O‘yinchoqlar tayyorlashni kattalar ham, bolalar ham yaxshi ko‘radilar. Bular bolalar uchun bir ermak o‘yin bo‘lsa, kattalar uchun bolalar qalbiga yo‘l topishdir. O‘yinchoqlar yasash bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. saviyasini kengaytiradi, ijodiyotga qiziqishni tarbiyalaydi. O‘yinchoqlarni bolalar bilan birga yasash va mehnat qilish bo‘lib qolmasdan, balki ijod qilish, fikrlash hamdir. Ular o‘zlari yasagan o‘yinchoqlarida o‘zlarini ajoyib-g‘aroyib istaklarini, muhabbatlarini, mehnatlarini sarflaydilar. Shuning uchun ularning mehnatlarini qadrlash va mehnat qilishga qiziqtirish lozim. Bu esa ularda maqsadga intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tirishqoqlik, o‘zaro yordam berish, mehnatsevarlik, e’tiborlilik, batartiblikni tarbiyalaydi.Yumshoq o’yinchoq tayyorlash jarayoni

Qo‘g‘irchoq teatri, mazmunli-rolli o‘yinlar, ertaklar, hikoyalar uchun qo‘g‘irchoqlarni tayyorlash ancha mehnatni talab qiladi. Shuning uchun kattalar bolalarga andozalarni tayyorlash tikish yo‘llarini tushuntirib berish zarur. O‘yinchoqlarni tayyorlashda har xil matolar qiyqimlaridan, eski kiyimlardan foydalanish mumkin (chit, pahmoq, trikotaj, junli matolar, movut, eski telpaklar).

O‘yinchoqlarni tikishda chok, yo‘rma chok, qoviq chok, bosma chok, sirtmoqsimon choklardan foydalaniladi. O‘yinchoq tayyorlashda‚ eng avvalo‚ kartondan andoza tayyorlanadi. Berilgan chizmalarni  kattalashtirish lozim bo‘lsa, kerakli o‘lchamda katakchalar chizib olib, ularni va  chizmadagi katakchalar bir xil sonlar bilan belgilanadi. So‘ng har bir katakning ichidagi  chizma  chizib chiqiladi. Shunda chizma kerakli  o‘lchamda kattalashtiriladi. Andoza gazmolga qo‘yib bichiladi. Bichishda gazmoldan 8 mm tikish uchun qoldirib  so‘ng qirqiladi. Tikish tayyorlangan o‘yinchoqni ichi har xil paxta, parolon va trikotaj qiyqimlari bilan to‘ldirib, tayyorlanadi. Bosh qismini bezatish uchun tugmacha, munchoq‚ yaltiroq charm yoki kleyonka ishlatiladi.

Sichqoncha o‘yinchog‘ini tikish. Sichqonchani och xavo rang yoki kul rangdagi sidirg‘a matodan tikish mumkin. Mato ustiga tana andozasini qo‘yib ikki marotaba chizib oling, avval bir tomoni keyingisini qorin andozasini xam xuddi shunday chizib oling. Hamma anzozalarni chizib olganingizdan keyin matodan qirqib olib, tananing bir tomoniga qorining bir tomonini xalqa choki bilan tikasiz. Tikishda ko‘rsatilgan xarflarga e’tibor bering. Avval 4 ta quloq detalini ikkitasini aloxida tikasiz. Andozaning bosh qismiga v va g nuqta, bu yerga peshonasi tikiladi. Bosh qismining ikki tomoniga quloqlari tikiladi. Tayyor bo‘lgandan so‘ng ichiga paxta solib ko‘zini ko‘zmunchoq donasidan tikamiz.

 

Mushukcha o‘yinchog‘ini tikish. Matolar: mo‘ynali gazlamalar, trikotaj paxta. Mushuk yasash uchun rasmda ko‘rsatilgan chizma asosida andoza tayyorlanib, gazmoldan quyidagi detallar qiladi. Tana-2ta, tana tagi-2ta‚ (bittasi kartondan, ikkinchisi gazmoldan), dum-1ta, bosh-2ta, tumshug‘i uchun yopiq-1ta, quloq-4ta, ko‘z-2 tadan tayyorlanadi.

Qirqilgan detallar juftlanib ko‘klanadi, so‘ng o‘ngiga tekislab shaklga keltiriladi. Mushukning tanasi taglik bilan bekitiladi. Tanasiga chizmada ko‘rsatilgan joyga yashirin chok bilan boshi va dumi tikiladi. Oq paxta yoki trikotajdan tumshug‘i uchun yopqich bichilib, ramkasi zanjirsimon chok bilan tikiladi. Tikib bo‘lgandan so‘ng shaklga ip bilan bir necha marta o‘raladi va o‘rtasidan  chiziqlar bilan ko‘rsatib qo‘yilgan bosh qismidagi joyga tikiladi. Boshning uchiga burun pushti munchoqdan yoki tugmachadan tikiladi. Boshning pastki qismiga yon tomonlariga qora charmdan ko‘z qorachig‘i, zangori movutdan ko‘z osti qirqib tikiladi. Quloqlari ikki rangdan, tashqarisi gavdasi rangidan, ichkarisi pushti paxmoq yoki trikotajdan qirqilib birlashtiriladi. So‘ng o‘ngiga aylantirilib, ozgina cho‘ziladi va bosh qismidan ko‘rsatilgan joyga tikiladi.

«Petrushka» qo‘g‘irchog‘ini tikish mashg‘uloti

Mashg‘ulot vazifalari: bolalarga «Petrushka» qo‘g‘irchog‘ini yasash usullari haqida tushuncha berish. Igna, ipdan, to‘g‘ri foydalanish, ip uchini tugish malakalarini o‘stirish. Yasaydigan o‘yinchoqqa mos mato va unga mos rangda ip tanlashga o‘rgatish, matoni tejab ishlatish va qaychidan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga odatlantirish. Ishni sifatli qilib oxiriga yetkazish malakalarini mustahkamlash.Yumshoq o’yinchoq tayyorlash jarayoni

Mashg‘ulotni jihozlash: har xil rangdagi drap matolari, paxta, ip va igna.

Mashg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi: bolalar, bugun bizga kim mehmon bo‘lib keldi? Qani qaranglar-chi uni taniysizlarmi? Ha, to‘g‘ri bu qo‘g‘irchoq «Petrushka». Qaranglar bu qo‘g‘irchok petrushkamiz juda quvnoq, sho‘x raqsga tushishni biladi. Mana qaranglar (petrushkani raqsga tushiradi). Endi bolajonlar sizlar bilan birgalikda quvnoq petrushka o‘yinchog‘ini matodan tikamiz. Men sizlarga «Petrushka» qo‘g‘irchog‘ini tikish usullarini tushuntirib ko‘rsatib beraman. Birinchi bo‘lib Petrushkamizning boshini tikib olamiz. Boshini dum-dumaloq holda tikib, buyin kismi ochiq holda tikilmay qoldiriladi, So‘ngra, tikilgan bosh qismining ichki kismi o‘ngiga ag‘dariladi. Bosh qismiga paxtadan bir tekisda tig‘iz qilib solinadi, boshning o‘rtasidan bitta barmoq kengligida joy qoldiriladi. Mana Petrushkaning bosh qismi tayyor bo‘ldi. Uni bir tomonga qo‘yamiz. Navbatdagi ish Petrushkaning tana qismini tayyorlash bo‘lib, buning uchun bizga qattiq drap mato kerak bo‘ladi. Undan konus shakli qirqib olinadi. So‘ngra, qirqib olingan konusning bir tomoni tikiladi. Konus shaklida tayyorlangan Petrushka tanasi o‘ngiga ag‘dariladi va uning uchki tomoni bosh qismining ochiq qoldirilgan qismiga o‘rnatiladi. Qaranglar, Petrushkamizning bosh qismi va tanasi tayyor bo‘ldi. Endi Petrushkaning tana qismini turli rangdagi matolar bilan tikib mahkamlaymiz. Endi Petrushkamizning qo‘llarini yasaymiz. Buning uchun andoza yordamida Petrushkaning qo‘llari bichib olinadi va ikki bo‘lak qilib bir-biriga tikib chiqiladi. O‘ng va chap qo‘llar tayyor bo‘lganidan so‘ng, bosh va o‘rta barmoqlarga kiyib ko‘riladi. So‘ng Petrushkaning konussimon tanasidan bosh va o‘rta barmoqlar balandligida teshiklar ochilib, qo‘l tikib qo‘yiladi. Endi avval tayyorlangan bosh qismni olib, qora drap matodan Petrushkaning ko‘z-qosh, sochlari qirqib olinadi. Ozgina qizil matodan og‘zini qirqib olamiz. So‘ngra ko‘z, qosh, sochlar bosh qismiga yopishtiriladi. Oxirgi qiladigan ishimiz Petrushkaning shlyapasini /soyabonini/ yasashdir. Buning uchun qora drap matodan konus shaklini qirqamiz. Shuningdek, yana doira shaklida ham qirqib‚ uning o‘rtasini belgilab olamiz. Konus shaklini tikib ag‘daramiz. Ag‘darilgan konusni doiraning qirqilgan qismiga tikamiz. Doira va konusning diametri bir xil kattalikda bo‘lishi kerak. Tayyor bo‘lgan soyabonni Petrushkaning bosh qismiga to‘rt tomonidan tikib o‘rnatamiz.

So‘ng, bolalarning o‘zlari mustaqil ishlashga taklif etiladi. Qiynalgan bolalarga yasash usullari alohida tushuntirilib, ko‘rsatib beriladi.

Mashg‘ulotning yakuni:

Bolalar ishi rag‘batlantiriladi. Tayerlangan «Petrushka» qo‘g‘irchog‘i ishtirokida ba’zi bir sahnalashtirilgan ko‘rinishlar namoyish etiladi. Bolalar bog‘chasida mehnat faoliyati uchun earur bo‘lgan barcha jihozlar yetarli bo‘lishi kerak. Zarur asbob — anjomlar, asbob — uskunalar gigienik tomondan bolalar hayoti hamda sog‘ligini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy muvofiq kelishi lozim. Shuningdek, bolalar tomonidan foydalanilgan materiallar egiluvchan va ishlov berish oson bo‘lishi, asbob — anjomlar esa ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda tanlanishi kerak. Bundan tashqari, bolalar asbob-anjomlar saqlanadigan joyni yaxshi bilishlari hamda mashg‘ulot tugagach ularning o‘rnini topib tozalab, ozodagarchilik talablariga rioya qilishlari hamisha diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.

Yumshoq o‘yinchoq andozasini kattalashtirish usuli. Yumshoq o‘yinchoq andozasini kattalashtirish uchun‚ eng avvalo‚ kichik andozani katakli qog‘ozga tushurib olamiz.(0,5sm) Andozani kattalashtirishda o‘zimiz xohlagan kattalikka keltirish uchun uning taxminiy ko‘rinishini tasavvur qilish lozim. Shundan so‘ng katakli qog‘ozni olib‚ uni 1 sm li ( 2 sm li) qilib chizib chiqamiz. Bu andozani qanchalik kattalashtirishingizga bog‘liq. Chizilgan katakli qog‘ozni olib kichik andozadan har bir qismni kattalashtiramiz.  Har bir katakni bittadan chizish lozim. Shunda andozani kattalashgan holda olamiz. Agar millimetrovka bo‘lsa yanayam yaxshi bo‘ladi.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba