Munadarija
Login – tizimga kirish uchun shaxsiy ism, u belgilar ketma-ketligidan iborat. Login faqat bir marta o‘zgartirilishi mumkin.
Kundalik.com ga kirish va Login tanlash
Yangi foydalanuvchilar uchun login avtomatik ravishda yaratiladi.
Loginga quyidagi talablar qo‘yiladi:
login harf bilan boshlanishi, kamida 6 belgidan iborat bo‘lishi kerak va 20 belgidan oshmasligi kerak;
login yaratishda siz lotin harflari, raqamlar, tire (-), pastki chiziqlar (_) va nuqtalar (.) belgilarini ishlatishingiz mumkin;
loginda @ belgisi ko‘rsatilishi mumkin emas;
loginda bo‘sh joy (probel) qoldirish mumkin emas;
login nuqta belgisi bilan tugamasligi kerak.
Login kichik va katta harflarda yozilishi mumkin (PETROV, petrov i PeTrOv – bir xil login).
Login parolni tiklash yo’qinoma
Shaxsiy profil sozlamalarida har bir foydalanuvchi bir marta loginni o‘zgartirish huquqiga ega.
Loginni o‘zgartirish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
profil sozlamalarida «Login va parol» yorlig‘iga o‘ting;
joriy loginning qarshisidagi «O‘zgartirish» so‘zini bosing;
yangi loginni kiriting va joriy parolni kiritish orqali uning o‘zgarishini tasdiqlang;
«Saqlash» tugmasini bosing.
Eslatma: loginni o‘zgartirish uchun sizning elektron pochtangiz profilda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Elektron pochtangizni tasdiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni bu yerda topishingiz mumkin.
Elektron pochtani o’zgartirish va tasdiqlash